Ernazarova Manzura Saparboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Grammatik ma’no lisoniy va pragmatik omillar yaxlitligida”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil11.
Ilmiy maslahatchi: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Eltazarov Jo‘liboy Danabaevich, filologiya fanlari doktori; Xudoyberganova Durdona Siddiqovna, filologiya fanlari doktori; Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: grammatik ma’noning nutqiy voqelanishida lisoniy va pragmatik omillar hamkorligi va muvofiqligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqning sistema sifatidagi falsafiy asoslari ochib berilgan;
grammatik ma’noning lisoniy mohiyat sifatida leksik, sintaktik va pragmatik omillar yaxlitligida nutqiy voqelanishida morfologik vositalar – lug‘aviy va sintaktik shakl hosil qiluvchilarning o‘rni va roli muhimligi dalillangan;
grammatik ma’noning nutqiy voqelanishida pragmatik omillar (so‘zlovchi intensiyasi, lisoniy, kognitiv va muloqot qobiliyati, sotsial mavqei)ning o‘rni va roli aniqlangan;
grammatik ma’noning nutqiy voqelanishida lisoniy va pragmatik omillar hamkorligi va muvofiqligining o‘ziga xos antropopragmatik jihatlari ochib berilgan;
lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishida pragmatik omillarning ta’siri, tilning lison va nutq yaxlitligidan iboratligi, lisoniy birliklar tabiati, ularni birlashtiruvchi sistemaviy munosabatlar – lisoniy ziddiyatlar, tilga pragmatik yondashuv omillari, nutqiy sistema lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligida yuzaga chiqishi faktik materiallar asosida dalillangan;
grammatik ma’noning voqelanishida lisoniy va pragmatik omillarning o‘zaro muvofiqligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Grammatik ma’noning nutqiy voqelanishida lisoniy va pragmatik omillar hamkorligi va muvofiqligining o‘ziga xos jihatlarinitadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
grammatik ma’noning nutqiy voqelanishi tadqiqi jarayonida ishlab chiqilgan, ilmiy asoslangan adresant, adresat, antropotsentrizm, valentlik, deyksis, dixotomiya, dominanta, kognitiv, muloqot, pragmatika, propozisiya, substansiya, fakul`tativ kabi lug‘aviy birliklarning izohlashga oid xulosalardan FA-F1-G041 raqamli “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi 89-03-2533-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida ko‘plab lug‘aviy birliklarning izohlari mukammallashtirilgan;
lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishida pragmatik omillarning ta’siri, tilning lison va nutq yaxlitligidan iboratligi, nutqni sistema sifatida tadqiq qilish borasidagi nazariy xulosalardan OT-F8-057 raqamli “O‘zbek tilini sistemaviy tatqiq etishning metodologik asoslari, metod va prinsiplarini shakllantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi 89-03-2533-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga tadbiq etilishi til birliklarining nutqiy voqelanishini tadqiq qilishda jahon tilshunosligi materiallaridan foydalanishda, nutqiy sistemaning lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligiga amal qilishini yoritishda muhim asos bo‘lib xizmat qilgan;
grammatik ma’noning nutqiy voqelanishi tadqiqi jarayonida ishlab chiqilgan, lisoniy imkoniyatlarni so‘zlovchi, tinglovchi, ularning muloqot jarayonidagi o‘zaro munosabatiga oid nazariy xulosalardan F1-XT-0-19919 raqamli “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi 89-03-2533–son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan grammatik shakllarning ma’nolari voqelanishidagi lisoniy va pragmatik omillar hamkorligi jarayonida tegishli lug‘aviy birliklarning (muloqot, nutq, yozma va og‘zaki nutq, metodologiya, payg‘ambar, mavhum, xaos, intensiya, lirik chekinish) tahlillari va izohlanishida asos bo‘lib xizmat qilgan;
lisoniy birliklarning nutqiy voqelanishi, so‘z va qo‘shimchalarning ko‘chma ma’nolarda qo‘llanishi, nutqiy intensiya, og‘zaki va yozma nutq hamda muloqot jarayonida tartib va tartibsizlik holatlarining lisoniy va nolisoniy omillar uyg‘unligi asosida yuzaga chiqishiga oid nazariy xulosalaridan XT-F-2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi 89-03-2533-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar grammatik shakllarning voqelanishidagi lisoniy va pragmatik omillar hamkorligi jarayonida tegishli lug‘aviy tahlillari va izohlanishida asos bo‘lib xizmat qilgan;
tilning morfologiya sathi, grammatik ma’no va grammatik shakl, grammatik kategoriyasi “Hozirgi o’zbek adabiy tili” (ISBN 978-9943-10-436-5) darsligida hamda “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (ISBN 978-9943-4726-2-4) elektron darsliklarini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi 89-03-2534-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tilning morfologiya sathi, grammatik ma’no va grammatik shakl, grammatik kategoriya borasidagi bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Til ziynati”, “O’zbekiston” teleradiokanalining“Ijod zavqi”, “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvlarini va “Bedorlik” eshittirishini tayyorlashda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2018 yil 5 apreldagi 01-16/191-son, “O‘zbekiston” telekanalining 2018 yil 23 apreldagi 04-25-616-son ma’lumotnomalari). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.