Xodjamova Nargiza Karimovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homila ichi rivojlanishidan orqada qolishning klinik-immunologik va genetik mexanizmlari va chaqaloqlarni davolashni optimallashtirish», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib305.

Ilmiy rahbar: Raxmankulova Zuxra Jandarovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Shamsiev Fazlitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipova Madina Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: homila ichi rivojlanishidan orqada qolishning klinik-immunologik va genetik mexanizmlarini aniqlash hamda chaqaloqlarni davolashni optimallashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor homila ichi rivojlanishidan orqada qolishning simmetrik va asimmetrik turlarini rivojlanishida antenatal davr xavf omillarining prognostik muhim ekanligi aniqlangan;

turli klinik variantli homila ichi rivojlanishidan orqada qolgan chaqaloqlarda folat almashinuvi genlarining polimorf turlarini yuqori darajada uchrashi asoslangan;

folat almashinuvining noxush genotipiga kiruvchi uch nafar genlarni birgalikda kuzatilishi, ikki yoki bir genning uchrashiga nisbatan HROQ simmetrik turi kelib chiqishining oshishi isbotlangan;

homila ichi rivojlanishidan orqada qolgan, asfiksiyada tug‘ilgan chaqaloqlarda yallig‘lanish chaqiruvchi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning orasida yuqori nomutanosiblik va apoptoz omillar ishlab chiqarilishining kuchayishi aniqlangan;

homila ichi rivojlanishidan orqada qolgan chaqaloqlarda klinik-immunologik tadqiqotlarning natijalari asosida davolash chora-tadbirlari optimallashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Homila ichi rivojlanishidan orqada qolgan chaqaloqlarni davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

“Homila ichi rivojlanishidan orqada qolgan chaqaloqlarda immunokorreksiyalovchi terapiya” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 25 noyabrdagi 8N-r/160-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma homila ichi rivojlanishidan orqada qolgan chaqaloqlar klinik xolatini yaxshilanishi, immunologik ko‘rsatkichlarni me’yorlashtirish, kasallik asoratlarini va iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan;

tadqiqot davomida homila ichi rivojlanishidan orqada qolgan chaqaloqlarda immunkorrigirlovchi davolashni optimallashtirish borasida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi, Toshkent shahar 5-son bolalar kasalxonasi amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 7 dekabrdagi 8H-d/62-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga tatbiq qilingan natijalar homila ichi rivojlanishidan orqada qolgan chaqaloqlardagi immun holatni baholash va optimal davo choralarini qo‘llash, statsionarda davolanish davrini, xarajatlar sarfini kamaytirish va bolalar hayoti sifatini yaxshilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish