Alimov Mexrikul Umarkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er ostida eritmaga o‘tkazishda bakterial eritmalardan foydalanish orqali texnogen uran konlaridan metallarni ajratib olish texnologiyasini tadqiq qilish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2626.
Ilmiy rahbar: Aliqulov Shuxrat Sharofovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Raimjanov Baxadirjan, texnika fanlari doktori, professor; Xalilov Akmal Abdujalilovich, geologiya-menralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temirni oksidlovchi A.ferrooksidans bakteriyalar asosida biologik eritmaga o‘tkazishni qo‘llagan holda texnogen ma’danli konlardagi uranni er ostida eritmaga o‘tkazish jarayonlarini jadallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bakteriyali eritmalarni qo‘llash orqali texnogen uran konlaridan uranni er ostida eritmaga o‘tkazishning nazariy asoslari ishlab chiqilgan hamda mikroorganizmlarning mikrobiologik faolligi va ma’dan gorizontlarining mineral tarkibi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
uran ajralib chiqishining va eritmalardagi uran konsentratsiyasining salmoqli o‘sish imkonini beruvchi eritmadagi uran konsentratsiyasining havo bilan to‘yintirish shart-sharoitlariga, faol il konsentratsiyasiga va ma’dan bilan ta’sirlashish vaqtiga bog‘liqligi isbotlangan;
mikroorganizmlarning optimal A-3M.U.2023 assotsiatsiyasi aniqlangan hamda eritmaning ma’dan tanasiga to‘liq kirib borishini va sulfat kislota solishtirma sarfining pasayishini ta’minlab beruvchi eritmadagi konsentratsiyasi aniqlangan;
ma’dan gorizontida A-3M.U.2023 mikroorganizmining yashash qobiliyatini ta’minlovchi eritmani havo bilan to‘yintirib ammoniy sulfat hamda kaliy gidrofosfat qo‘shish orqali oziqlantirishning optimal rejimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Er ostida eritmaga o‘tkazishda bakteriyali eritmalardan foydalanish orqali texnogen uran konlaridan metallarni ajratib olish texnologiyasini tadqiq qilish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
texnogen ma’danli konlardan uranni qazib olish texnologiyasi parametrlarini tadqiq qilishning kompleks usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ ning Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2024-yil 6-maydagi 23/01-01-07/200-son ma’lumotnomasi). Natijada, uranning 73% gacha ajralib chiqishini va uranni ajratib olish ko‘rsatkichining 3% ga ortishini aniqlash imkonini bergan;
eritmaga oʻtkazuvchi aralashmadagi bakteriyalarning optimal shtammlarini aniqlash uslubi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ ning Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2024-yil 6-maydagi 23/01-01-07/200-son ma’lumotnomasi). Natijada, mikroorganizmlarning 3 ta shtammini tajriba sinovida ko‘rib chiqishini, Acidithiobacillus ferrooxidans bakteriyasining A-3M.U.2023 eritmasi ushbu bakteriyalar shtammlaridan eng samaradori ekanligini aniqlash imkonini bergan.