Uzoqov Umid Tolibovichning
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bazalt iplaridan olovbardosh to‘qimalar yaratish va mokisiz to‘quv dastgoxida ishlab chiqarish” 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3718
Ilmiy rahbar: Daminov Asqarali Davletovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypila Lalashbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Erkinov Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bazalt iplaridan olovbardosh to‘qimalar yaratish va mokisiz to‘quv dastgoxida ishlab chiqarish texnologiyasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnik to‘qimalar assortimentini kengaytirish imkonini beruvchi iste’mol xususiyatlari talablari asosida berilgan xomashyo turi bo‘yicha to‘qima zichligini oshirish orqali yopqich to‘qimalani loyihalash usuli ishlab chiqilgan;
yopqich to‘qimalarining tuzilishi va fizik-mexanik xususiyatlarini inobatga olgan holda mahalliy bazal`t iplaridan texnik maqsadlarda qo‘llaniladigan yangi olovbardosh to‘qima olish texnologiyasi yaratilgan;
bir qatlamli yopqich to‘qimani to‘quv dastgohida ishlab chiqarish jarayoni faktorlarining tanda va arqoq iplari tarangligiga tasiri qonuniyatlari tajriba natijalarini qayta ishlash asosida ishlab chiqilgan;
berilgan olovbardoshlik xususiyatlari asosida yopqich to‘qimani to‘quv dastgohida shakllantirish texnologik omillarining muqobil qiymatlari muqobil regrison madellarni taxlil qilish asosida aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bazalt iplaridan yangi olovbardosh texnik to‘qima yaratish bo‘yicha erishilgan natijalar asosida:
mahalliy xomashyasi bazal`t iplaridan olovbardosh texnik to‘qimalar olish texnologiyasi XK“Rihsitillo gazmol servis” va XK«MITTI» to‘quv korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilindi («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 12 iyuldagi № 03/25 1505-son ma’lumotnomasi). Mahalliy xomashyasi bazal`t iplaridan olovbardosh texnik to‘qimalar olish texnologiyasi XK“Rihsitillo gazmol servis” va XK«MITTI» to‘quv korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilindi («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 12 iyuldagi № 03/25 1505-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy bazal`t iplaridan olingan yopqich to‘qimaning uzilish kuchi 30%ga, olovbardoshligi 20% oshishiga va dastgohdagi uzilishlar sonini 18% kamayishiga erishilgan.