Axmedova Aziza Rustamovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Badiiy matndagi folklorizmlarning lingvopoetik xususiyatlari (Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon asarlari misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili. (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil446.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Saparniyazova Muyassar, filologiya fanlari doktori, dotsent.          
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon asarlaridagi poetik aktuallashgan folklorizmlarni aniqlash hamda ularni lingvopoetik tadqiq etish orqali yozuvchining tildan foydalanish mahoratini, o‘zbek adabiy tili rivojiga qo‘shgan hissasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Cho‘lpon asarlaridagi oddiy folklorizmlar aniqlangan va ularning mantndagi lingvopoetik imkoniyatlari asoslangan;
Cho‘lpon asarlarida intermatn sifatida qo‘llangan maqol, ibora, xalq qo‘shiqlaridan muhim lingvopoetik vosita sifatida foydalanilgani isbotlangan;
Cho‘lpon asarlarida qo‘llangan analitik folklorizmlar – olqish, qarg‘ish, qo‘shiqlar aniqlanib, ularning badiiy matndagi poetik qimmati, badiiy-estetik vazifalari, shuningdek, ijodkorning folklorizmlardan foydalanishdagi mahorati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Cho‘lpon asarlari misolida folklorizmlarning lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq qilish natijalari asosida:
Tadqiqotchining dissertatsiya mavzusi bilan bog‘liq bo‘lgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi ijodkorlar asarlarida qo‘llangan analitik folklorizmlarning lingvopoetik xususiyatlari hamda xalq og‘zaki ijodi asarlarining badiiy matn poetik kontekstidagi funksional-semantik xususiyatlariga doir ilmiy nazariy qarashlari aks etgan “Analitik folklorizmlar va ularning lingvopoetik xususiyatlari” (2020), “Cho‘lpon asarlarida folklorizmlar” (2020), “Mehrobdan chayon” romanida qo‘llangan folklorizmlar” (2020) kabi maqolalaridan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2017−2019-yillarda amalga oshirilgan “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari (36-65-jildlar)” mavzusidagi OT-F1-76 raqamli fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda, xususan, mazkur 100 jildlikning “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari asosida tuzilgan 50-jildi (“Yor-yor”lar”: o‘zbek nikoh to‘yi marosimi folklori)ni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021-yil 16-avgustdagi 3/1255-2271-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining matndan marosim folklorining janrlar tarkibi bevosita og‘zaki an’anada yaratilib, ommalashib kelgan verval komponentlari folklor va yozma adabiyot o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarining rivoji badiiy matnda joy olishi folklorizmlarni yuzaga keltiruvchi asosiy omillardan biri ekanligi dalillangan;
tadqiqot ishining I bobida tadqiq etilgan folklorizmlarning ilmiy talqini xususidagi qarashlar, jumladan, oddiy  folklorizmlar va murakkab  folklorizmlar, ularning badiiy matnning uslubiy bo‘yoqdorligini oshirish haqidagi nazariy qarashlardan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2017−2019-yillarda amalga oshirilgan OT-F1-78 “Hozirgi globallashuv davrida O‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (O‘zbek tilining vazifaviy uslublari asosida)” mavzusidagi fundamental  loyihasini bajarishda loyiha obekti bo‘lgan badiiy uslubdagi matnlarni lingvostilistik aspektda tahlil etishga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021-yil 16-avgustdagi 3/1255-2271-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi badiiy uslub materiallarini tahlil qilish ko‘lami kengaygan;
Cho‘lpon asarlaridagi oddiy va murakkab folklorizmlarning o‘ziga xosligi va  ularning lingvopoetik tahliliga oid taklif hamda tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’daniyat va ma’rifat” telekanalida efirga uzatilgan “Adabiy jarayon” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021-yil 28-maydagi 01-16/111-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdagi ma’naviy-ma’rifiy fikrlar, ilmiy qarashlarga asoslangan xulosalar asosida teleko‘rsatuv ssenariysi mazmunan boyigan va mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish