Nasirov Izzatilla Sunnat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ayollar residiv jinoyatchiligining oldini olishni takomillashtirish”, “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi” hamda “12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar)” ixtisosliklari bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu958.
Ilmiy rahbar: Xatamov Rustam Abdug‘anievich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Niyozova Salomat Saparovna, yuridik fanlar doktori, professor; Qalandarov Maqsud Maxmudovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ayollar residiv jinoyatchiligining muammolarini o‘rganish, tahlil qilish, ayollar residiv jinoyatchiligining oldini olishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayollarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga mazkur amaliyotdagi norasmiy to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibini joriy etish zarurati asoslantirilgan;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayollarni “ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida davlat hisobidan mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga tayyorlash hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish lozimligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayollarni tegishli tashkilotlardagi mavjud bo‘sh (vakant) hamda zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish ularni ijtimoiy reabilitatsiyasi
va jamiyatga moslashtirishning samarali natijasiga erishish mumkinligi isbotlangan;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayollarning bandlik holatini “Bandlik xizmati” va “Ijtimoiy moslashtirish markazlari” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali doimiy monitoring qilib borish tizimini joriy etish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayollar residiv jinoyatchiligining oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar(ayollar)ni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibini joriy etishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentyabrdagi “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 450-son qarorining 4-bandi birinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh Vazir kotibiyati axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 27-iyundagi 12/1-387-son ma’lumotnomasi). Mazkur tartib jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayollarni ishga qabul qilgan ish beruvchi tashkilotlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishiga xizmat qilgan;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar(ayollar)ni “ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida davlat hisobidan mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga tayyorlash hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentyabrdagi “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 450-son qarorining 4-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh Vazir kotibiyati axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 27-iyundagi 12/1-387-son ma’lumotnomasi). Mazkur tartib jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayollarni kasb-hunarga tayyorlash hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ulani ijtimoiy moslashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar(ayollar)ni tegishli tashkilotlardagi mavjud bo‘sh (vakant) hamda zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentyabrdagi “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 450-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh Vazir kotibiyati axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 27-iyundagi 12/1-387-son ma’lumotnomasi). Mazkur tartib jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayollarni mehnat bozorida munosib ish o‘rniga ega bo‘lish tizimini shakllanishiga xizmat qilgan;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayollarning bandlik holatini “Bandlik xizmati” va “Ijtimoiy moslashtirish markazlari” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali doimiy monitoring qilib borish tizimini joriy etishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentyabrdagi “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 450-son qarorining 6-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir kotibiyatining axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 27-iyundagi 12/1-387-son ma’lumotnomasi). Mazkur tartib jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayollarni bandlik holatini monitoring etib borish tizimini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish