Xushnazarov Alisher Xudoyberdi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyon eymeriozining tarqalishi, diagnostikasi va kimyoprofilaktikasi”, 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.2.PhD/V83
Ilmiy rahbar: Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurof Aktam Gafurovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Kurbanov Feruz Enatillaevich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: SamDTU huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quyonlar eymeriozining tarqalishi, kasallikning mavsumiy dinamikasi va diagnostikasi hamda kasallikka qarshi zamonaviy eymeriostatik vositalarni sinovdan o‘tkazib, kimyoprofilaktika usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyonlar eymeriozining tarqalishi yil mavsumlari bo‘yicha o‘rganilganda bahorda 65,0 %, yozda 40,0 %, kuzda 35,0 %, qish faslida esa 75,0 foizni tashkil etishi aniqlangan;
turli zotli quyonlarda eymeriozning invaziya ekstensivligi xikol zotli quyonlarda 52,7%, kaliforniya zotida 49,0%, velikan zotida 56,3% va shinshilla zotli quyonlarda esa 60,0 % ekanligi aniqlangan;
quyonlar eymeriozining gematologik va patologoanatomik tekshirishlarga asoslangan tashxis usullari ishlab chiqilgan, bunda eritrositlar me’yorga nisbatan 0,6 mln/mkl ga, gemoglobin 18 g/l ga, umumiy oqsillar 16,7 g/l ga, glukoza 1,7 mol/l ga kamayishi, leykotsitlar esa 4,85 ming/mkl ga ortishi hamda patologoanatomik tekshirilganda ko‘richakning kuchli yallig‘lanishi aniqlangan;
quyonlar eymeriozini davolashda intracox oralni 1ml/l suvga qo‘llaganda preparatning samaradorligi 95 foizni va eymeriozga qarshi indeks esa 190 ballni tashkil etishi aniqlangan;
quyonlarni eymeriozdan samarali davolash va kimyoprofilaktika chora-tadbirlari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyon eymeriozining tarqalishi, diagnostikasi va kimyoprofilaktikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
“Quyon eymeriozining diagnostikasi va kimyoprofilaktikasi” bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 17-dekabr 02/23-723-son ma’lumotnomasi). Natijada quyonlar eymeriozining kelib chiqish sabablari, simptom va sindromlarini koprologik tekshirishlar asosida aniqlash orqali diagnostika hamda zamonaviy kimyoprofilaktika qilishga erishilgan;
Eymerioz bilan kasallangan quyonlarga intracox oral eymeriostatik preparati Samarqand viloyatining quyonchilikka ixtisoslashgan “Maqsudabonu Biznes Servis” va “Bo‘riboy Mustaev” xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 17-dekabr 02/23-723-son ma’lumotnomasi). Natijada preparatning eymeriozga qarshi indeksi 190 ballni tashkil etishiga va sarf qilingan 1 so‘m hisobiga, 5 so‘m 29 tiyin iqtisodiy samara olishga erishilgan;
Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi quyonchilik fermer xo‘jaliklarida quyonlar orasida keng tarqalgan eymerioz kasalligiga qarshi amprolium plyus antieymeriy preparati va chiktonik vitamin qo‘shimchalarining kompleksi joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 17-dekabr 02/23-723-son ma’lumotnomasi). Natijada quyonlarning 100 foiz sog‘ayishi, hayotchanligining ortishi, o‘sish va rivojlanishning yaxshilanishi, tana vaznining kunlik o‘rtacha o‘sish 30,12 grammga ortishiga erishilgan.