Esenbaev Djanibek Tairovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasida ma’muriy-huquqiy boshqaruvini takomillashtirish masalalari”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Yu670.
Ilmiy rahbar: Kutibaeva Elizaveta Duysenbaevna yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq  davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinova Firyuza Abdurashidovna yuridik fanlar doktori, professor; Yuldashev Jahongir Xayitboevich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasida ma’muriy-huquqiy boshqaruvning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholi maskanlari va obektlarining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha namunaviy xavfsizlik pasportlarini tuzish, kelishish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablarini buzgan aybdor shaxslarga qonunda belgilangan tartibda javobgarlik qo‘llanilishi lozimligi asoslantirilgan;
“tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar” tushunchasining mazmun-mohiyatini qonunosti hujjatlarida yoritib berish zarurligi asoslantirilgan;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlikni amalga oshiruvchi, fuqaro muhofazasi xizmatlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, ushbu sohada normativ-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini ta’minlovchi davlat organi sifatida huquqiy maqomini qonunchilikda mustahkamlash zarurligi asoslantirilgan;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari va funksiyalari qatoriga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifa va funksiyalarini kiritish lozimligi  asoslantirilgan;
respublika darajasidagi favqulodda vaziyatlarning rejimlarini joriy etish yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligining Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi mumkinligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasida ma’muriy-huquqiy boshqaruvni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
aholi maskanlari va obektlarining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha namunaviy xavfsizlik pasportlarini tuzish, kelishish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablarini buzgan aybdor shaxslarga qonunda belgilangan tartibda javobgarlik qo‘llanilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2024-yil 15-maydagi 144-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Aholi punktlari va obektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlarini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi”gi Nizomning 19-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 yil 31 maydagi 5/4/13-1344 –sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi tegishli qonunchilik normalari talablarini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llashning huquqiy asoslari shakllantirilishiga xizmat qilgan;
“tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar” tushunchasining mazmun-mohiyatini qonunosti hujjatlarida yoritib berish zarurligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2024-yil 15-maydagi 144-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Aholi punktlari va obektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlarini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi”gi Nizomning 2-bandi oltinchi xat boshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 yil 31 maydagi 5/4/13-1344-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tushunchasining huquq qo‘llashda va amaliyotda to‘g‘ri talqin etilishiga xizmat qilgan;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlikni amalga oshiruvchi, fuqaro muhofazasi xizmatlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, ushbu sohada normativ-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini ta’minlovchi davlat organi sifatida huquqiy maqomini qonunchilikda mustahkamlash zarurligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 apreldagi PQ-4276-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risida»gi Nizomining 2-bandiga o‘zgarttirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 yil 20 iyundagi 5/4/13-1976-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlikni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi sifatida huquqiy maqomini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari va funksiyalari qatoriga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifa va funksiyalarini kiritish lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 apreldagi PQ-4276-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risida»gi Nizomining 12-13-bandlariga qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 yil 20 iyundagi 5/4/13-1976-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifa va funksiyalarining   qonunchilikda huquqiy mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
respublika darajasidagi favqulodda vaziyatlarning rejimlarini joriy etish yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligining Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 apreldagi PQ-4276-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risida»gi Nizomiga yangi norma kiritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 yil 20 iyundagi 5/4/13-1976-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi favqulodda vaziyatlar rejimida O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatining takomillashtirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish