Rizaev Kamal Saidakbarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘tkir destruktiv pankreatit tashxisi va davosini takomillashtirish», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.1.DSc/Tib15.
Ilmiy maslahatchi: Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01
Rasmiy opponentlar: Starkov Yuriy Gennad`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murad Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.I.Djanelidze nomidagi Tez tibbiy yordam ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir destruktiv pankreatitni kompleks davolash natijalarini bemorlarni olib borishda optimal bosqichli ko‘p yo‘nalishli taktikani ishlab chiqish asosida yaxshilashdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mazkur ish dastlabki tadqiqotlardan biri bo‘lib, unda o‘tkazilgan tibbiy-ijtimoiy statistik tahlilga asoslangan holda O‘zbekiston Respublikasining turli hududlarida o‘tkir pankreatitning tarqalganligi, chastotasi va klinik kechish xususiyatlari aniqlangan;
birinchi bor O‘Pni davolash tajribasi umumlashtirilgan bo‘lib, unga asoslangan holda tashkil etilgan shoshilinch tibbiy yordam universal tizimi o‘zining maksimal samaradorligi va natijasi bilan «…O‘zbekistonning har bir fuqarosi, qaerda yashayotganligidan, moddiy imkoniyatlarining qandayligidan qat’iy nazar zarur standartdagi shoshilinch tibbiy yordamni olishi zarur» degan asosiy tamoyilni ro‘yobga chiqaradi;
o‘tkir pankreatitni kompleks tashxislash va uning og‘irligini baholashda klinik, laboratoriya, nur yordamida va uskunali usullarning samaradorligini tahlil qilish asosida o‘tkir pankreatitning patomorfologik shaklini hamda klinik kechish og‘irligini prognozlashning RShTYoIM sharoitlariga moslashtirilgan va modifikatsiyalangan usuli taklif etilgan;
turli xil tekshiruv usullari ma’lumotlarini korrelyasiyaviy tahlil qilish asosida o‘tkir pankreatit destruktiv shakllarining rivojlanish xavfini, uning og‘irlik darajasini, asoratlarini va letal oqibatlarini baholashning sifat va miqdor mezonlari aniqlangan;
O‘Pni davolashda turli usullarning samaradorligi baholangan va ularga ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan, kasallikning etiologiyasi va muddatlariga, destruktiv asoratlarning og‘irligi va ko‘lamiga ko‘ra xirurgik davolashni erta faollashtirishning maqsadga muvofiqligi aniqlangan;
o‘tkir pankreatitni kompleks davolashda turli davolash-taktik yondashuvlar va usullarni qo‘llash samaradorligini tahlil qilish natijalarini e’tiborga olgan holda xirurgik taktikaning ratsional algoritmlari ishlab chiqilgan va TO‘Pni jadal davolashning yagona bayonnomasi standartlashtirilgan;
katta duodenal so‘rg‘ichning tiqilgan toshlari zamirida O‘Pni davolash natijalarini tanqidiy tahlil qilish orqali, pankreatitning tegishli klinik, instrumental va laborator belgilari bo‘lmagan taqdirda ham biliar pankreatit rivojlanmasidan oldin endoskopik tekshirish va davolash muolajalarini o‘tkazish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘P og‘irligini va patsient holatini baholashning ishlab chiqilgan yangi usullarini, xirurgik taktika algoritmlarini va TO‘Pni jadal davolash bayonnomasini RShTYoIM amaliyotida keng qo‘llash erta o‘lim chastotasini 34,5 dan 16,1% gacha, yiringli asoratlarni 27,5 dan 16,1% gacha, kech o‘limni 20,9 dan 9,7% gacha va umumiy letallikni 55,2 dan 25,8% gacha pasaytirish imkonini berdi;
dissertatsiya ishining asosiy xulosalari va amaliy tavsiyalari Klinik ordinatorlarni tayyorlash “Xirurgiya” mikrotsikli bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmasida (2013), “Tarqalgan peritonitni kompleks davolash” uslubiy tavsiyalarda (2011) va “Qorin ichi gipertenziyasining diagnostikasi, davolash va profilaktikasi” Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot xatida o‘z aksini topdi va amaliyotga tatbiq qilindi. TO‘Pni taklif qilinayotgan algoritmlar va tamoyillarga binoan kompleks davolash joylardagi umumiy o‘lim ko‘rsatkichini 5,5-13,1 foizga kamaytirishga imkon berdi;
ishlab chiqilgan O‘Pli bemorlarni davolashga yondashuvlar RShTYoIM va uning hududiy filiallaridagi xirurgiya va reanimisiya bo‘limlarining davolash-diagnostika jarayoniga tatbiq qilingan bo‘lib (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 10 maydagi 8n-d/35-son xulosasi), buning natijasida O‘P va uning asoratlarida mamlakatimiz aholisiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordamning geografiyasini salmoqli kengaytirish va uning ochiqliligini oshirish imkonini berdi.