Madaminova Rayxan Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Hofiz Xorazmiy “Devon”ining leksik-semantik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili. (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1712
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy maslahatchi: Yusufov Berdak, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: O‘rozboev Abdulla Durdiboevich, filologiya fanlari doktori, prof.v.b.; Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hofiz Xorazmiy “Devon”i tilining leksik qatlamlarini aniqlash, so‘zlarni mavzuiy guruhlari bo‘yicha tasnif va tavsif qilish, asar leksikasining genealogik hamda leksik-semantik xususiyatlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Devon” tarkibidagi so‘zlar tahlil qilinib, ularning statistikasi aniqlangan, shuningdek, asar leksikasidagi barcha so‘zlar o‘z qatlam va o‘zlashgan qatlamga ajratilgan;
asar so‘z boyligining tarixiy va semantik taraqqiyoti, hozirgi o‘zbek tiliga munosabati ko‘rsatib berilgan;
“Devon” leksikasidagi qator so‘zlarning semantik-uslubiy xususiyatlari yoritilib, leksik birliklarning genealogik tadqiqi amalga oshirilgan, shuningdek asardagi turli mavzuviy guruhlarga oid leksik birliklarning qo‘llanish doirasi dalillangan;
asarda qo‘llanilgan so‘zlar diniy-fiqhiy terminlar, o‘simlik nomlari, hayvonot nomlari, shuningdek, ko‘p ma’noli so‘zlar kabi ma’noviy guruhlarga ajratilib, statistik ma’lumotlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Hofiz Xorazmiy “Devon”ining leksik-semantik xususiyatlarini o‘rganish asosida:
antroposentrik tilshunoslik va uning mohiyati, pragmatik va sotsiopragmatik tahlil va diskurs masalalarining nazariy jihatdan ahamiyati, Hofiz Xorazmiy asarlarini antroposentrik va pragmatik usullar hamkorligidagi integrativ yondashuvda o‘rganish adibning o‘ziga xos uslubini yoritib berishda muhim vosita bo‘la olishi, ularning tasnifi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2021-2022-yillarda amalga oshirilgan “Antroposentrik tilshunoslik terminlari izohli lug‘atini tuzish va nashr qilish” (lug‘at mobil ilovasi va veb saytini yaratish) mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2024-yil 25-noyabrdagi 3/1255-2610-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asarning antroposentrik, pragmatik, sotsiopragmatik paradigma asosida yondashuv tendensiyasi imkoniyatlarining tadqiqiy metodologiyasiga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
“Devon” leksikasidagi qator so‘zlarning semantik xususiyatlari, leksik birliklarning genealogik tadqiqi; tarixiy leksikologiyaning nazariy qoidalariga tayangan holda “Devon”dagi turli mavzuviy guruhlarga oid leksik birliklarning qo‘llanish doirasi dalillanganligi hamda asarda qo‘llanilgan barcha diniy-fiqhiy terminlar, o‘simlik nomlari, hayvonot nomlari, shuningdek, ko‘p ma’noli so‘zlar ma’noviy guruhlarga ajratilib, statistik ma’lumotlar aniqlanganligi haqidagi mulohazalar qoraqalpoq tilshunosligidagi xuddi shu tip ishlar uchun nazariy asos bo‘la olishi haqidagi fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limining 2024-yil 27-noyabrdagi 548/2-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati yanada ortgan;
“Devon” leksikasidagi qator so‘zlarning semantik xususiyatlari, leksik birliklarning genealogik tadqiqi, shuningdek, tarixiy leksikologiyaning nazariy qoidalariga tayangan holda “Devon”dagi turli mavzuviy guruhlarga oid leksik birliklarning qo‘llanish doirasi dalillanganligi haqidagi ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi telekanalining “Assalawma áleykum, Qaraqalpaqstan!” ko‘rsatuvining “Ilim dunyasi” rubrikasini tayyorlashda, shuningdek, Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi “Saz-sáwbet hám kewil ashar baģdarlamalar” bosh redaksiyasi tomonidan tayyorlangan “Kúsh bilimde” eshittirishida foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 22-noyabrdagi 05-22/507-sonli ma’lumotnoma). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, ko‘rsatuvlar matnining ilmiy-manbaviy saviyasi boyigan.