Tojiboeva Gulxumor Raxmonjonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab psixologining nizoli vaziyatlardagi psixokorreksion faoliyati xususiyatlari (o‘smir o‘quvchilar misolida)», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixolgiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Psi25.
Ilmiy rahbar: Tulaganova Gulchexra Qo‘chqorovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor; Sirliev Baxtiyor Nazarovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir o‘quvchilar o‘rtasidagi shaxslararo nizoli vaziyatlarda maktab psixologi korreksion faoliyatining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab psixologining psixokorreksion faoliyati samaradorligini ta’minlovchi o‘smir o‘quvchilarning nizoli xulq-atvori shakl va xarakterini inobatga olgan holda “sub’ekt-sub’ekt” o‘zaro ta’sir uslubi, psixolog bilan psixokorreksiya ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarining “hamjihatlik” prinsipi va “katta inson pozisiyasi” shakllantirilgan;
o‘smirlarning shaxslararo munosabatlarida nizoni vujudga keltiruvchi “taqlid qilish”, “egotsentrizm”, “emotsional intellekt tanqisligi” va “qadriyatlar yo‘nalishining pastligi” kabi omillar aniqlangan;
maktab psixologining o‘smirlar guruhlaridagi shaxslararo nizolar profilaktikasi samaradorligini ta’minlovchi “emotsional jozibadorlik”, “guruh a’zolarining adekvatligi”, “shaxslararo munosabat attraksiyasi” omillari aniqlangan;
maktab psixologining o‘smirlar o‘rtasidagi nizolarni psixologik profilaktikasi va psixokorreksiyalash faoliyati tuzilmasi “nizo shakllarini aniqlash”, “nizolarni ekspert va individual baholash”, “nizolarni bartaraf etish” va “hamkorlikda ishlash” usullari va shakllari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktab psixologining nizoli vaziyatlardagi psixokorreksion faoliyati dasturini ilmiy metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smir o‘quvchilarning nizoli xulq-atvorini shakl va xarakterini inobatga olgan holda maktab psixologining korreksion faoliyatini “sub’ekt-sub’ekt” o‘zaro ta`sir uslubi, psixolog bilan psixokorreksiya qatnashchilari o‘rtasidagi munosabatlarining “hamjihatlik” prinsipi va “katta inson” pozisiyasi shakllantirilganligi bo‘yicha materillar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida (RBIMM) faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar kasbiy mahoratini oshirib borishda, psixologik xizmat ko‘rsatish samaradorligini ta’minlashda va psixologik trening dasturlarini takomillashtirishda qo‘llanilgan (RBIMMning 2018 yil 23 iyuldagi 06/346-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz mutaxassislarining o‘quvchilar bilan psixologik xizmatni tashkil etish faoliyatini boyitishga xizmat qilgan;
o‘smirlarning shaxslararo munosabatlarida nizoni vujudga keltiruvchi “taqlid qilish”, “egotsentrizm”, “emotsional intellekt tanqisligi” va “qadriyatlar yo‘nalishining pastligi” kabi omillari aniqlaganligiga doir ilmiy yangilik Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida (RBIMM) faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar kasbiy mahoratini oshirib borishda, psixologik xizmat ko‘rsatish samaradorligini ta’minlashda va psixologik trening dasturlarini takomillashtirishda qo‘llanilgan (RBIMMning 2018 yil 23 iyuldagi 06/346-son ma’lumotnomasi). Markaz psixologlarining o‘quvchlar bilan vujudga keladigan nizoli vaziyatlarni tashkil etish sabablarini baholash imkoniyatlarining o‘sishiga ko‘maklashgan;
maktab psixologining nizoli vaziyatlarni psixokorreksiyalash faoliyatining samaradorligini belgilovchi guruh ichidagi nizo, shaxslararo nizo, ijtimoiy holatni yaxshilash, birgalikdagi faoliyatdan qoniqish, o‘quvchi shaxsidagi o‘zgarishlarni baholash, nizodagi xulq-atvor shakllarining aniqlash mezonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar RBIMM tomonidan alohida e’tiborga muhtoj toifadagi bolalar bilan ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (RBIMMning 2018 yil 23 iyuldagi 06/346-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlarni konstruktiv baholash imkoniyatlarini kengaytirgan;
maktab psixologining o‘smirlar o‘rtasidagi nizolarni psixologik profilaktikasi va psixokorreksiyalash faoliyati tuzilmasi “nizo shakllarini aniqlash”, “nizolarni ekspert va individual baholash”, “nizolarni bartaraf etish” va “hamkorlikda ishlash” usullari va shakllari asosida takomillashtirishga doir materiallar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologik o‘quv-ilmiy markazi faoliyatida foydalanilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2018 yil 23 iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada markazning o‘smir o‘quvchilar bilan shaxslilik va individual xususiyatlarni ijobiy rivojlantirish bo‘yicha pedagog va psixologlar olib borayotgan ilmiy-uslubiy faoliyatining uslubiy ta’minoti kuchaytirilgan.