Irismetova Nodira Usmon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Daraxsimon aloe (Aloe arborescens Mill) dorivor o’simligini yomg‘ilatib va tomchilatib sug‘orish usullarida etishtirish texnalogiyalarini ishlab chiqish”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1242
Ilmiy rahbar: Shamsiev Akmal Sadirdinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Juraev Umid Anvarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Berdibaeva Dilfuza Bazarbaevna, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi daraxsimon aloe (Aloe arborescens Mill) dorivor o’simligini yomg‘ilatib va tomchilatib sug‘orish usullarida etishtirish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor daraxsimon aloe (Aloe arborescens Mill) dorivor o’simligi vegetativ organlaridan issiqxona sharoitida ko’chat tayyorlash hamda aloe o’simligini ochiq maydon va issiqxona sharoitida maxsus tuvakchalarda o’stirish uchun maqbul substrat tarkibi (tuproq (30%) + qum (20%) va chirigan go’ng (50%) aralashmasi (pH=8,35, ES - 0,63 ds/m)) va uning xususiyatlari (hajm massasi – 1,05 g/sm3, g‘ovakligi – 44,5 %, to’liq nam sig‘imi – 29,3 %, gumus miqdori – 0,91 %, harakatchan azot -24,0 mg/kg, fosfor – 33,7 mg/kg, almashinuvchi kaliy – 240,0 mg/kg) aniqlangan;
aloe dorivor o’simligini sun’iy substratlarda o‘stirish uchun ochiq maydonda (bahor-yoz oylarida) tomchilatib sug‘orishda sug‘orishlar soni oyiga 6-11, mavsum davomida 52 marta, bir martalik sug‘orish me’yori 200 g/tup, sug‘orishlar orasi 3-4 kun, yomg‘irlatib sug‘orishda sug‘orishlar soni oyiga 5-8, mavsum davomida 32 marta, bir martalik sug‘orish me’yori 500 g/tup, sug‘orishlar orasi 4-6 kun, issiqxona sharoitida (noyabr-aprel oylarida) tomchilatib sug‘orishda sug‘orishlar soni oyiga 4-5, mavsum davomida 26 marta, bir martalik sug‘orish me’yori 200 g/tup, sug‘orishlar orasi 6-7 kun, yomg‘irlatib sug‘orishda sug‘orishlar soni oyiga 2-4, mavsum davomida 20 marta, bir martalik sug‘orish me’yori 500 g/tup, sug‘orishlar orasi 8-17 kun bo’lishi maqbul ekanligi aniqlangan;
aloe dorivor o’simligining eng yuqori o’sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari tarkibida tuproq 30 % + qum 20 % + go’ng 50 % bo‘lgan substratlarda yomg‘irlatib sug‘orish usulida etishtirilganda kuzatilib, poya uzunligi – 59 sm, barglar soni – 30,7 dona/tup, barg uzunligi – 22,3 sm ni tashkil etgan holda, tomchilatib sug‘orilganga nisbatan mos ravishda 4,2 sm, 4,2 dona/tup va 2,9 sm yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
aloe dorivor o’simligining (4-yilgi o’simliklarda) eng yuqori yashil barg hosili (2,039 kg/tup) tarkibida tuproq 30 % + qum 20 % + go’ng 50 % bo‘lgan substratlarda yomg‘irlatib sug‘orish usuli bilan etishtirilgan o’simliklarda olinib, shira chiqishi 1927,8 g/tup yoki 95,9 % ni tashkil etgan holda, uning pH ko’rsatkichi 5,24, ES - 6,15 ms/sm va faol minerallar miqdori 3 g/l bo’lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Daraxsimon aloe (Aloe arborescens Mill) dorivor o’simligini yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish usullarida etishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
“Daraxsimon aloe (Aloe arborescens mill) dorivor o’simligini yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish usullarida etishtirish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-avgustdagi №05/06-04-387-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma hozirgi kunda qishloq xo’jaligi sohasining o’quv va ilmiy-ishlab chiqarish jarayonlarida, daraxsimon aloe dorivor o’simligini etishtiradigan erdan foydalanuvchilar hamda gulchilik bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar uchun ilmiy-uslubiy qo’llanma sifatida xizmat qilmoqda;
aloe dorivor o’simligini maxsus organik substrat (tuproq-30%, qum-20%, chirigan go’ng-50%) bilan to’ldirilgan tuvaklarda issiqxona (noyabr-aprel oylarida) va ochiq maydonda (bahor-yoz oylarida) tomchilatib hamda yomg‘irlatib sug‘orish usullarida etishtirish texnologiyalari Toshkent viloyati Qibray tumani “Qibray-Archa bog‘i” fermer xo’jaligi tarkibidagi 2000 m2 issiqxona va 3000 m2 ochiq maydonda joriy etilgan (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-avgustdagi №05/06-04-387-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ya’ni ochiq maydonda tomchilatib sug‘orish usulida sug‘orishlar soni oyiga 6-11, mavsum davomida 52 marta, bir martalik sug‘orish me’yori 200 g/tup, sug‘orishlar orasi 3-4 kun, yomg‘irlatib sug‘orishda oyiga 5-8 marta, mavsum davomida 32 marta, bir martalik sug‘orish me’yori 500 g/tup, sug‘orishlar orasi 4-6 kun bo’lishi, issiqxona sharoitida tomchilatib sug‘orishda sug‘orishlar soni oyiga 3-5, mavsum davomida 26 marta, bir martalik sug‘orish me’yori 200 g/tup, sug‘orishlar orasi 6-7 kun, yomg‘irlatib sug‘orish usulida sug‘orishlar soni oyiga 2-4, mavsum davomida 20 marta, bir martalik sug‘orish me’yori 500 g/tup, sug‘orishlar orasi 8-17 kun bo’lishi evaziga o’simlikning maqbul o’sishi-rivojlanishi, barg soni va barg sathining ko’payishi ta’minlanib, yomg‘irlatib sug‘orish usulida 2,04 kg/tup yashil barg hosili yoki 1,928 g/tup shira xomashyosi, tomchilatib sug‘orish usulida esa 1,850 g/tup yashil barg hosili yoki 1,720 g/tup barg shirasi xomashyosini olishga, yillik rentabellik darajasi mos ravishda 71,3 va 61,0 % bo’lishiga erishilgan;
aloe dorivor o’simligini maxsus organik substrat (tuproq 30%, qum 20%, chirigan go’ng 50%) bilan to’ldirilgan tuvaklarda issiqxona (noyabr-aprel oylarida) va ochiq maydonda (bahor-yoz oylarida) tomchilatib hamda yomg‘irlatib sug‘orish usullarida etishtirish texnologiyalari Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Boyovutda zahmatkash eri” fermer xo’jaligi tarkibidagi 2000 m2 issiqxona va 2000 m2 ochiq maydonda joriy etilgan (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-avgustdagi №05/06-04-387-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ya’ni ochiq maydonda tomchilatib sug‘orishda sug‘orishlar soni oyiga 7-10, mavsum davomida 45 marta, bir martalik sug‘orish me’yori 200 g/tup, sug‘orishlar orasi 3-4 kun, yomg‘irlatib sug‘orishda sug‘orishlar soni oyiga 6-7, mavsum davomida 30 marta, bir martalik sug‘orish me’yori 500 g/tup, sug‘orishlar orasi 4-6 kun bo’lishi, issiqxona sharoitida tomchilatib sug‘orishda sug‘orishlar soni oyiga 3-5, mavsum davomida 24 marta, bir martalik sug‘orish me’yori 200 g/tup, sug‘orishlar orasi 6-7 kun, yomg‘irlatib sug‘orish usulida sug‘orishlar soni oyiga 2-4, mavsum davomida 20 marta, bir martalik sug‘orish me’yori 500 g/tup, sug‘orishlar orasi 8-17 kun bo’lishi evaziga o’simlikning faol o’sishi-rivojlanishi, barg soni va barg sathining ko’payishi ta’minlanib, yomg‘irlatib sug‘orish usulida 1,76 kg/tup yashil barg hosili yoki 1,607 g/tup shira xomashyosi, tomchilatib sug‘orish usulida esa 1,670 g/tup yashil barg hosili yoki 1,610 g/tup barg shirasi xomashyosi olingan hamda tegishlicha 71,3 va 55,0 % yillik rentabellikka erishilgan.