Shapulatova Zumrat Jaxongirovna
fan doktori (DSc)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik xo‘jaliklarida buzoqlar virusli-bakterial infeksiyalarining tarqalishi, diagnostikasi va maxsus profilaktikasi”, 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi,  mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/V31
Ilmiy maslahatchi: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019 V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor; Xamdamov Xabibulo Ablakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor, Djavadov Eduard Djavadovich, akademik veterinariya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik xo‘jaliklarida buzoqlarning virusli-bakterial infeksiyalarining tarqalishini o‘rganish, diagnostika va maxsus profilaktika vositalari hamda usullarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston sharoitida ilk bor buzoqlarning nafas olish va ovqat hazm qilish organlari kasalliklarida virusli-bakterial pnevmoenterit qo‘zg‘atuvchilarining etiologik tarkibi aniqlangan;
buzoqlarda IRT, VD, PG-3, RSI RV va KVI ning tarqalishi, nafas olish va ovqat hazm qilish organlarining virusli hamda virusli-bakterial infeksiyalarining aralash  kechishi ilmiy asoslangan;
buzoqlarning virusli infeksiyalariga diagnoz qo‘yish uchun eritrositar diagnostikum takomillashtirilib, bilvosita gemagglyutinasiya reaksiyasi bilan aniqlash usuli ishlab chiqilgan va joriy etilgan;
birinchi marta buzoqlarning infeksion rinotraxeit, virusli diareya, paragripp-3, respirator sinsitial infeksiyalariga qarshi "Tetravir-4", virusli diareyasi, rota-, koronavirusli infeksiyasi, kolibakterioz va proteoziga qarshi “Enterovak – 5” vaksinalarini qo‘llash usuli, uning maqbul muddatlari, emlashlar soni va sxemasi ishlab chiqilgan;
“Enterovak-5” va “Tetravir-4” vaksinalarining emlangan hayvonlarning klinik holatiga, gematologik, biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan va biopreparatlarning zararsizligi isbotlangan;
virusli etiologiyali respirator kasalliklarning maxsus profilaktikasi samaradorligini oshirish uchun "Tetravir-4" tirik kultural vaksinani Bacillus subtilis lipopolisaxaridi (LPS) immunostimulyatori bilan birga qo‘llash usuli joriy etilgan;
buzoqlarning virusli-bakterial pnevmoenteritlarida tovuqlar transovarial immunoglobulinlari asosida maxsus tayyorlangan yangi veterinariya biopreparati “Enteroaviglob-2” ning terapevtik va profilaktik samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik xo‘jaliklarida buzoqlar virusli-bakterial infeksiyalarini tarqalishi, diagnostikasi va maxsus profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Respublikamiz fermer xo‘jaliklarida virusli etiologiyali respirator kasalliklarning profilaktikasi uchun tirik liofillangan vaksina va uni qo‘llash usuli ishlab chiqilgan va joriy etilgan (№FAP 20230327, №9 (282) 26.09.2024.) (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 24 oktyabrdagi 02/23-591-son ma’lumotnomasi). Natijada buzoqlarning virusli pnevmoenteritlarining maxsus oldini olishda 90-100 foiz samaradorlikka erishilgan;
buzoqlarning virusli diareya, rota- va koronavirusli infeksiyasi, kolibakterioz, proteoziga qarshi faolsizlantirilgan, assosiasiyalangan vaksina va uni qo‘llash usuli hamda uning maqbul muddatlari, emlashlar soni, sxemasi ishlab chiqilib, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarining  qoramolchilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (№ FAP 20230182. №9 (282) 26.09.2024.) (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 24 oktyabrdagi 02/23-591-son ma’lumotnomasi). Ushbu vaksinani qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lib, sarflangan 1 so‘m xarajatlar hisobiga  o‘rtacha 14,7 so‘m foyda olingan;
buzoqlarning virusli-bakterial etiologiyali respirator va oshqozon-ichak infeksiyalarini maxsus davolash va oldini olish vositalari hamda usullari ishlab chiqilgan (UZ IAP 7717. 25.06.2024, №6 (279)).  Bunda tovuqlarning transovarial immunoglobulinlariga asoslangan yangi “Enteroaviglob-2” preparatini qo‘llash joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 24 oktyabrdagi 02/23-591-son ma’lumotnomasi). “Enteroaviglob-2” preparatini buzoqlarga qo‘llashning terapevtik samarasi yuqori bo‘lib, iqtisodiy samaradorligi har bir sarflangan 1 so‘m xarajatlar hisobiga 11,8 so‘mni tashkil etgan;
Buzoqlarning virusli-bakterial oshqozon-ichak infeksiyalarini oldini olish va davolashda “Enteroaviglob-2” preparatini qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 24 oktyabrdagi 02/23-591-son ma’lumotnomasi). Natijada buzoqlar pnevmoenteritlarining oldini olishda samaradorlik 88,2%ni, davolash samaradorligi 90,5 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish