Xoliqova Oyistaxon Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
Integratsiyalashgan ta’lim muhitida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (kasbiy ta’limning tibbiyot yo‘nalishlari misolida), 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped6826.
Ilmiy rahbar: Karimova Nozima Nurmuxamadovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01
Rasmiy opponentlar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Salixodjaeva Rixsi Kamilovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy  universiteti Jizzax filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: integratsiyalashgan ta’lim muhitida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak mutaxassislarni “Texnikum-OTT” integratsiyalashgan ta’lim muhitida kasbiy faoliyatga tayyorlashda integrativ bilimlarni birlashtirishning emperik (kasallik belgilarini bilish) hamda nazariy (kasalliklarning sabablari, rivojlanish mexanizmlari) darajalarini aniqlash orqali pedagogik integratsiyada jarayon, natija va didaktik prinsiplarning o‘zaro bog‘liqligi  asoslangan;
bo‘lajak mutaxassislarni integratsiyalashgan ta’lim muhitida kasbiy faoliyatga tayyorlash modelining kollaborativ texnologiyaga asoslangan “Texnikum-OTT” o‘zaro xamkorligini muvofiqlashtiruvchi tashkiliy-funksional komponentlari (maqsad, mazmun, tashkiliy-texnologik, baholash, natija) integrativ-faoliyatli, kompetentli, tizimli yondashuvlarga ustuvorlik berish natijasida takomillashtirilgan;
tibbiyot texnikumlarida “Farmakologiya va reseptura asoslari”, “Xalq tabobati” fanlari bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni va shaxsiy sifatlarni uzlyuksiz rivojlantirishda uzlyuksiz kasbiy rivojlanishning an’anaviy va no‘ananaviy (pedagogik, evtagogik) usullarini qo‘llash orqali integratsiyalashgan mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi va uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
“Farmakologiya va reseptura asoslari”, “Xalq tabobati” fanlarini o‘qitish orqali o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari va darajalarini belgilash orqali bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy bilimlarini baholash usullari (kuzatuv-tahlil, test, nostandart topshiriq) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integratsiyalashgan ta’lim muhitida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida:
bo‘lajak mutaxassislarni “Texnikum-OTT” integratsiyalashgan ta’lim muhitida kasbiy faoliyatga tayyorlashda integrativ bilimlarni birlashtirishning emperik hamda nazariy darajalarini aniqlashga doir takliflardan Professional ta’limni rivojlantirish institutining IL-5821081323-raqamli “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” (2023-2025 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 30 yanvardagi 02/01-01-38-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar o‘quvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni integratsiyalashgan ta’lim muhitida kasbiy faoliyatga tayyorlash modelining kollaborativ texnologiyaga asoslangan “Texnikum-OTT” o‘zaro xamkorligini muvofiqlashtiruvchi tashkiliy-funksional komponentlari (maqsad, mazmun, tashkiliy-texnologik, baholash, natija) mazmunini takomillashtirishga doir tavsiyalar “Tibbiyot hamshirasini kasbiy madaniyatini shakllantirish metodikasi” nomli  o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 martdagi 55384-son nashr ruxsatnomasi). Mazkur didaktik ta’minot o‘quvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan;
tibbiyot texnikumlarida “Farmakologiya va reseptura asoslari”, “Xalq tabobati” fanlari bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni va shaxsiy sifatlarni uzlyuksiz rivojlantirishda uzlyuksiz kasbiy rivojlanishning an’anaviy va no‘ananaviy (pedagogik, evtagogik) usullarini qo‘llash orqali integratsiyalashgan mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi “Tibbiy ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarni kasbiy malakalarini rivojlantirish metodikasi” nomli hamda “Integratsiyalashgan ta’lim muhitida bo‘lajak mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” nomli elektron didaktik ta’minot mazmunida aks etirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 30 yanvardagi 02/01-01-38-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodika bo‘lajak hamshiralarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish