Aliev Paraxat Keunimjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari sanoatini innovatsion rivojlantirish sharoitida ta’lim va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3208.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat  ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  (PhD).03/30.01.2020.20.06.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sultanov Alisher Sabirjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida qurilish materiallari sanoatini innovatsion rivojlantirishda oliy ta’lim sohasida konsalting xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat;
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida konsalting xizmatlari samaradorligini baholash yondashuvi faoliyatni mintaqaviy-ijtimoiy samaraga ko‘ra mavjud ilmiy salohiyatdan foydalanish darajasi va muammoga yo‘naltirilganlikka ko‘ra ilmiy faoliyatni tashkil qilish asosida takomillashtirilgan;
qurilish materiallari sanoatining sinergetik samaraligiga ko‘ra mahalliy innovatsion portfellarni shakllantirish va soha korxonalarini innovatsion rivojlantirish dasturlarini realizatsiya qilishda oliy ta’lim muassasalari ishtirokida shartli innovatsion klasterni shakllantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqada muayyan ilmiy yo‘nalishlarga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari uchun bazaviy tashkilotlar tajribasini inobatga olgan holda konsalting xizmati bo‘yicha mutaxassislarni va innovatsion loyihalarga buyurtmachilarni jalb qilishda fakul`tet negizida konsalting faoliyatini tashkil etish modeli taklif qilingan;
iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari sanoatini innovatsion rivojlantirishning muhim indikatorlariga ko‘ra  ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2024-2028 yilgacha bo‘lgan davrdagi  prognoz qiymatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish materiallari sohasida ta’lim konsaltingi xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida konsalting xizmatlari samaradorligini baholash yondashuvi faoliyatni mintaqaviy-ijtimoiy samaraga ko‘ra mavjud ilmiy salohiyatdan foydalanish darajasi va muammoga yo‘naltirilganlikka ko‘ra ilmiy faoliyatni tashkil qilish asosida takomillashtirish taklifi qurilish materiallari texnologiyalari mutaxassisligi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil   12 dekabrdagi 02/01-01-140-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif konsalting xizmatlari iste’molchilarining uslubiy bilimlarini kengaytirishga, natijada ilmiy-ishlab chiqarishning sinergetik samaradoriligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
qurilish materiallari sanoatining sinergetik samaraligiga ko‘ra mahalliy innovatsion portfellarni shakllantirish va soha korxonalarini innovatsion rivojlantirish dasturlarini realizatsiya qilishda oliy ta’lim muassasalari ishtirokida shartli innovatsion klasterlarni shakllantirish bo‘yicha taklif asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va mintaqada joylashgan oliy ta’lim muassasalari ishtirokida shartli klastrlarga ko‘ra hamkorlik ishlari tashkil qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 1 noyabrdagi 03-07/01-3325 son ma’lumotnomasi). Taklif mintaqada tarmoq korxonalarining innovatsion faolligini oshirishga ko‘ra sinergetik samaraga erishish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada muayyan ilmiy yo‘nalishlarga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari uchun bazaviy tashkilotlar tajribasini inobatga olgan holda konsalting xizmati bo‘yicha mutaxassislarni va innovatsion loyihalarga buyurtmachilarni jalb qilishda fakul`tet negizida konsalting faoliyatini tashkil etish modeli qurilish materiallari texnologiyalari mutaxassisligi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 12dekabrdagi 02/01-01-140 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tashkilotlarda innovatsion loyiha-larga buyurtmachilar bilan ishlash darajasini o‘rta hisobda 6,0 %ga oshirish imkonini bergan;
iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari sanoatini innovatsion rivojlantirishning muhim indikatorlariga ko‘ra  ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2024-2028 yilgacha bo‘lgan davrdagi  prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan qurilish materiallari sanoati mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 1-noyabrdagi 03-07/01-3325 ma’lumotnomasi). Prognoz qiymatlari qurilish materiallari ishlab chiqarishning istiqboldagi rivojlanishi tendensiyalarini aniqlik darajasini oshirishga va rivojlanish strategiyasini takomillashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish