Gulmurodova Shaxnoza Djuraevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za nihollarining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx759
Ilmiy rahbar: Sattarova Rano Kadirovna, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurat Sheriniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xoldorov Mirhalil O‘razbekovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Global iqlim o‘zgarishi sharoitida Toshkent viloyati g‘o‘za dalalarida nihol kasalliklari tarqalishi va zararini o‘rganish hamda ularga qarshi biologik va kimyoviy samarali kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor global iqlim o‘zgarishi sharoitida Toshkent viloyati tumanlarida g‘o‘za nihollarida tarqalgan bakteriya va zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan asosiy kasalliklarning turlari, tarqalishi va rivojlanishi aniqlangan;
g‘o‘zada kasallik qo‘zg‘atuvchi 2 ta olam (dunyo), 3 ta filum, 4 ta sinf, 5 ta tartib, 5 ta oila va 6 ta turkumga mansub 1 ta bakteriya va 6 ta zamburug‘ turlari aniqlangan, hamda Alternaria spp. zamburug‘i birinchi marta aniqlangan.
g‘o‘za navlarining nihol kasalliklariga chidamliligi aniqlanib, ildiz chirish bilan Namangan-77 navi 35%, Sulton navi 40%, C-6524 navi 42,5%, C-6541 navi 62,5%, C-6501 navi 67,5% va gommoz bilan Namangan-77 navi 45%, C-6524 navi 50%, C-6541 navi 52,5%, Sulton navi 60%, C-6501 navi 62,5% zararlangan hamda kasalliklarga navlar orasida Namangan-77 navi chidamli, C-6501 navi chidamsiz deb baholangan.
P.aeruginosa antagonist bakteriyasi 10% li kultural suyuqligi gommozga qarshi g‘o‘zaning C-6524 navida 60,5%, Sulton navida 57,7% biologik samaradorlik namoyon etib B.subtilis va B. megaterium antagonistlaridan yuqori biologik samaraga erishilishi aniqlangan.
Toshkent viloyati tuproq sharoitida ildiz chirish kasalligiga qarshi Kruiz Ekstra Original 362 g/l. sus.k., 91,6%, gommoz kasalliga qarshi Rekord 34% o.s., 93,0% hamda vertisillyoz so‘lish kasalligiga qarshi Fitosporin-M,j biologik preparati bilan ishlov berilganda 73,5% biologik samaradorlikka erishilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyati tuproq sharoitida g‘o‘za nihollarining bakteriya va zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“G‘o‘za nihollarining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-04-396-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomadan hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari va klasterlarda qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda;
g‘o‘zaning ildiz chirish va gommoz kasalliklariga qarshi chigitni ekishdan oldin Rekord 34% o.s. 5 l/t, Kruiz Ekstra Kotton 362 sus.k. 3,0 l/t, Kruzer Ekstra Xlopok 362 sus.k. 3 l/t, Vikruzer Ekstra 36,2% s.k. 3,0 l/t sarf me’yorlarida urug‘dorilagichlar bilan ishlov berish texnologiyasi Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida 1900 ga, Piskent tumanida 160 ga, Bo‘ka tumanida 130 ga, viloyat bo‘yicha jami 2190 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-04-396-son ma’lumotnomasi). Natijada, gommoz kasalligiga qarshi 93,2-96,8% biologik samaradorlikka erishilgan va paxtadan 2,5-3,5 s/ga, ildiz chirish kasalliligiga qarshi 86,3-91,6% biologik samaradorlikka erishilgan va 2,5-3,0 s/ga qo‘shimcha hosil olingan.
G‘o‘zaning vertisillyoz so‘lish kasalligiga qarshi urug‘lik chigitni Fitosporin-M,j 1,5 l/t, shonalashdan oldin 1,5 l/ga sarf me’yori, gommoz va ildiz chirish kasalliklariga qarshi chigitlarni ekishdan oldin Rekord 34% o.s. 5,0 l/t, Kruzer Ekstra Kotton 362 sus.k. 3,0 l/t hamda Kruizer Ekstra Xlopok 362 sus.k. 3,0 l/t sarf me’yorida qo‘llash uchun “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarning o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-04-396-son ma’lumotnomasi). Biologik preparatlardan g‘o‘zaning vertisillyoz so‘lish kasalligiga qarshi Fitosporin-M,j preparati ishlatilganda 73,5% biologik samaradorlikka erishilgan va nazoratga nisbatan 3,1 s/ga qo‘shimcha hosil olingan.