Abdullaev Akmal Gadaymurodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Sharq davlat boshqaruviga doir sotsiologik ta’limotlarning G‘arb sivilizatsion jarayonlariga metodologik ta’siri» 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/S39
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.29.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekmuradov Mansur Bobomuradovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: akademik, tarix fanlari doktori, professor Azamat Ziyo Xamid o‘g‘li, sotsiologiya fanlari doktori, professor Matibaev Toshpulat Boltaboevich, tarix fanlari doktori, professor Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharq davlat boshqaruviga oid sotsiologik ta’limotlarning G‘arbiy Evropa uyg‘onish davri va sivilizatsion jarayonlariga nazariy-metodologik ta’sir etganligini ilmiy asoslantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn Xaldun va Ibn Rushdlarining davlat boshqaruviga doir sotsiologik ta’limotlari G‘arb boshqaruv ta’limotlaridan besh asr oldin shakllanganligi va Evropada etatik tuzilmalarning tarkibi va mazmunining transformatsiyalashuviga metodologik asos bo‘lganligi isbotlangan;
G‘arb sivilizatsion jarayonlariga Forobiyning “Sharq peripatetizm” Ibn Sinoning “Avisenizm” va Ibn Rushdning “Averoizm” ta’limotlari ekzogen (tashqi sabab, turtki) hamda endogen (ichki deformatsiyalashuv) kontent negizida ta’sir ko‘rsatishi G‘arbda siyosiy va ijtimoiy jarayonlar, o‘zgarayotgan voqelikka priventiv yondashuvning rivojlanishiga va ikkinchi renessans yuksalishiga turtki bo‘lganligi asoslantirilgan;
“Fozil odamlar shahri”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Temur tuzuklari” va “Boburnoma” asarlarida hukmdorning insonparvar va adolatli bo‘la olishidan iborat konsepsiyalari hukmdorning jamiyatga asosan dispotik va avtoritar ta’sir ko‘rsatadi, degan stereotiplarni pozitiv etatistik tamoyillar sifatida namoyon bo‘lish imkoniyati dalillangan;
Sharq mutafakkirlari davlat va jamiyatni mentorlik asosidagi adolatli boshqaruviga doir konsepsiyalari G‘arbdagi despotik boshqaruv usulini ratsional boshqaruvga o‘tkazishga xizmat qilishi bilan birga uni abrogatsiyalash (davlat va jamiyat talabiga javob bermagan dogmatik qonunlarning bekor qilinishi)ga asosiy turtki bo‘lganligini jarayonlarni tarixiy, retrospektiv, qiyosiy kontent tahlil qilish orqali ochib berilgan;
Ijtimoiy davlat va “shaxs-jamiyat-davlat” tamoyillari mamlakatda shaxs ijtimoiy maqomini shakllanishi va e’tirof etilishi hamda jamiyatda uning siyosiy jihatdan ekzistensial (shaxsning davlat uchun kerakligini his etish) mohiyatini shakllantirishda jamiyatning yaxlit siyosiy mexanizmidagi sotsial funksiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada Sharq mamlakatlaridagi davlat boshqaruviga doir ta’limotlarning G‘arb sivilizatsion jarayonlariga metodologik ta’siri bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy sotsiologik taklif hamda tavsiyalar asosida:
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn Xaldun va Ibn Rushdlarining davlat boshqaruviga doir sotsiologik ta’limotlari G‘arb boshqaruv ta’limotlaridan besh asr oldin shakllanganligi va Evropada etatik tuzilmalarning tarkibi va mazmunining transformatsiyalashuviga metodologik asos bo‘lganligi isbotlanganlikka oid ma’lumotidan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2023-yilning dekabr oyida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 31 yilligi bayrami arafasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan “Inson huquq va erkinliklari: baholar, fikrlar va munosabatlar” mavzusidagi sotsiologik tadqiqotining metodik va metodologik qismini shakllantirishda, shuningdek, ushbu mavzuda o‘tkazilgan so‘rovnoma anketasining “C” bloki ning 9, 10, 11, 12, 13-anketa savollarini va javob variantlarini, “D” bloki ning 14, 15, 16-anketa savollarini va javob variantlarini, “E” bloki ning 25, 27, 28, 29, 34-anketa savollarini va javob variantlarini ishlab chiqishda hamda tadqiqot natijalari bo‘yicha tahliliy materialning xulosa, taklif va tavsiyalar qismini ishlab chiqishda foydalanilgan.
Dissertant tomonidan Markaz faoliyatiga joriy qilish borasida taklif qilingan ilmiy yangilik “Inson huquq va erkinliklari: baholar, fikrlar va munosabatlar” mavzusidagi sotsiologik tadqiqotining modifikatsiyalashtirilgan so‘rovnoma anketasini tayyorlashda, O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zlikni anglash tushunchasini sotsiologik tahlil qilish: davlat va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni tashkil qiluvchi tuzilmalar faoliyatini tahlil qilish, hududlardagi mavjud ijtimoiy muammolar ko‘lamini fuqarolarning ijtimoiy fikrini o‘rganish orqali aniqlash, inson ongi va salohiyatini o‘sishi hamda o‘zgarish dinamikasini jamoatchilik fikrini tahlil qilish orqali aniqlash, fuqarolarni qanday da’vatlar va chaqiriqlar qiziqtirishini aniqlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2024-yil 13-apreldagi № 01-10/70-son ma’lumotnomasi);
G‘arb sivilizatsion jarayonlariga Forobiyning “Sharq peripatetizm” Ibn Sinoning “Avisenizm” va Ibn Rushdning “Averoizm” ta’limotlari ekzogen (tashqi sabab, turtki) hamda endogen (ichki deformatsiyalashuv) kontent negizida ta’sir ko‘rsatishi G‘arbda siyosiy va ijtimoiy jarayonlar, o‘zgarayotgan voqelikka priventiv yondashuvning rivojlanishiga va ikkinchi renessans yuksalishiga turtki bo‘lganligi asoslantirilganlikka oid ma’lumotidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-307-sonli qarori ilovasidagi yo‘l xaritasining 35-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Sotsiologiya va Ijtimoiy ish sohasida mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotlarida 60311000 – Sotsiologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 70311001 –Sotsiologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligida “Sotsiologiya”, “Sotsiologiyaga kirish”, “Sotsiologiya tarixi”, “Din sotsiologiyasi”, “Madaniyat sotsiologiyasi”, “Shaharlar sotsiologiyasi”, “Mentalitet sotsiologiyasi”, “Sivilizatsiyalar sotsiologiyasi”, “Siyosiy sotsiologiya”, “Davlat boshqaruvi sotsiologiyasi” fanlariga doir, 60920100 Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi organlari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi “Ijtimoiy ish nazariyasi”, “Ijtimoiy ishga kirish”, “Ijtimoiy ishning etik prinsiplari” va “Ijtimoiy ish tarixi” fanlarining 2024-2025 o‘quv yilidagi namunaviy fan dasturlari hamda o‘quv rejalarida Sharq mutafakkirlarining ta’limotlarini o‘rganishga ajratilgan soatlar qismlar 10-15%dan 40%ga oshirishga erishildi. Natijada yuqorida keltirilgan fanlarga doir darslik, o‘quv qo‘llanma va uslubiy qo‘llanmalarning yangi avlodini yaratish bo‘yicha tayanch tashkilot bo‘lmish O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilariga nashr rejasini tegishli tartibda shakllantirishga xizmat qilgan.
Dissertant tomonidan taklif qilingan ilmiy yangilik sotsiologiya, ijtimoiy ish, siyosatshunoslik va huquqshunoslik ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassislarni tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotlaridagi fan dasturlari, o‘quv rejalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, mustaqil ta’lim mavzulari, bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bazasini soha mutaxassislari tomonidan monitoring qilish va Sharq mutafakkirlarining turli fan sohalaridagi ilmiy kashfiyotlari, konsepsiyalari, ta’limotlari va nazariyalarini Yangi O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy markazlarida o‘rganish va tadqiq etishga hamda pragmatik ilmiy xulosalarni berish orqali barcha ilm-fan sohasi vakillarini hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni ishtirokchisi bo‘lishiga va ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-apreldagi № 2/17-4/4-6788-son ma’lumotnomasi);
“Fozil odamlar shahri”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Temur tuzuklari” va “Boburnoma” asarlarida hukmdorning insonparvar va adolatli bo‘la olishidan iborat konsepsiyalari hukmdorning jamiyatga asosan dispotik va avtoritar ta’sir ko‘rsatadi, degan stereotiplarni pozitiv etatistik tamoyillar sifatida namoyon bo‘lish imkoniyati dalillanganlikka oid ma’lumotidan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylov oldi dasturining 1.3 “Davlat boshqaruvi va davlat xizmatini yanada isloh etish sohasida” bo‘limidagi 7, 8, 9 va 10 bandlaridagi davlat boshqaruvi, davlat organlari va jamoatchilik tashkilotlarining hamjihatligi va davlat fuqarolik xizmati hamda davlat xizmatchisiga doir bandalarni yangilashda foydalanilgan. Shuningdek, partiyaning 2024-yildagi rejasi 1-bo‘limi 1-bandiga “Millat oydinlari” media loyihasini amalga oshirish» rejasi kiritilib, ushbu loyiha doirasida Jadidlarning hayoti va ijodi haqida 5 ta qisqa video kontentlar tayyorlanib partiyaning vebsaytida yoritildi. Shuningdek, loyiha doirasida 20 dan ortiq maqolalar “Milliy tiklanish” gazetasida chop etildi.
Bundan tashqari dissertantning bevosita taklifiga ko‘ra partiyaning 2024-yildagi chora-tadbirlar rejasi 4-bandiga “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot”, 11-bandiga “Tarixiy taraqqiyotdagi o‘rnimiz”, 29-bandiga “Tarix, o‘tmish va kelajakni ko‘prigidir” loyihalarini amalga oshirish rejasi kiritildi. Ushbu qisqa muddatli loyihalar asosida Partiyaning O‘zbekiston davlatchiligi rivojining uch ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini o‘rganish, buyuk ajdodlarimiz dafn etilgan joylarini aniqlash, qabr va maqbaralarini obod qilishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlarini tashkil qilishda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan.
Dissertant tomonidan taklif qilingan ilmiy yangilik partiyaning Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi fraksiyasi, viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik guruhlariga partiya elektorati hamda saylovchilarning manfaatlarini deputatlik faoliyatida aks ettirishga, partiyaning Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolarini saylovchilar bilan uchrashuvlarida, hududiy va mahalliy kengash deputatlari tomonidan viloyat tuman va shahar kengash sessiyalariga masalalar kiritishga doir deputatlar uchun uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zMTDPning 2024-yil 1-apreldagi № 02/02-24-son ma’lumotnomasi);
Sharq mutafakkirlari davlat va jamiyatni mentorlik asosidagi adolatli boshqaruviga doir konsepsiyalari G‘arbdagi despotik boshqaruv usulini ratsional boshqaruvga o‘tkazishga xizmat qilishi bilan birga uni abrogatsiyalash (davlat va jamiyat talabiga javob bermagan dogmatik qonunlarning bekor qilinishi)ga asosiy turtki bo‘lganligini jarayonlarni tarixiy, retrospektiv, qiyosiy kontent tahlil qilish orqali ochib berilganligiga oid ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-fevraldagi PQ-126-sonli“Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori loyihasini tayyorlashda mazkur qarordagi 11-bandni va 12-bandning “b” qismini tayyorlashda foydalanilgan.
Shuningdek, Sharq renessansi davri mutafakkirlaridan Yusuf Xos Hojib, Abu Rayhon Beruniy, An-Nisibiy, Abu Nasr Forobiy, Ja’far an-Narshaxiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar asarlarida adolatli davlat va farovon jamiyat barpo etishga doir islohotlarga oid dissertatsiyada keltirilgan nazariy va amaliy xulosalardan O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tayyorlangan “Islom sivilizatsiyasi” qomusiy lug‘atini tayyorlashda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan.
Dissertantning ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5186-son qarorining 1-ilovasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Markaz tomonidan tashkil qilingan profilaktika va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari ssenariyalarini tayyorlashda ilmiy manba sifatida xizmat qilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yil 23-apreldagi № 06-07/57-son ma’lumotnomasi);
Ijtimoiy davlat va “shaxs-jamiyat-davlat” tamoyillari mamlakatda shaxs ijtimoiy maqomini shakllanishi va e’tirof etilishi hamda jamiyatda uning siyosiy jihatdan ekzistensial (shaxsning davlat uchun kerakligini his etish) mohiyatini shakllantirishda jamiyatning yaxlit siyosiy mexanizmidagi sotsial funksiyasi takomillashtirilganligiga oid ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida»gi QL–1056-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini tayyorlashda hamda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari IV. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi va murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati” bo‘limiga 28, 29-bandlari kiritilib, deputatlarni saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar qay darajada hal etilayotganligi bo‘yicha deputatlarni Qo‘mitalar kesimida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari oldida eshituv amaliyotini joriy qilishda foydalanilgan.
Shuningdek, dissertantning takliflaridan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari V. Xalqaro parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar bo‘limida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston vakillari ma’ruzalarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 25-apreldagi № 04/3-12-14-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish