G‘ofurov Sherali Xoshimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy imkoniyati cheklangan talablarni engil atletikaning sakrash turlariga o‘rgatish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped.3717
Ilmiy rahbar: Mirjamolov Mexriddin Xayriddinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.03/01.02.2022.Ped.146.01
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursinalievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Bobomuradov Norpulot Shirinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘l nozologiyasi va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan talabalarni paraengil atletikaning uzunlikka sakrash turiga saralab olishga qaratilgan texnik elementlarni o‘zlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qo‘l nozologiyasidagi va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan uzunlikka sakrovchi talabalarning texnik tayyorgarligi va sakrovchanlik qobiliyatlarini oshirish uchun tezkorlik, tezkor-kuch, egiluvchanlik sifatlarini oshirishga qaratilgan mashqlarni tanlab yo‘naltirish hisobiga maqsadli tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
jismoniy imkoniyati cheklangan yugurib kelib uzunlikka sakrovchi talabalarning yuqori natija ko‘rsatgan sportchiga nisbatan tana hamda oyoqlar orasidagi burchak, gavda bilan bel orasidagi burchak gradusini aniqlash asosida model ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hisobiga sakrash texnikasi takomillashtirilgan;
engil atletikaning uzunlikka sakrash turida eng asosiy ko‘rsatkich sifatida katta kuch bilan optimal tezlikni saqlagan holda sprinter-kuchli, kuchli-sakrovchan hamda universal tiplar uchun tabaqalashtirilgan metodikani ishlab chiqish hisobiga mashq texnikasi takomillashtirilgan;
yugurib kelib uzunlikka sakrovchi talabalarning mashg‘ulot jarayonini tuzishda yuqori shiddatdagi mashqlarga moslashish hamda tiklanish darajasidan kelib chiqib, har bir mikrotsikl (musobaqaoldi, musobaqalashuv, tiklovchi) uchun yuklama komponentlarini (takrorlashlar soni, urinishlar soni, shiddati, dam olish intervali) model tuzilmasini ishlab chiqish hisobiga sport natijalari yaxshilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amalga oshirilgan pedagogik tajriba davomida turli nozologiyalar va sport sinflarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan test majmui va unda qo‘llanilgan vosita va usullar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qo‘l nozologiyasidagi va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan uzunlikka sakrovchi talabalarning texnik tayyorgarligi va sakrovchanlik qobiliyatlarini oshirish uchun tezkorlik, tezkor-kuch, egiluvchanlik sifatlarini oshirishga qaratilgan mashqlarni tanlab yo‘naltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Paraengil atletikani o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktorining 2024-yil 2-avgust 40-sonli buyrug‘iga asosan D-0020 raqamli guvohnoma). Natijada paraengil atletikachi sakrovchilarni musobaqa oldi jismoniy tayyorgarlik samaradorligi darajasi 16,2 % ga yaxshilangan;
jismoniy imkoniyati cheklangan yugurib kelib uzunlikka sakrovchi talabalarning yuqori natija ko‘rsatgan sportchiga nisbatan tana hamda oyoqlar orasidagi burchak, gavda bilan bel orasidagi burchak gradusini aniqlash asosida model ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar paraengil atletikani o‘rgatish metodikasi mashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktorining 2024-yil 19-avgust 4003-16/8217-sonli buyrug‘iga asosan BU57989728 raqamli guvohnoma). Natijada paraengil atletikachi sakrovchilarni texnik tayyorgarlik samaradorligi darajasi 19,1 % ga yaxshilangan;
engil atletikaning uzunlikka sakrash turida eng asosiy ko‘rsatkich sifatida katta kuch bilan optimal tezlikni saqlagan holda sprinter-kuchli, kuchli-sakrovchan hamda universal tiplar uchun tabaqalashtirilgan metodika mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktorining 2024-yil 19-avgust 4003-16/8217-sonli buyrug‘iga asosan BU57989728 raqamli guvohnoma). Natijada paraengil atletikaning yugurib kelib uzunlikka sakrovchi talabalarning umumiy texnik harakatlarining o‘sish darajasi 18,11 % ga oshgan;
yugurib kelib uzunlikka sakrovchi talabalarning mashg‘ulot jarayonini tuzishda yuqori shiddatdagi mashqlarga moslashish hamda tiklanish darajasidan kelib chiqib, har bir mikrotsikl (musobaqaoldi, musobaqalashuv, tiklovchi) uchun yuklama komponentlarini (takrorlashlar soni, urinishlar soni, shiddati, dam olish intervalli) model tuzilmasi paraengil atletika bilan shug‘ullanuvchi talabalar o‘quv-mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktorining 2024 yil 19-avgust 4003-16/8217-sonli buyrug‘iga asosan BU57989728 raqamli guvoxnoma). Natijada, O‘zbekiston chempianatida zaif ko‘ruvchi talabalarimiz, Yo.Xolbekova oltin medalni, U. Sayfiddinov kumush medalni, qo‘l nozologiyasi bo‘yicha esa O.Xasanov oltin medalni . A.O‘roqov kumush medalni, M.Ibroximov va M.Axmedovlar 4 - o‘rinni qo‘lga kiritishgan.