Xojaniyazova Seregul Paraxatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompotentligini shakllantirishda bulutli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (“Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fani misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped2608.
Ilmiy rahbar: Abilova Gulbaxar Jalgasbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Juraev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kayumova Nasiba Ashurovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliu ta’limda axborot  texnologiualarini kasbiu faoliuatda qo‘llash  fanini o‘qitishda talabalarining kasbiu kompetentligini  bulutli  texnologiualarini qo‘llash asosida shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    oliu ta’lim muassasalari talabalarining kasbiu kompetentligini shakllantirishda IT xizmatlarini tanlash va amalga oshirishda Google va veb 2.0 xizmatlarini tadbiq etishda  bulutli  texnologiualar tizimini qo‘llashi takomillashtirilgan.
    axborot  texnologiualarini kasbiu faoliuatda qo‘llash fanini o‘qitish metodikasi tarmoq dasturlaridan foudalanish va ularning funksionalligini  bulutli  texnologiualar va xizmatlardan foudalangan holda hal qilish uo‘llari asosida talabalarning kasbiu kompetentligini shakllantirishi takomillashtirilgan;
    oliu ta’lim muassasalari talabalarini “Axborot  texnologiualarini kasbiu faoliuatda qo‘llash” fanini o‘qitishda  bulutli  texnologiualarni foudalanish, ta’lim sifatini va o‘quv samaradorligini oshirishda har tomonlama bog‘liqligini proeksiualashning integratsiualashgan didaktik modeli takomillashtirilgan;
axborot  texnologiualarini kasbiu faoliuatda foudalanishning pedagogik usullari  bulutli  texnologiualar va teskari o‘rganish  texnologiualariga asoslangan Google Drive, Google Classroom va Google Sheesning pedagogik jarauoniga moslashtirilgan  texnologiualari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarning ta’lim jaroyonida bulutli texnologiyalarni qo‘llashda kasbiy kompetentligini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Oliy ta’lim muassasalari axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash ta’limida mutaxassislik fanlarini o‘qitishda ijodiy salohiyatni rivojlantiruvchi elektron axborot resurslari, o‘qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan integratsiyalashtirilgan o‘quv-metodik ta’minoti, o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli, raqamli ta’lim sharoitida fanlararo integratsiya, raqamli texnologiyalarning vizual vositalar tizimini yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan yondashuvlar, o‘quv yo‘nalishi fanlarini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan dasturi asosida ishlab chiqilgan multimediali elektron o‘quv-metodik majmua imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar I-XT-0-19929 “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 19-martdagi 2/14-2024-17-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha bo‘yicha tayyorlangan elektron resurslar mazmunini boyitish imkoni berilgan;
Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash fanini bulutli texnologiyalar asosida o‘qitishning didaktik modeli maqsadli, metodologik, jarayonli, baholovchi va samarali komponentlar asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar hamda interaktiv bulutli ta’lim, ulardan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash, bulutli texnologiyalar orqali o‘zlashtirgan bilimlarni mustahkamlash va o‘zini – o‘zi nazorat qilish imkoniyatlarini barqaror hisobga olish asosida rivojlantirishga oid takliflar “Bulutli texnologiyalar (Cloud komputing)” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 17 – iyundagi 314-son buyrug‘i; 314-57 raqamli guvohnoma). Natijada bulutli texnologiyalar ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan minglab serverlardan iborat bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida millionlab foydalanuvchilardan o‘n minglab dasturlarni ijaraga olishni ta’minlaydi. Bunday keng ko‘lamli infratuzilmaning samarasi avtomatik ravishda sotilishi kerak bo‘lgan eng yaxshi yo‘l bo‘lib, Internet resurslaridan foydalanishdan tashqari, provayderlar, ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uskunalaridan to‘liq foydalanishni ta’minlaydi;
universitetlarning axborot – resurs markazlaridagi va internet saytlaridagi mavjud o‘quv, ilmiy va metodik adabiyotlarni tahlil qilish orqali va innovatsion pedagogik, axborot kommunikatsion texnologiyalarni, treninglarni, didaktik o‘yinlarni va kreativ mashg‘ulotlarni qo‘llash asosida, talabalarning bulutli texnologiyalar bo‘yicha umumiy kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy – pedagogik aspektlarini aniqlashtirishga hamda “Bulutli texnologiya” bo‘limi mavzularini o‘qitishda talabalarning umumiy kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari, baholashning reproduktiv, produktiv, produktiv – ijodiy va ijodiy metodlaridan foydalangan holda takomillashtirishga va o‘qitish samaradorligini oshirishga oid tavsiya va takliflardan “Bulutli texnologiyalar (Cloud komputing)” fani bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun “Bulutli texnologiyalar (Cloud komputing)” nomli darsligining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 17 – iyundagi 314-son buyrug‘i; 314-57-raqamli guvohnoma). Natiyjada, mazkur darslik talabalarning bulutli texnologiyalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarining rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish