Ibragimov Ilhom Ahrorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv oqimi rostlangan sharoitda daryo o‘zani deformatsiyasini baholash va gidravlik hisoblash usullarini ilmiy asoslari” 05.09.07–“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc./T-864
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Gidravlika va gidroinshootlar” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor,)
Paluanov Daniyar Tanirbergenovich - Toshkent davlat texnika universiteti “Gidroenergetika va gidravlika” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor,
Gapparov Furqat Axtamovich – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Suv oqimi rostlangan sharoitda Amudaryo o‘zani deformatsiyasini diffuzion va empirik nazariyalar usullari yordamida baholash hamda gidravlik va morfometrik parametrlarini prognozlash usullarining ilmiy asoslarini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Empirik nazariya usullari yordamida suv oqimi rostlangan holatda suv sarfi, o‘zanning nishabligi va tub loyqa oqiziqlarining parametrlarini (shakli, o‘rtacha diametri, gidravlik kattaligi) hisobga olgan holda o‘zanning morfologik parametrlarining (egrilik radiusi, o‘zan kengligi va oqimning o‘rtacha chuqurligi) gidravlik hisoblash usullari takomillashtirilgan;
Stoxastik tizimlar usullari yordamida suv oqimi rostlanganda suv sarfi dinamikasiga bog‘liq xolda o‘zaning asosiy morfometrik parametrlarini hisoblash usullari takomillashtirildi;
Stoks mezoni asosida Amudaryoning suv oqimi rostlanganda o‘zan deformatsiya jarayonlarining gidravlik modeli ishlab chiqilgan;
Shvedov-Bingam modeli asosida Amudaryoning suv oqimi rostlanganda o‘zan bo‘ylab loyqa oqiziqlar harakatining gidravlik hisoblash usullari ishlab chiqilgan;
Sen-Venan tenglamalari tizimi asosida suv oqimi rostlangan holatda daryo suv sarfi va o‘zan morfologik parametrlarini hisoblash usullari takomillashtirilgan;
Amudaryo o‘zanining gidravlik hisobi va suv o‘tkazish imkoniyatini yaxshilash, daryodagi gidrotexnik-muhandistlik inshootlarini xavfsiz va ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy usullari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amudaryo rostlangan o‘zanining gidravlik parametrlarini hisoblashning takomillashtirilgan usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «Qaramazi-Qilichbay» irrigatsiya tizimlari boshqarmasi, «UzGIP» institutining Qoraqolpog‘iston shu’ba korxonasi, «Qirg‘oq himoyalovchi dambalar va o‘zan rostlovchi inshootlar» (QHD va O‘RI) boshqarmasiga qarashli inshootlarda joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28 noyabrdagi 05/13-4522-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining daryo bo‘yi hududlarida o‘zan rostlash va qirg‘oq himoyalash ishlari olib borilib, daryo bo‘yida joylashgan aholi yashash joylarida xavfsiz sharoitlar yaratish va ekin er maydonlarida suv toshqinlarining oldini olish imkoniyati yaratilgan;
Amudaryoning quyi oqimida daryoning suv o‘tkazish qobiliyatini baholash Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Tuyamo‘yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi, «Amudaryo» havzasi suv xo‘jaligi birlashmasi quyi daryo boshqarmasiga qarashli gidrotexnik inshootlarda joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28 noyabrdagi 05/13-4522-son ma’lumotnomasi). Natijada Amudaryoning quyi oqimida daryoning suv o‘tkazish qobiliyatini yaxshilash va daryodagi gidrotexnik inshootlarni xavfsiz va samarali ishlashini ta’minlash imkoni yaratilgan;
Amudaryoning suv oqimi rostlangan sharoitida daryoning turli hududlarida cho‘kindilarni transportlash bo‘yicha daryo o‘zanining holatini aniqlash uchun oqimning transportlash qobiliyatini aniqlash usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli gidrotexnik inshootlarda joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28 noyabrdagi 05/13-4522-son ma’lumotnomasi). Natijada daryoning turli hududlarida cho‘kindilarni transportlash bo‘yicha daryo o‘zanining holatini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
Amudaryoda o‘zan tubi belgisining o‘zgarishini hisoblashning takomillashtirilgan usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Xorazm viloyati hududi bo‘yicha «Qaramazi-Qilichbay» irrigatsiya tizimlari boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi bo‘yicha «Qirg‘oq himoyalovchi dambalar va o‘zan rostlovchi inshootlar» (QHD va O‘RI) boshqarmasiga qarashli gidrotexnik inshootlarida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28 noyabrdagi 05/13-4522-son ma’lumotnomasi). Natijada Tuyamo‘yindan Qiziljar suv o‘lchash nuqtasigacha Amudaryoning bo‘ylama profili bo‘yicha o‘zan tubi belgisi qiymatlarini aniqlash va daryoda o‘zan holatini va o‘zan deformatsiyalanishini aniqlash imkoniyati yaratilgan.