Saparbaev Mirjalol Qahramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sistektomiyadan so‘ng jag‘larda suyak hosil bo‘lishini ksenotransplantat yordamida stimullash» 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2850.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019. Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Ahn Jaem Yung tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Tokay tibbiyot markazi (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda odontogen jag‘ kistalarida sistektomiya operatsiyasidan keyingi kista bo‘shlig‘iga ksenotransplantatli osteoplastik materialini ko‘llab, suyak regeneratsiyasini stimullash va davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajriba xayvonlarida sun’iy hosil qilingan bo‘shliqni bartaraf etishda qo‘llanilgan ksenotransplantatli osteoplastik materialni yuqori g‘ovakligi tufayli osteoblastlarning yopishishi, qon tomirlari jadal o‘sib kirishi natijasida plastinkasimon suyak shakllanganligi tajribada asoslangan;
bolalarda sistektomiya operatsiyasidan co‘ng hosil bo‘lgan nuqsonni bartaraf etish maqsadida qo‘llanilgan ksenotransplantatli osteoplastik material osteogenezni  stimullash, nuqson sohasidagi qon tomirlar hajmining ortishi va natijada osteoblastlarning hosil bo‘lganligi isbotlangan;
qo‘llanilgan rentgenologik va densitometrik tekshiruv natijasiga ko‘ra nuqson o‘rnida to‘liq tiklovchi regenerat paydo bo‘lganligi, tuzilishi, zichligi bo‘yicha atrofdagi suyak to‘qimasiga yaqinligi aniqlangan;
sistektomiya operatsiyasida taklif etilgan ksenotransplantatli osteoplastik materialini qo‘llash orqali bolalar yuz-jag‘ jarrohligi amaliyotida jag‘ suyagi nuqsonlarini bartaraf etishda asos bo‘lganligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
 Sistektomiyadan so‘ng jag‘larda suyak hosil bo‘lishini ksenotransplantat yordamida stimullash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024-yil 26-avgustdagi 05/46-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: tajriba xayvonlarida sun’iy hosil qilingan bo‘shliqni bartaraf etishda qo‘llanilgan ksenotransplantatli osteoplastik materialni yuqori g‘ovakligi tufayli osteoblastlarning yopishishi, qon tomirlari jadal o‘sib kirishi natijasida plastinkasimon suyak shakllanganligi tajribada asoslangan Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashi tomonidan 2024-yil 28-martdagi 04-r/123-son bilan tasdiqlangan “Eksperimentda jag‘ nuqsonlarini ksenotransplantat yordamida bartaraf etish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomada bayon etilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar 7-sonli shahar klinik shifoxonasining yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida 02.04.2024-yildagi №47 sonli buyrug‘i bilan xamda, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida 24.04.2024-yildagi №84-I sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ijtimoiy ahamiyati odontogen jag‘ kistasi bo‘lgan bolalarning sog‘lig‘ini tezroq tiklash va ijtimoiy moslashishiga ko‘maklashish. Operatsiyalarni to‘g‘ri tashkil etish va osteoplastik materialni davolash jarayoniga kiritish bolalarning salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usullar bemorlarni davolash samaradorligini oshiradi va davolanish xarajatlarini kamaytirish. An’anaviy davolash usuli bilan taqqoslaganda, tavsiya etilgan davolash usulining iqtisodiy samaradorligi davolash uchun har bir bolaga sarflangan mablag‘ning 11% (2700000 so‘mgacha) tejalishini ko‘rsatdi. Xulosa: 2021-2024 yillarda odontogen jag‘ kistasi bo‘lgan 64 ta bemorlarni retrospektiv va klinik kuzatuvlar tahlili asosida ambulator va statsionar sharoitida murojaat qilgan bemor bolalar soni yiliga 1,7-2,2% gacha ortgani aniqlandi hamda murojaat qilgan bolalar operatsiyadan so‘ng bo‘shliq sohasiga osteoplastik materiallarni qo‘llashda 40% bolalarga ko‘rsatmalar va operatsiyadan so‘ng yallig‘lanishning oldini olish choralari ishlab chiqildi. Shuningdek, davolanish kunlari o‘rtacha 5-7 kunga qisqaradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda sistektomiya operatsiyasidan co‘ng hosil bo‘lgan nuqsonni bartaraf etish maqsadida qo‘llanilgan ksenotransplantatli osteoplastik material osteogenezni  stimullash, nuqson sohasidagi qon tomirlar hajmining ortishi va natijada osteoblastlarning hosil bo‘lganligi isbotlanganToshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashi tomonidan 2024-yil 28-martdagi 04-r/124-son bilan tasdiqlangan “Zamonaviy osteoplastik materiali bilan odontogen jag‘ kistalarini davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanomada bayon etilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar 7-sonli shahar klinik shifohonasining yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida 02.04.2024-yildagi №47 sonli buyrug‘i bilan xamda, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida 24.04.2024-yildagi №84-I sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ijtimoiy ahamiyati odontogen jag‘ kistasi bo‘lgan bolalarning sog‘lig‘ini tezroq tiklash va ijtimoiy moslashishiga ko‘maklashish. Operatsiyaning to‘g‘ri tashkil etish va osteoplastik materialni davolash jarayoniga kiritish bolalarning salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usullar bemorlarni davolash samaradorligini oshiradi va davolanish xarajatlarini kamaytirish. An’anaviy davolash usuli bilan taqqoslaganda, tavsiya etilgan davolash usulining iqtisodiy samaradorligi davolash uchun har bir bolaga sarflangan mablag‘ning (1680000 so‘mgacha) tejalishini ko‘rsatdi. Xulosa: jag‘ suyagida sun’iy nuqson xosil qilingan va ksenotransplantatli  osteoplastik material qo‘llanilgan tajriba guruhi hayvonlarida tajribaning 60-kuniga kelib, osteoplastik material o‘rni jarohatlanmagan suyak to‘qimasining strukturasiga o‘xshash suyak to‘qimasi, ya’ni plastinkasimon suyak to‘qimasi bilan deyarli to‘liq almashingan, ya’ni reparativ regeneratsiyaning to‘liq turi aniqlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: qo‘llanilgan rentgenologik va densitometrik tekshiruv natijasiga ko‘ra nuqson o‘rnida to‘liq tiklovchi regenerat paydo bo‘lganligi, tuzilishi, zichligi bo‘yicha atrofdagi suyak to‘qimasiga yaqinligi aniqlangan Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashi tomonidan 2024-yil 28-martdagi 04-r/124-son bilan tasdiqlangan “Zamonaviy osteoplastik materiali bilan odontogen jag‘ kistalarini davolash usuli” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomada bayon etilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar 7-sonli shahar klinik shifoxonasining yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida 02.04.2024-yildagi №47 sonli buyrug‘i bilan xamda, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida 24.04.2024-yildagi №84-I sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ijtimoiy ahamiyati odontogen jag‘ kistasi bo‘lgan bolalarning sog‘lig‘ini tezroq tiklash va ijtimoiy moslashishiga ko‘maklashish. Operatsiyaning to‘g‘ri tashkil etish va osteoplastik materialni davolash jarayoniga kiritish bolalarning salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning reabilitatsiya davrini qisqartirish, qo‘llanilayotgan ksenotrasplantatli osteoplastik material tannarxi, sarflangan vaqt, qatnovlar soni va bir qatnov uchun ketgan vaqtlarning o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha har bir bemor uchun 1680000 so‘mgacha xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: bemorlarda osteoplastik materiallar qo‘llanilib jag‘ suyagining odontogen kistasi operatsiyadan keyin hosil bo‘lgan nuqson sohasidagi sistektomiya jarayoni an’anaviy usuldagi o‘tkazilgan operatsiyada nuqson sohasida densitometrik ko‘rsatkich operatsiyadan oldin 1 kunda 40±5, operatsiyadan keyin 1 oyda 45±5, 3 oyda 55±5, 6 oyda 65±5, 12 oyda 75±5 natija qayd etilgan bo‘lsa, biz taklif qilgan ksenotransplantatli osteoplastik materialini qo‘llashda nuqson soxasida densitometrik ko‘rsatkich operatsiyadan keyin 1 kunda 50±5 operatsiyadan keyin 1 oyda 70±5, 3 oyda 90±5, 6 oyda 110±5 va 12 oyda 180±5 samarali natijalarda qayd etildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sistektomiya operatsiyasida taklif etilgan ksenotransplantatli osteoplastik materialini qo‘llash orqali bolalar yuz-jag‘ jarrohligi amaliyotida jag‘ suyagi nuqsonlarini bartaraf etishda asos bo‘lganligi aniqlangan Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashi tomonidan 2024-yil 28-martdagi 04-r/124-son bilan tasdiqlangan “Zamonaviy osteoplastik materiali bilan odontogen jag‘ kistalarini davolash usuli” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomada bayon etilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar 7-sonli shahar klinik shifoxonasining yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida 02.04.2024-yildagi №47sonli buyrug‘i bilan xamda, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida 24.04.2024-yildagi №84-I sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ijtimoiy ahamiyati odontogen jag‘ kistasi bo‘lgan bolalarning sog‘lig‘ini tezroq tiklash va ijtimoiy moslashishiga ko‘maklashish. Operatsiyaning to‘g‘ri tashkil etish va osteoplastik materialni davolash jarayoniga kiritish bolalarning salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda odontogen jag‘ kistasi bilan murojaat qilgan bemorlarning osteoplastik materiali  qo‘llab o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng davolanish muddati 10 kundan 5 kunga qisqarganini (1400000 so‘mgacha) bo‘lgan miqdordagi iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. Xulosa: sistektomiyadan so‘ng hosil bo‘lgan bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida ksenotransplantatli osteoplastik materiali yordamida suyaklarning qayta tiklanishini stimullash va belgilangan muddatga kelib, bo‘shliqning xajmi to‘liq tiklanganligi. Operatsiyadan keyingi bo‘shliqda o‘rnida sog‘lom suyak to‘qimasiga yaqin yangi suyak to‘qimasi bilan to‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.

Yangiliklarga obuna bo‘lish