Tagieva Gulsum Gafurovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): «O‘zbekistonda ijtimoiy ta’minot tizimini rivojlantirish: sotsiologik tahlil» 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/S26.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sodiqova Shohida Marhaboevna sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori, professor Umarov Absalom Adilovich, falsafa fanlari doktori, professor Xuseynova Abera Amonovna, yuridik fanlari doktori, professor Hayitov Xushvaqt Safarboevich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ijtimoiy ta’minot tizimini yanada takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda ijtimoiy ta’minot tizimini taraqqiyotning yangi bosqichiga inklyuziv hamda meretokratik diskurs asosida odamlarni rozi qilish tamoyili sotsiologik asoslantirilgan;
sotsiologik ilmiy maktablarning ijtimoiy ta’minot tizimiga oid nazariy yondashuvlari asosida “ijtimoiy ta’minot”, “ijtimoiy nafaqa”, “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash”, “ijtimoiy sug‘urta”, “ijtimoiy kafolat”, tushunchalariga sotsiologik kategoriya sifatida ta’rifi ishlab chiqilgan va milliy sotsiologiya faniga kiritilgan;
ehtiyojmand fuqarolarning ijtimoiy ta’minotini to‘liq qamrab olinishiga erishilishida ijtimoiy ta’minot sohasidagi sug‘urta tizimi negizida “ijtimoiy sug‘urta” jamg‘armasini tashkil etilishi asoslantirilgan;
aholining ijtimoiy ta’minot xizmat turlaridan foydalanishini to‘g‘ri taqsimlashda insonga uning ehtiyojlaridan kelib chiqib manzilli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishga asoslangan ekspert kuzatuvini mahallalarda  yo‘lga quyilishi sotsiologik asoslantirilgan;
hayot sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy ta’minotning raqamli  klasterlarini (davlat byudjeti, majburiy sug‘urta badallari, ixtiyoriy sug‘urta badali qamrovini kengaytirish) shakllantirilishi negizida inson omiliga xizmat qiluvchi raqamlashtirilgan ijtimoiy ta’minotning milliy tizimi sotsiologik asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda ijtimoiy ta’minot tizimini rivojlantirish: sotsiologik tahlil qilish asosida:
yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, turmush darajasini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand yoshlarning ijtimoiy ta’minotini to‘liq qamrab olinishiga erishilishi hamda O‘zbekistonda ijtimoiy ta’minot tizimini taraqqiyotning yangi bosqichiga inklyuziv hamda meretokratik diskurs asosida odamlarni rozi qilish tamoyili sotsiologik asoslantirilganiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli Qarorining 4-qarorini 6-xatboshisida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024 yil 7 oktyabrdagi № 3-13-21-5257-son dalolatnomasi). Natijada, Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, turmush darajasini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda ehtiyojmand yoshlarning ijtimoiy ta’minotini to‘liq qamrab olinishiga erishish asosida ushbu tizimni yanada takomillashtirish imkonini berdi.
ehtiyojmand fuqarolarning ijtimoiy ta’minotini to‘liq qamrab olinishiga erishilishida ijtimoiy ta’minot sohasidagi sug‘urta tizimi negizida “ijtimoiy sug‘urta” jamg‘armasini tashkil etilishi hamda hayot sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy ta’minotning raqamli  klasterlarini (davlat byudjeti, majburiy sug‘urta badallari, ixtiyoriy sug‘urta badali qamrovini kengaytirish) shakllantirilishi negizida inson omiliga xizmat qiluvchi raqamlashtirilgan ijtimoiy ta’minotning milliy tizimi sotsiologik asoslantirilganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-son Qarorining 10-taklifini 3-xatboshisida belgilangan vazifalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2024 yil 8 oktyabrdagi № 01-09/2199-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, turmush darajasini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda ehtiyojmand fuqarolarning ijtimoiy ta’minotini to‘liq qamrab olinishiga erishish asosida ushbu tizimni yanada takomillashtirish imkonini berdi.
sotsiologik ilmiy maktablarning ijtimoiy ta’minot tizimiga oid nazariy yondashuvlari asosida “ijtimoiy ta’minot”, “ijtimoiy nafaqa”, “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash”, “ijtimoiy sug‘urta”, “ijtimoiy kafolat”, tushunchalariga sotsiologik kategoriya sifatida ta’rifi ishlab chiqilgan va milliy sotsiologiya faniga kiritilganligi ilmiy asoslab berilganligiga oid takliflardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2023 yil barcha viloyatlarda “Ijtimoiy fikr - 2023” mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovd ilk bor eksperemental tarzda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2024 yil 23 avgustdagi №01-16/202-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholini ijtimoiy ta’minot tizimida “ijtimoiy ta’minot”, “ijtimoiy nafaqa”, “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash”, “ijtimoiy sug‘urta”, “ijtimoiy kafolat” tushunchalarini sotsiologik baholash orqali ushbu tizimni yanada takomillashtirish imkonini bergan.
aholining ijtimoiy ta’minot xizmat turlaridan foydalanishini to‘g‘ri taqsimlashda insonga uning ehtiyojlaridan kelib chiqib manzilli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishga asoslangan ekspert kuzatuvini mahallalarda  yo‘lga quyilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu ilmiy xulosalar ijtimoiy ta’minotda insonga uning ehtiyojlaridan kelib chiqib manzilli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish orqali inson shaxsiyatiga hurmat va ehtirom bilan jamiyatga integratsiya qilinishiga ko‘maklashishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Mahallalari Uyushmasining 2024 yil 9 oktyabrdagi №02-02/1037-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar va xulosalar Yangi O‘zbekiston jamiyati mahallarida ijtimoiy sohaga bo‘lgan e’tibor kuchayishining ma’naviy omillaridan biri bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish