Isaqov Ilyosbek Bozorboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida tarqalgan unsimon qurtlar (Homoptera: Coccinea, Pseudococcidae)ning bioekologik xususiyatlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V1030.
Ilmiy rahbar: Xusanov Alijon Karimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, biologiya fanlari doktori, professor; G‘aniev Kamoldin Xalilovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent..
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi o‘simliklarida tarqalgan unsimon qurtlar faunasining zamonaviy holatini aniqlash, munozarali turlarni molekulyar-genetik jihatdan asoslash hamda morfobiolologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi miqyosida Pseudococcidae oilasi faunasi tadqiq etilib, 7 avlodga mansub 10 turdan iborat unsimon qurtlar ro‘yxatga olingan hamda O‘zbekiston koksidofaunasi uchun 1 tur (Ferrisia uzinuri) va vodiy faunasi uchun esa 4 tur unsimon qurtlar (Phenacoccus pumilus, Phenacoccus transcaucasicus, Heliococcus destructor, Neotrionymus monstatus) ilk marta aniqlangan;
asosiy zararkunanda turlar – Planococcus vovae va Ferrisia uzinuri kabi model turlarning morfometrik belgilari asosida hududlardagi individlar varibelligi aniqlangan;
Pseudococcus comstocki va Ferrisia uzinuri turlarining ozuqa o‘simliklari bilan biotsenotik aloqalari hamda o‘simliklarning Ebenaceae va Crassulaceae oilalariga mansub yangi oziqa spektri mavjudligi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysida uchrovchi unsimon qurtlarning 4 turi Palearktik, 2 turi kosmopolit va 4 turi subkosmopolitlar sifatida Eron-Turon provinsiyasi elementlaridan tashkil topganligi asoslangan;
Pseudococcus comstoki hamda Planococcus vovae turlarining biologiyasi va hayotiy sikllari asosida ularning mavsumiy fenogrammasi ishlab chiqilgan;
Trabutina serpentina, Phenacoccus aceris turlarini 18S rRNK ketma-ketliklari bo‘yicha, Planococcus vovae, Pseudococcus comstocki turlari mitoxondrial DNK (mtDNK) ning sitoxrom oksidaza I (COI) geni nukleotidlar ketma-ketligi asosida molekulyar identifikatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysida tarqalgan unsimon qurtlarning bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Pseudococcus comstocki (Kuwana, 1902), Planococcus vovae (Nasonov, 1909) turlarining mitoxondrial DNK COI geni, Trabutina serpentina (Green, 1919), Phenacoccus aceris (Signoret, 1875) ribosoma RNKsi IS2 sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari Milliy Biotexnologiya Axborot Markazi (GenBanki) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2023-yil 4-, 6-, 11-, 12-sentyabrdagi ma’lumotnomasi, blast.ncbi.hlm.hih.gov). Natijada, Pseudococcus comstocki – OR512157, Planococcus vovae – OR536427, Phenacoccus aceris – OR519603, Trabutina serpentina – OR539443 inventar raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda unsimon qurtlar filogeniyasini molekulyar-genetik identifikatsiyalash imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida Pseudococcus comstocki (Komstok qurti) turining tarqalishi, biologiyasi, ekologiyasi, geoaxborot ma’lumotlari bazasi hamda populyasiyasini baholash va unga qarshi kurashga oid tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 2024-yil 27-dekabrdagi 2-8/5391-son ma’lumotnomasi). Natijada, Agentlik tomonidan Farg‘ona vodiysi viloyatlari hududlarida xavfli invaziv zararkunandalar bo‘yicha karantin kuzatuvi va ularga qarshi kurash ishlari yo‘lga qo‘yilib, zararkunandalarni qo‘shni tumanlar hududlariga tarqalishining oldini olish imkonini bergan.