Xamdamov Xabibulo Ablokulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda shoxli mollar brusellyozining epizootologiyasi, zamonaviy oldini olish va qarshi kurashish choralari», 16.00.03–Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc /V1.
Ilmiy maslahatchi: Salimov Xayit Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.V.12.02.
Rasmiy opponentlar: Ryasnyanskiy Igor` Viktorovich, biologiya fanlari doktori; Vafakulov Sadillo, tibbiyot fanlari doktori, professor; Murtazin Bulat Fayziraxmanovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shoxli mollar brusellyozining epizootologiyasi tahlili, shuningdek uning zamonaviy diagnostikasi va oldini olish uslublari asosida bartaraf qilish uchun adekvat chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor brusellyoz bo‘yicha epizootik holat retrospektiv tahlil qilingan, dala tadqiqotlari natijalari bilan solishtirilgan, ajratilgan shtammlar PZRda tipizatsiya qilingan va shoxli mollar brusellyozining epizootik holati aniqlangan;
brusellyozning S, R, SR va RS turlariga qarshi dunyoda analoglari bo‘lmagan polivalentli qon zardobning birinchi milliy standarti yaratilgan;
hayvonlarning nativ qonidan (gemokul`tura) brusellalarni ajratib olish uslubi ishlab chiqilgan;
ingichka ikki uchli ignalar va vakuumli probirkalar yordamida hayvonlardan qon namunalarini olishning yopiq tizimi ishlab chiqilgan;
sutda halqa reaksiyasi uchun rangli brusellyoz antigeni bilan sut beruvchi tuyalar brusellyozining diagnostikasi uslubi yaratilgan;
brusellyozga qarshi maxsus qon zardobni tayyorlashda sun’iy homilador organizm modelini yaratish uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Hayvonlar brusellyozining oldini olish, qarshi kurash va yangi zamonaviy diagnostikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
«Hayvonlar brusellyoz kasalligining oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar tizimi» mavzusidagi tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2016 yil 29 noyabrdagi 48/3-1764-son ma’lumotnomasi). Mazkur hujjat yangi ilmiy ishlanmalar va tavsiyalarni hisobga olgan holda hayvonlar brusellyoziga qarshi samarali kurashish imkonini beradi;
«Hayvonlarning brusellyoz kasalligini aniqlashda qo‘llaniladigan plastinkali agglyutinatsiya reaksiyasi (PAR) uchun rangli brusellyoz antigenini tayyorlash va nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma» ishlab chiqilgan (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2016 yil 29 noyabrdagi 48/3-1764-son ma’lumotnomasi);
«Hayvonlarning brusellyoz kasalligini aniqlashda qo‘llaniladigan plastinkali agglyutinatsiya reaksiyasi (PAR) uchun rangli brusellyoz antigenini qo‘llash bo‘yicha qo‘llanma» ishlab chiqilgan (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2016 yil 29 noyabrdagi 48/3-1764-son ma’lumotnomasi);
«Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining yuqumli kasalliklarini diagnostika qilishda immunofermentli tahlilni qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2016 yil 29 noyabrdagi 48/3-1764-son ma’lumotnomasi).
Respublikaning Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari veterinariya laboratoriyalarida brusellalarning S, R, SR va RS turlariga qarshi ishlab chiqilgan polivalentli qon zardobidan foydalanish, turli iqlim va geografik hududlarda sutda halqa reaksiyasi uchun rangli brusellyoz antigeni bilan sut beruvchi tuyalar brusellyozining diagnostika uslubi, Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari chorva fermalarida vakuumli probirkalar yordamida qon olishning yangi usuli joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 7 dekabrdagi 02/12-1268-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida yaratilgan polivalentli brusellyozga qarshi qon zardobi – milliy standart O‘zbekiston Respublikasi hududida ajratiladigan brusellalarning barcha asosiy uch turini (B.abortus, B.melitensis, B.suis) aniqlashi, vakuumli probirkalar yordamida qon olishning yangi usuli sutning 4,22 foiz yo‘qotilishining oldini olishi va ko‘riladigan iqtisodiy zararni har yili22 mlr. so‘mgacha pasaytirishi aniqlangan.