Saloxiddinov Manuchexr Sharofiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida tugallanganlik semantikasining funksional-semantik maydonda voqelanishi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Fil3566.
Ilmiy rahbar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori, professor; Djabbarov Sherzod Xalikulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi tugallanganlik semantikasining funksional-semantik maydonini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida tugallanganlikning morfo-sintaktik, leksik-semantik mohiyati va funksional-semantik xususiyatlari har ikkala xalq tilining milliy-lisoniy, til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, poetik tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida tugallanganlikning analitik shaklli fe’l birikmalari aksional xususiyatlar ta’sirida funksional-semantik maydonda faollashadigan aspektuallik doirasidagi tugallangan vaziyatlarni ifodalashi dalillangan;
ingliz tilida tugallanganlik ikkilamchi predikat vazifasida sifat, infinitiv va sifatdosh shakllari, odatda chegaralangan xususiyatli fe’llarning majhul nisbat shakli, bog‘lovchi fe’l va sifat birikmali konstruksiyalar, tugallangan ma’noga ega fe’llarning leksik ma’nosi yordamida ifodalansa, o‘zbek tilida –gan shakliga ega bo‘lgan sifatdosh va ko‘makchi fe’llari bilan hosil bo‘ladigan analitik birikmalar, sifatdosh va edi to‘liqsiz fe’l konstruksiyalar ustivorligida voqelanishi aniqlangan;
har ikkala tilda tugallanganlik semantikasining kompleks  tasnifi asosida ularning yuqori funksional potensialga va o‘zining pragmatik tabiatiga egaligi, kontekstual va kommunikativ shartlanganligi, paradigmatik va sintagmatik aktuallashuvi semantika-funksiya-pragmatika uchligida namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida tugallanganlik semantikasining funksional-semantik maydonda voqelanishi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida tugallanganlikning morfo-sintaktik, leksik-semantik mohiyati va funksional-semantik xususiyatlari har ikkala xalq tilining milliy-lisoniy, til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, poetik tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligiga oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining  2023-yil 6-sentyabrdagi 324/02-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari va xulosalari oliy o‘quv yurtlari filologiya fakulteti talabalari, magistrantlariga ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tishda manba sifatida xizmat qilgan.
ingliz va o‘zbek tillari tugallanganlikning analitik shaklli fe’l birikmalari, aksional xususiyatlari ta’sirida funksional-semantik maydonda faollashadigan aspektuallik doirasidagi tugallangan vaziyatlarni ifodalashiga oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2014-2016-yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining Tempus Project 544161-Tempus-1-2013-1-UK-Tempus-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programms” mavzusidagi xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining  2023-yil 6-sentyabrdagi 322/02-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ishidagi erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalardan institutning o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan.
ingliz tilida tugallanganlik ikkilamchi predikat vazifasida sifat, infinitiv va sifatdosh shakllari, ba’zi (odatda chegaralangan xususiyatli) fe’llarning majhul nisbat shakli, bog‘lovchi fe’l va sifat birikmali konstruksiyalar, tugallangan ma’noga ega fe’llarning leksik ma’nosi yordamida ifodalansa, o‘zbek tilida –gan shakliga ega bo‘lgan sifatdosh va ko‘makchi fe’llari bilan hosil bo‘ladigan analitik birikmalar, sifatdosh va edi to‘liqsiz fe’l konstruksiyalar ustivorligida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018-yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi 561624-EPP-1-2015-UK-1-2015-EPPKA2- CBHE-SP-ERASMUS+ CBHEIMEP “O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizizmi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining  2023-yil 6-sentyabrdagi 321/02-son ma’lumotnomasi). Natijada qiyosiy tipologiya fanidan o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda hamda umumiy aspektologiyaning dolzarb muammolariga doir maxsus kurs sifatida foydalanilgan.
har ikkala tilda tugallangan semantikasining kompleks  tasnifi asosida ularning yuqori funksional potensialga va o‘zining pragmatik tabiatiga egaligi, kontekstual va kommunikativ shartlanganligi, paradigmatik va sintagmatik aktuallashuvi semantika-funksiya-pragmatika uchligida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida “Sifatli ta’lim-taraqqiyot poydevori” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-sentyabrdagi 01-07/301-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy ommabop ahamiyatga ega tavsiyalardan keyingi ko‘rsatuvlarda ham foydalanish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish