Taparov Qurbanmurat Xolmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan ishlab chiqarish nomi): “Kon-metallurgiya sanoati korxonalarini korporativ boshqaruv mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4594.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., prof. Nasimov Dilmurod Abdullaevich, i.f.d., dos. Akramova Nazokat Israilovna.
Yetakchi tashkilot: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.  Tadqiqotning maqsadi. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarining korporativ boshqarish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kompaniyada korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish (strategik boshqaruvni joriy etish), strategik qarorlarni xalqaro standartlar asosida qabul qilish (xalqaro standartlar (OECD, ISO)ga muvofiqlashtirish) va korporativ shaffoflikni kuchaytirish (korporativ axborot tizimlaridan foydalanish) maqsadida Kuzatuv kengashiga xorijiy tajribaga ega mustaqil ekspertlarni jalb qilish taklifi asoslangan;
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar faoliyat samaradorligini oshirish, zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish, shuningdek, xususiylashtirish orqali xorijiy investisiyalarni jalb etishni jadallashtirish maqsadida, korxona aksiyalarini Xalqaro fond bozorida birlamchi (IPO) ommaviy taklifini o‘tkazgan holda joylashtirish (IPO jarayoni orqali korporativ boshqaruv mexanizmlarini xalqaro standartlar asosida transformasiya qilish modeli) taklifi ishlab chiqilgan;
Boshqaruv uchun zahira kadrlarni tayorlash, ta’lim jarayonlarini markazlashtirish va standartlashtirish, kadrlar tayyorlashning barqaror sifati va biznesning joriy ehtiyojlariga mos kelishini ta’minlash hamda mehnat unumdorligini oshirish, shuningdek, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish imkonini beruvchi Ilg‘or injenerlar maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi berilgan;
Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida raqamlashtirish (AI va Big Data asosida xodimlar faoliyatini tahlil qilish)ni yanada takomillashtirish asosida avtomatlashtirilgan kadrlar boshqaruvi (HCM – Human Capital Management) tizimini joriy etish taklifi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatimizdagi kon-metallurgiya sanoati korxonalarida korporativ boshqarish mexanizmini takomillashtirish, benchmarking bo‘yicha qilingan tahlil va o‘rganishlar asosida xulosalar va olingan ilmiy natijalari asoslangan:
kompaniyada korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish (strategik boshqaruvni joriy etish), strategik qarorlarni xalqaro standartlar asosida qabul qilish (xalqaro standartlar (OECD, ISO)ga muvofiqlashtirish) va korporativ shaffoflikni kuchaytirish (korporativ axborot tizimlaridan foydalanish) maqsadida Kuzatuv kengashiga xorijiy tajribaga ega mustaqil ekspertlarni jalb qilish taklifi asosida “NKMK” AJ aksiyadorlarining 2024 yil 28 iyundagi umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq “NKMK” AJning Kuzatuv kengashi tarkibiga xalqaro tajribaga ega bo‘lgan 2 nafar mustaqil a'zo - xorijiy ekspertlar kiritildi. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-son Farmonida o‘z ifodasini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 dekabrdagi 03-28-01- sonli ma'lumotnomasi). Mazkur taklifni amalayotga joriy etilishi natijasida mustaqil ekspertlarning boy tajribasi va innovatsion yondashuvlari mahalliy amaliyotni yanada boyitish, kompaniya tomonidan muhim strategik qarorlar qabul qilishda uni xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga va bu orqali korporativ boshqaruvning samaradorligini yanada oshirish uchun xizmat qilmoqda. Xususan, Kuzatuv Kengashi tomonidan kompaniyayni rivojlanishiga oid 10 ga yaqin strategik qarorlar qabul qilindi.
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar faoliyat samaradorligini oshirish, zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish, shuningdek, xususiylashtirish orqali xorijiy investisiyalarni jalb etishni jadallashtirish maqsadida, korxona aksiyalarini Xalqaro fond bozorida birlamchi (IPO) ommaviy taklifini o‘tkazgan holda joylashtirish (IPO jarayoni orqali korporativ boshqaruv mexanizmlarini xalqaro standartlar asosida transformasiya qilish modeli) taklifi “NKMK” AJ faoliyatiga joriy etildi. Mazkur ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 apreldagi PQ-163-son qarorida inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 dekabrdagi 03-28-01- sonli ma'lumotnomasi). Mazkur taklifni amalayotga joriy etilishi natijasida “NKMK” AJning aksiyalarini Xalqaro fond bozorida birlamchi (IPO) ommaviy joylashtirish taklifi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi xalqaro konsultantlari jalb etgan holda ishlab chiqildi.
Boshqaruv uchun zahira kadrlarni tayorlash, ta’lim jarayonlarini markazlashtirish va standartlashtirish, kadrlar tayyorlashning barqaror sifati va biznesning joriy ehtiyojlariga mos kelishini ta’minlash hamda mehnat unumdorligini oshirish, shuningdek, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish imkonini beruvchi Ilg‘or injenerlar maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi “NKMK” AJ faoliyatiga joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 dekabrdagi 03-28-01- sonli ma'lumotnomasi). Mazkur taklifni amalayotga joriy etilishi natijasida 2025 yilda NKMK AJda Ilg‘or injenerlar maktabi tashkil qilindi. Ushbu maktabida 10 ta yo‘nalishda yiliga 1200 nafarga yaqin muhandis kadrlarni qayta tayyorlanadi va malakasini oshirishi belgilandi. Top menejment va o‘rta bo‘g‘indagi boshqaruv uchun zahira kadrlarni tayyorlash imkoniyati oshdi.
Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida raqamlashtirish (AI va Big Data asosida xodimlar faoliyatini tahlil qilish)ni yanada takomillashtirish asosida avtomatlashtirilgan kadrlar boshqaruvi (HCM – Human Capital Management) tizimini joriy etish taklifi NKMK” AJda faoliyati qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 6 yanvardagi 07/24-3-183-sonli ma'lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida “NKMK” AJda faoliyatida kadrlarni tanlash, hisobini yuritish, zaxirasini yaratish, baholash, o‘qitish va qayta tayyorlashni to‘liq raqamlashtirishni o‘z ichiga olgan yagona elektron platforma ishga tushirilgan. Buning hisobiga inson omilini kamaytirish, qog‘oz sarfini tejash bilan birga yiliga 52,0 mlrd.so‘mdan ortiq moliyaviy samaradorlik erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish