Allayarov Sherali Shamshievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bushuev zotli nasldor-spermodonor buqalar sperma mahsuldorligi va ulardan optimal xo‘jalik foydalanish muddatlarining ilmiy asoslari”, 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/QX1359
Ilmiy rahbar: Dosmuxamedova Muhayyo Husnitdinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.06/09.07.2020.Qx/V.117.01.
Rasmiy opponentlar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Kuchchiev Oxunjon Razzoqovich, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy- tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bushuev zotli nasldor-spermodonor buqalar sperma mahsuldorligi bo‘yicha xususyatlari va ulardan optimal xo‘jalik foydalanish muddatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor O‘zbekistonda bushuev va xorijiy zotlarga mansub nasldor buqalarning sperma mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini zotlar bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlari, ana’naviy usullarga nisbatan 45,2 ming doza yoki 24-26% ga ko‘proq sperma ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjudligi aniqlangan;
bushuev zotli nasldor buqalarga motsion yuklamalarini belgilashda boshqa xorijiy buqa zotlariga nisbatan 10-15% ga ko‘proq yuklama belgilash zaruriyati isbotlangan;
xorijiy zotli buqalarning eyakulyat yilning hajmi issiq mavsumlarida bahor fasliga nisbatan 0,5-0,7 ml yoki 19-30% ga pasayib, bushuev zotli buqalarda 0,1 ml yoki 15% atrofida, ya’ni, eng kam miqdorda kamayishi, hamda yil davomiga nisbatan barqaror saqlanib qolishi nazariy tomondan asoslangan;
bushuev zotli nasldor buqalar xorijdan keltirilgan buqa zotlariga nisbatan 2-3 yil ko‘proq, ya’ni har bir boshdan o‘rtacha 25-35 ming doza yoki 110-118% ko‘proq sperma olish mumkinligi aniqlangan;
mahalliy bushuev zotli buqalar uchun 2-7 yoshlik davri, ya’ni, 5 yil xo‘jalikga foydalanishning optimal muddati ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bushuev zotli nasldor-spermodonor buqalar sperma mahsuldorligi va ulardan optimal xo‘jalik foydalanish muddatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekistonda mahalliy bushuev zotli va xorijdan import qilingan nasldor buqalarning yoshi va yil fasllari bo‘yicha sperma mahsuldorlik ko‘rsatkichlari Naslchilik ilmiy ishlab-chiqarish markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2024 yil 5-avgustdagi 02/23-1763–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sperma ishlab chiqarish hajmi miqdor jihatidan o‘rtacha 22,2% ga, sifati 25% ga, rentabellik darajasi 14,9% tashkil qilgan;
nasldor buqalarning yoshi, yil fasllari va boshqa zot xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ulardan sperma ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar Naslchilik ilmiy ishlab-chiqarish markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2024 yil 5-avgustdagi 02/23-1763–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rtacha yillik ishlab chiqarilgan sperma qiymati jami 121,2 mln. so'mni, yoki 126% ni, rentabellik darajasi 14,9% tashkil etgan;
Tadqiqot natijalari Respublikamizning ekologik og‘ir Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani “Turon-Ravnaq-Baraka” fermer xo‘jaligida bevosita ishlab chiqarish sharoitida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2024 yil 5-avgustdagi 02/23-1763–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xo‘jalikda bushuev zotli duqalar spermasi bilan urugʻlantirish hajmi miqdor jihatidan avvalgi yillarga nisbatan o‘rtacha 22,2% ga, sifati 25% ga oshib, sperma sarfi 12-15%ga kamaygan. Olingan sperma mahsulotining urugʻlantirish darajasi 6-12% ga, rentabellik darajasi 14% ni tashkil qildi oshdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish