Masharipova Leninza Axmedjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Madaniyatlararo muloqotda til va uning antropotsentrik mohiyati (O‘bekiston va AQSh nikoh to‘yi marosimlari va bayramlaridagi tabrik nutqiy akti misolida)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil3524.
Ilmiy rahbar: Iriskulov Muxamadavas Tursunovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Azamova Dildoraxon Bahodirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘bekiston va AQSh madaniyatlarining to‘y va bayramlaridagi tabrik nutqiy aktining antropotsentrik mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
har ikki tilda tabriklash marosimi milliy urf-odat, qadriuatlar, til va madaniuat birligi negizida pragmatik ma’no va kommunikativ niuatga ko‘ra universal xususiyatlar, xususan, o’zbek madaniyatiga madaniu kod, nutqiu vaziuat va kontekst, frazeologik birliklar va metaforalar hamda amerika madaniuatiga individualizm va shaxsiu erkinlik, ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, xushmuomalalik va hurmat kabi jihatlar xos ekanligi aniqlangan;
O‘bekiston va AQSh madaniyatlarida tabrik nutqiy aktlarining semantik-struktur xususiyatlarining tadqiqi asosida ikki madaniyatning vaqt va makon kontekstida lingvostilistik hamda lingvopoetik xususiyatlar mavjudligi aniqlangan;
tabrik nutqiy aktining aks etishida har ikkala noqardosh madaniyatlarda o‘ziga xos urf-odat va marosimlari asosida madaniy kodning lisoniy, madaniy, ma’naviy va diniy jihatlarining shakllanishi isbotlangan;
tabrik nutqiy aktining pragmatik tadqiqida, jumladan, kommunikativ intensiya va konnotativ xususiyatlarini tahlil qilishda tabriklarning auditoriyaga maqsadli ta’sir ko‘rsatishi lingvopragmatik usul orqali dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘bekiston va AQShning nikoh to‘yi marosimlari va bayramlaridagi tabrik nutqiy akti misolida madaniyatlararo muloqotda tilning antropotsentrik mohiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
har ikki tilda tabriklash marosimi milliy urf-odat, qadriuatlar, til va madaniuat birligi negizida pragmatik ma’no va kommunikativ niuatga ko‘ra universal xususiyatlar, xususan, o’zbek madaniyatiga madaniu kod, nutqiu vaziuat va kontekst, frazeologik birliklar va metaforalar hamda amerika madaniuatiga individualizm va shaxsiu erkinlik, ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, xushmuomalalik va hurmat kabi jihatlar xos ekanligining aniqlangani xususidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlardan M.T. Iriskulov, L.A. Masharipovalarning Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan “ESP: Teaching English for Tourism”, 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan “Education and sport”, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan “Uzbek culture for pre- and in-service teacher training courses” darsliklarida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i asosidagi 676-235 raqamli, 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i asosidagi 500-238 raqamli, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i asosidagi 68-187 raqamli nashr ruxsatnomalari; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-235-son, 2023-yil 27-martdagi 68-187-son ma’lumotnomalari). Natijada o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini chop qilish va oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiya qilingan o‘quv adabiyotlarining madaniyatga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyitilishi ta’minlangan.
O‘bekiston va AQSh madaniyatlarida tabrik nutqiy aktlarining semantik-struktur xususiyatlarining tadqiqi asosida ikki madaniyatning vaqt va makon kontekstida lingvostilistik hamda lingvopoetik xususiyatlar mavjudligi aniqlangani borasidagi xulosalardan Oliy va o ’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan “Boost your English through activities” o‘quv-qo‘llanmasi hamda L.A. Masharipova va N.M. Radjapovalar hammuallifligidagi “Madaniyatshunoslikka oid inglizcha-o‘bekcha so‘larning izohli lug‘ati”da foydalanilgan (Oliy va o ’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i asosidagi 388-96 raqamli nashr ruxsatnomasi, Urganch davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2023-yil 19-apreldagi 4-son yig‘ilishi bayonnomasi). Natijada mazkur o‘quv-qo‘llanma hamda lug‘at o‘bek va AQSh madaniyatlariga doir so‘larning nazariy tahlili va izohi orqali madaniyatlaro muloqotni rivojlantirishga xizmat qilgan;
tabrik nutqiy aktining aks etishida har ikkala noqardosh madaniyatlarda o‘ziga xos urf-odat va marosimlari asosida madaniy kodning lisoniy, madaniy, ma’naviy va diniy jihatlarining shakllanishi isbotlanganiga oid xulosalardan Xorazm Ma’mun akademiyasidagi ilmiy-ijodiy tadbirlar va dasturlarni tayyorlashda va Xiva “Ichan Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida gid-yoʻlboshlovchilar yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlarga vohamizning noyob durdonalarini tanitishda foydalanilgan (O‘bekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining 2023-yil 1-dekabrdagi 193/2-23-son, O‘bekiston Respublikasi madaniy meros agentligi Ichan-Qal’a davlat muzey qo‘riqxonasining 2023-yil 4-dekabrdagi 01-02/766-son ma’lumotnomalari). Natijada mamlakatimizda til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq, milliy o‘ligimizni anglash, ma’naviy-madaniy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni saqlab qolishga bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishda imkon bergan hamda muzey-qo‘riqxona fondida saqlanayotgan noyob manbalar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
tabrik nutqiy aktining pragmatik tadqiqida, jumladan, kommunikativ intensiya va konnotativ xususiyatlarini tahlil qilishda tabriklarning auditoriyaga maqsadli ta’sir ko‘rsatishi lingvopragmatik usul orqali dalillangani borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘bekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” telekanali ko‘rsatuvlarini, Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Xorazm” dasturining “Suhbatdosh” ruknidagi eshittirishlarning ssenariysini tayyorlashda hamda O‘bekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasida yoshlarga milliy o‘ligimizni, ya’ni o‘ ona tilimiz va madaniyatimizni anglatishdagi harakatlarda samarali foydalanilgan (O‘bekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 20-noyabrdagi 02-14-1163-son, Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 22-noyabrdagi 767-son, O‘bekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati yoshlar ishlari boshqarmasining 2023-yil 24-noyabrdagi 02-10/482-son ma’lumotnomalari). Natijada o‘bek lingvomadaniyatining o‘iga xos xususiyatlari, ayniqsa, “kelin salom” va “yor-yor” aytish an’analari, undagi qadriyatlarni yorituvchi teleko‘rsatuvlar yangi materiallar, ilmiy asoslangan dalillar bilan boyitilgan.