Ashrapov Jamshid Raufovichning
fan doktori  (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda bosh miya glial úsmalari diagnostikasi va davolash usullarini takomilashtirish”, 14.00.28 – Neyroxirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib770.
Ilmiy rahbar: Asadullaev Ulug‘bek Maqsudovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01.
Rasmiy oponentlar: Kuldashev Kaxramonjon Abduxalilovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Yoon Wan Soo, professor (Koreya Respublikasi); Adilxodjaev Askar Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immunohistokimyoviy tahlillar yordamida jarrohlik davolash taktikasini optimallashtirish orqali turli gistostrukturalarning glial miya o‘smalari bo‘lgan bolalarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
glial o‘smalari davomli o‘sish xafini prognoz qilish uchun "miya gliomalarining doimiy o‘sish ehtimoli " shkalasini yuqori sezuvchanligi va asosli ekanligi isbotlangan;
mul`tifaktor taxlil asosida glial o‘smalarning davomiy o‘sishi prognozini belgilovchi: bemorning yoshi, qoldiq o‘simta hajmi, Ki-67 indeksi va o‘simta anaplaziyasi darajasi aniqlangan;
xafli gliomalar bilan bolalarda Ki-67, r53 markerlarining yashovchanlikni prognostik samaradorligi isbotlangan;
qayta operatsiya qilishni maqsadga muvofiqligini prognostik shkala Ki-67 indeksi va r53 markerlariga asoslangan;
atravmatizimni oshirish uchun “teri-aponevrotik loskutni fiksatsiyalash uchun qurilma” samaradorligini isbotlangan(FAP 0260.2023).  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi ekspert komissiyasining 2024 yil 22 oktyabrdagi 7/4-sonli xulosasiga ko‘ra,
birinchi ilmiy yangilik: glial o‘smalari davomli o‘sish xafini prognoz qilish uchun "miya gliomalarining doimiy o‘sish ehtimoli" shkalasini yuqori sezuvchanligi va asosli ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: glial o‘smalari davom o‘sish ehtimoli xavfini bashorat qiladi. Bu bolalarda glial miya shishi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (18.10.2023 y. №64). Namangan viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (13.10.2023 y №133) va Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (09.01.2023 y. №16). neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: yangilikning amaliyotga joriy etilishi davolash vaqti va taktikasi to‘g‘risida ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon berdi, bu esa nevrologik tanqislikning rivojlanishini, o‘lim ko‘rsatkichlarini va hayot sifatini yaxshilashni oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘z vaqtida tashxis qo‘yish tufayli shoshilinch qarorlar qabul qilish va yuzaga kelgan asoratlarni bartaraf etish uchun asoratlarni oldini olish erta va bemorlarni boshqarishning keyingi taktikasini taklif qilishga yordam beradi. Xulosa: natijalarning amalga oshirilishi shoshilinch choralar ko‘rish, asoratlarning oldini olish va bartaraf etishni bashorat qilishga yordam berdi va shu bilan moliyaviy xarajatlarni kamaytirdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: mul`tifaktor taxlil asosida glial o‘smalarning davomiy o‘sishi prognozini belgilovchi: bemorning yoshi, qoldiq o‘simta hajmi, Ki-67 indeksi va o‘simta anaplaziyasi darajasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: immunogistokimyoviy tahlillar glioma subtiplarining patomorfologik diagnostikasi va ularning gistobiologik xususiyatlarining aniqligini oshiradi. Ushbu ma’lumotlar miya o‘smalarini birgalikda davolashdan keyin bemorlarning uzoq muddatli omon qolishini bashorat qilish uchun juda muhimdir. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (18.10.2023 y. №64). Namangan viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (13.10.2023 y №133) va Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (09.01.2023 y. №16). neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ilmiy tadqiqotlar o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va etarli terapiya orqali glial miya o‘smasi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashni optimallashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu klinik ko‘rsatkichlarni yaxshilashga va qayta o‘sish xavfini kamaytirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi glial miya o‘smalari bo‘lgan bemorlarni immunogistokimyoviy tekshirishni soddalashtirish erta tashxis qo‘yish va davolash taktikasiga o‘z vaqtida tabaqalashtirilgan yondashuvga olib keldi, bu esa davolash natijalarini yaxshilash va hayot sifatini yaxshilashga, statsionar davolanish muddatini qisqartirishga yordam berdi, bu esa har bir bemorga 2400000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: miya gliomasi bo‘lgan bemorlarni kompleks tekshiruvdan o‘tkazish, bemorlarni etarli darajada adekat taktikani tanlashni ta’minladi, shu bilan o‘limni, statsionar davolanishni va moliyaviy xarajatlarni kamaytirdi.
uchinchi ilmiy yangilik: xafli gliomalar bilan bolalarda Ki-67, r53 markerlarining yashovchanlikni prognostik samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: 95% ehtimollik bilan bemorlarning kompleks davolash sezilarli darajada yaqin kelajakda xafli glioma o‘sishiga ta’sirini, shuningdek, uzoq muddatda o‘z samaradorligini saqlab qoladi, deb topildi. Immunogistokimyoviy usullardan foydalangan holda olib borgan tadqiqotimiz natijasi operatsiyadan keyingi yashash davomiligi 2,1 yilga oshdi. immunogistokimyo bolalarda qo‘llanilishi mumkin, bu bosh suyagi va bosh miyasining deyarli barcha qismlarini patomorfologik tekshiruv qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (18.10.2023 y. №64). Namangan viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (13.10.2023 y №133) va Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (09.01.2023 y. №16). neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: proliferativ faolligi oshgan glial o‘smasi bor bemorlar (Ki67≤20%)  maksimal radikal o‘simta rezeksiyasi bilan jarrohlik davolashdan o‘tishlari kerak, bu bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, bemorlarning erta faollashuvini ta’minlaydi va operatsiyadan keyingi asoratlarni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ishlab chikilgan dastur bosh miya glial o‘smalarin davolashning farqlangan taktikasiga qarab davolash natijalarini samaradorligini va radikaligini  oshirish, “Bolalarda o'smani radikal olip tashlashni baxolash va prognozlash uchun dastur” (O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi. dasturiga guvohnoma 27.03.2023 y.). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: bemorlarning hayot sifatini yaxshilash uzoq muddatli reabilitatsiya, asoratlarni qo‘shimcha statsionar va ambulator davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini berdi. “Bollarda glial o'smalarni tashqishlash uchun dastur” (O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi. dastur guvohnoma №24221; 27.03.2023 y.). Xulosa: kompleks diagnostika va davolashdan foydalanish davolash natijalarini yaxshilaydi va o‘lim darajasini pasaytiradi va umr ko‘rish davomiyligi 3,5±0,14 ga oshadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qayta operatsiya qilishni maqsadga muvofiqligini prognostik shkala Ki-67 indeksi va r53 markerlariga asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bemorning yoshi, o‘smaning qoldiq hajmi, onkomarker belgilari, operatsiyaning radikalligi va anaplaziya darajasi kabi mezonlarni hisobga olgan holda, taklif qilingan ballar shkalasi davomiy o‘sishni prognoz qiluvchilarni prediktorlarini baholashga imkon beradi, bu esa ushbu toifadagi bemorlarni davolash taktikasini optimallashtirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (18.10.2023 y. №64). Namangan viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (13.10.2023 y №133) va Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (09.01.2023 y. №16). neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: to‘g‘ri prognoz ehtimoli bo‘lgan ballar shkalasi o‘rtacha 75% dan oshmaydi, bu esa jarrohlik davolash taktikasini optimal tanlash imkonini beradi, bu bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, nevrologik defisitning regressiyasi holatlarini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davomiy o‘sishni o‘z vaqtida tashxislash va prognoz qilish bemorlarni olib borishni keyingi taktikasini belgilaydi, bu reabilitatsiya tadbirlari va dori-darmon bilan ta’minlashning moliyaviy xarajatlarini kamaytiradi va ijobiy iqtisodiy samara beradi. Xulosa: "miya gliomalarining davomli o‘sish ehtimoli" prognostik shkalasidan foydalanish statsionar davolanish xarajatlarining kamayishiga va moddiy xarajatlarning o‘rtacha 4370000 so‘mga kamayishiga olib keldi.
beshinchi ilmiy yangilik: atravmatizimni oshirish uchun “teri-aponevrotik loskutni fiksatsiyalash uchun qurilma” samaradorligini isbotlangan (FAP 0260.2023). Ilmiy yangilikning ahamiyati: biz tomonidan ishlab chiqilgan qurilma supratentorial miya o‘smalarini olib tashlash operatsiyasining samaradorligini oshirish uchun texnologik imkoniyatlarni kengaytirish va jarrohlik amaliyotida travmatizmini kamaytirish imkonini beradi Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (18.10.2023 y. №64). Namangan viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (13.10.2023 y №133) va Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (09.01.2023 y. №16). neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: "Teri-aponevrotikni fiksatsiyalash uchun qurilma" FAP 0260 2023 foydali modelini joriy etish va qo‘llash boshning yumshoq to‘qimalarini ishonchli va to‘liq kengaytirish va ularning jarrohlik sohasiga yaxshi kirishini va umumiy ko‘rinishini, asbobni manipulyasiya qilish erkinligini, yara qirralarini kengaytirish to‘liqligini ishonchliligini ta’minlaydi, jarrohning ish sharoitlarini yaxshilaydi, bu esa jarrohlik aralashuv samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: fiksatordan foydalanish, asbobni manipulyasiya qilish erkinligini ta’minlaydi va jarrohning ish sharoitlarini yaxshilaydi, bu esa jarrohlik aralashuvi samaradorligini oshirish va operatsiya sifatini yaxshilash imkonini beradi. Xulosa: ishlab chiqilgan model uzoq muddatli reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirishga, jarrohlik davomiyligini va asoratlarni qo‘shimcha statsionar va ambulator davolashni qisqartirishga imkon berdi.
Ashrapov Jamshid Raufovichning "Bolalarda bosh miya glial úsmalari diagnostikasi va davolash usullarini takomilashtirish" mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 22 oktyabrdagi 7-sonli sonli xulosasi bilan tadbiq etildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish