Qudratov Jasur Asilbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «G‘arbiy Hisor-Oloy va unga yondosh tekisliklar qorinoyoqli mollyuskalari (Mollusca: Gastropoda)», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/V231.
Ilmiy maslahatchi: Pazilov Abduvaet, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor; Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaev Ikrom Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘arbiy Hisor-Oloy va unga yondosh tekisliklarda tarqalgan qorinoyoqli mollyuskalarining taksonomik va ekologik xususiyatlarini aniqlash hamda noyob va kam sonli turlarni muhofazasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘arbiy Hisor-Oloy va unga yondosh tekisliklar qorinoyoqli mollyuskalarining (Mollusca: Gastropoda) zamonaviy holati tahlil qilinib, 4 ta turkum, 24 oila, 46 avlodga mansub 128 tur aniqlangan;
ilk bor, G‘arbiy Hisor-Oloy va unga yondosh tekisliklarning qorinoyoqli mollyuskalar faunasi uchta mikrohududlar (Hisor, Zarafshon va Nurota tog‘lari va unga yondosh tekisliklar)ni qiyosiy baholash orqali asoslangan;
Hisor tog‘laridan fan uchun yangi Pseudonapaeus kuchbayevi Pazilov, Qudratov et Umarov, 2020 turi aniqlangan, shuningdek, Hisor tog‘lari va unga yondosh tekisliklardan hudud uchun yangi 38 ta tur, Nurota tog‘lari va unga yondosh tekisliklardan hudud uchun yangi 14 ta tur aniqlangan;
Zarafshon tog‘lari va unga yondosh tekisliklar qorinoyoqlilar malakofaunasi kompleks holda o‘rganilgan, mikrohududdagi qorinoyoqli mollyuskalarning 19 oila, 38 avlodga mansub 80 turdan iborat sistematik ro‘yxati shakllantirilgan, Archaica haziratishaxika Pazilov, Kudratov & Makhmudzhonov, 2019 ning fan uchun yangiligi isbotlangan;
malakofaunaning biologik xilma-xillik indekslari va o‘xshashlik koeffisientlari tahlili asosida, Hisor tizmasi malakofaunasi boshqa tizmalardan ko‘proq alohidalashganligi, Zarafshon va Nurota tizmalari malakofaunalari esa bir-biriga yaqinroq ekanligi asoslangan;
G‘arbiy Hisor-Oloy va unga yondosh tekisliklar qorinoyoqli mollyuskalari yashash joyi va namlikka bo‘lgan munosabatiga ko‘ra, 9 ta va trofik xususiyatlariga ko‘ra, 4 ta ekologik guruhlarga ajratilgan;
hududning noyob va kam sonli turlari aniqlangan, Respublika “Qizil Kitobi”dagi 3 turlarning maqomini o‘zgartirish hamda 8 turlarni mazkur kitobga kiritish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
fenotipik o‘zgaruvchanligi yuqori bo‘lgan qorinoyoqli mollyuskalar (Hygromiidae, Ariophantidae, Physidae, Planorbidae) rDNKsi 18S sohasi nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan va genetik materialdagi farqlar asosida o‘zgaruvchanlik sabablari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘arbiy Hisor-Oloy va unga yondosh tekisliklar qorinoyoqli mollyuskalari (Mollusca: Gastropoda) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida qorinoyoqli mollyuskalarning (Mollusca: Gastropoda) o‘ta o‘zgaruvchan turlarini ribosomal DNK sini 18S sohasiga tegishli nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2024 yil 15 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada, Physella acuta turi uchun - PP437076.1, Physella acuta - PP437078.1, Macrochlamys turanica - PP437108.1, Macrochlamys turanica - PP437130.1, Planorbis tangitarensis - PP464010.1, Leucozonella rufispira - PP725473.1, Leucozonella rufispira - PP725472.1, Leucozonella rufispira - PP724401.1, Archaica chatkalica - PP725471.1 identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqiyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan;
G‘arbiy Hisor-Oloy va unga yondosh tekisliklardan yig‘ilgan Gastropoda sinfiga tegishli bo‘lgan 12 ta oila, 14 avlod, 20 turga mansub bo‘lgan 160 nusxa mollyuska namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan Zoologiya instituti “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 4/1255-1973-con ma’lumotnomasi). Natijada, topshirilgan kolleksiya namunalari G‘arbiy Hisor-Oloy va unga yondosh tekisliklar bo‘yicha mollyuskalar fondini boyitish, ularning populyasiyalari zamonaviy holatini baholash va interfaol atlaslar tayyorlash imkonini bergan;
G‘arbiy Hisor-Oloy va unga yondosh tekisliklarda tarqalgan qorinoyoqli mollyuskalarining taksonomik va ekologik xususiyatlari, mollyuskalardagi fenotipik o‘zgaruvchanlikning molekulyar-genetik asoslari hamda noyob va kam sonli turlarni muhofazasiga oid tavsiyalar “Zoologiya (bezpozvonochnie jivotnie)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Guvohnoma, № 404). Natijada, darslikka mollyuskalar bo‘yicha qo‘shimcha materiallarning kiritilishi talabalarning mollyuskalar bo‘yicha bilimlarini kengaytirish, malaka talablari mazmuniga singdirilgan talablar asosida o‘qitish bo‘lajak biolog mutaxassislarda sohaga oid ko‘nikmalarni chuqurroq shakllantirishga xizmat qilgan.