Nurmurotov Ilhom Bekmurod o‘g‘lining
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “O‘zbek tilida tinish belgilari lingvopoetikasi” 10.00.01 – O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1720
Ilmiy rahbar: Baxriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Andaniyazova Dilrabo Ro‘ziqulovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: punktuatsion belgilarning badiiy matndagi me’yoriy, uzual hamda noan’anaviy jihatlarini aniqlash orqali lingvopoetik vazifalarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hozirgi punktuatsion tizimga doir nazariyalarning o‘zbek tilshunosligida davr nuqtayi nazaridan oraliq masofa va nuqtasimon belgilarni anglatuvchi qadimgi runktuatsion belgilar, ajratish-chegaralash belgilarini anglatuvchi anʼanaviy runktuatsiya va zamonaviy punktuatsion belgilarning yozuv bilan bog‘liq holda me’yorlashuvi hamda amaliyot jarayonida ularning o‘zbek tilining mantiqiy asoslariga suyanmagan holda ortiqcha qo‘llanishi (ko‘chirma gapli qurilmalarda), ayrim hollarda esa yozuvchilarning bu belgilardan o‘zbek tili tabiatidan kelib chiqqan holda erkin, punktuatsion me’yorlarga amal qilmasdan foydalanayotgan o‘rinlari va darsliklarda me’yorlarga nomuvofiq gaplardan foydalanmaslik bilan bog‘liq echimlari nazariy-amaliy jihatdan dalillangan;
muallif punktuatsiyasi, punktuatsion sinonimiya kabi hodisalarning badiiy asarlarda qo‘llanishida qat’iy me’yorning yo‘qligi, ulardagi polifunksionallik, monotonlikdan qochish, matn ekspressivligini oshiruvchi tinish belgilarining tanlanishi kabi uslubiy vazifasi aniqlanib, zamonaviy o‘zbek poetik matnlarda aks etgan sinonimik, polifunksionallik hamda omonimlik o‘rinlari misollar bilan asoslangan;
badiiy matnda lingvopoetik vazifa bajaruvchi ko‘p nuqta, undov, tire, so‘roq belgilari hamda punktuatsion kombinatsiyalarning hayrat, taajjub, iltimos, g‘azab, tasdiq, sevinch, istak, hayajon, ta’kid, shubha-gumon, buyruq kabi poetik imkoniyatlari ochib berilgan;
punktuatsion belgilarning badiiy matndagi me’yoriy, uzual hamda noan’anaviy o‘rinlari orqali tinish belgilarining emfaktik uzilishlar, murakkab hissiy holatlar, suhbatdoshning aytilmagan nutqi, cheksiz his-hayajoni, qo‘rquv, achinish, duduqlanish, ikkilanish, og‘riq, o‘ylanib qolish, beqiyos tabiat tasviri, ta’kidlash, unsiz suhbat kabi poetik vazifalari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida tinish belgilarining lingvopoetik vazifalarini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
hozirgi punktuatsion tizimga doir nazariyalarning o‘zbek tilshunosligida davr nuqtayi nazaridan oraliq masofa va nuqtasimon belgilarni anglatuvchi qadimgi runktuatsion belgilar, ajratish-chegaralash belgilarni anglatuvchi anʼanaviy runktuatsiya va zamonaviy punktuatsion belgilarning yozuv bilan bog‘liq holda me’yorlashuvi, amaliyot jarayonida ularning o‘zbek tilining mantiqiy asoslariga suyanmagan holda ortiqcha qo‘llanishi (ko‘chirma gapli qurilmalarda), ayrim hollarda esa yozuvchilarning bu belgilardan o‘zbek tili tabiatidan kelib chiqqan holda erkin, punktuatsion me’yorlarga amal qilmasdan foydalanayotgan o‘rinlari hamda darsliklarda me’yorlarga nomuvofiq gaplardan foydalanmaslik bilan bog‘liq echimlarining nazariy-amaliy jihatdan dalillanganligiga doir xulosalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanildi (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 20-noyabrdagi № 456/1 maʼlumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar tinish belgilari tadqiqi borasidagi ilmiy izlanishlarning kengayishiga xizmat qilgan;
muallif punktuatsiyasi, punktuatsion sinonimiya kabi hodisalarning badiiy asarlarda qo‘llanishida qat’iy me’yorning yo‘qligi, ulardagi polifunksionallik, monotonlikdan qochish, matn ekspressivligini oshiruvchi tinish belgilarining tanlanishi kabi uslubiy vazifasi aniqlanib, zamonaviy o‘zbek poetik matnlarda aks etgan sinonimik, polifunksionallik hamda omonimlik o‘rinlari misollar bilan asoslanganligiga doir fikrlar hamda faktik materiallardan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM – FZ – 201908172 “O‘zbek tilining taʼlimiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-fevraldagi 04/1 – 487-son maʼlumotnomasi). Natijada loyiha doirasida o‘zbek tilining taʼlimiy korpusini yaratishda tinish belgilarining sodda va murakkab qurilmalarini yoritishga doir yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
badiiy matnda lingvopoetik vazifa bajaruvchi ko‘p nuqta, undov, tire, so‘roq belgilari hamda punktuatsion kombinatsiyalarning hayrat, taajjub, iltimos, g‘azab, tasdiq, sevinch, istak, hayajon, ta’kid, shubha-gumon, buyruq kabi poetik imkoniyatlarining ochib berilganligiga oid xulosa va natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMda efirga uzatilgan “Adabiy jarayon”, “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 17-noyabrdagi 04-36-1738-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleradiokanal uchun tayyorlangan materiallarning mazmunan mukammallashuvi hamda tinish belgilariga oid ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlagan;
punktuatsion belgilarning badiiy matndagi me’yoriy, uzual hamda noan’anaviy o‘rinlari orqali tinish belgilarining emfaktik uzilishlar, murakkab hissiy holatlar, suhbatdoshning aytilmagan nutqi, cheksiz his-hayajoni, qo‘rquv, achinish, duduqlanish, ikkilanish, og‘riq, o‘ylanib qolish, beqiyos tabiat tasviri, ta’kidlash, unsiz suhbat kabi poetik vazifalarining dalillanganligiga oid xulosa va tavsiyalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” dasturidagi “Ochiq muloqot” radioeshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 23-noyabrdagi 17-05/236-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirish uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilishiga imkon bergan.