Egamov Duryod Yaxyo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion texnologiyalar yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish mexanizmi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7278.
Ilmiy rahbar: Xolmurodov Laziz Zarifboevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Aripov Yunus Yusupovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion texnologiyalar orqali darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantiruvchi maxsus mashqlar majmuasini hamda innovatsion raqamli texnologiyalarni qo‘llash hisobiga o‘quvchilar jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish mexanizmi optimallashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar dasturini to‘rtta metodik blokka (shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, modifikasiyalovchi, takomillashtiruvchi) jismoniy sifatlarga ta’siri bo‘yicha ajiratilgan holda qo‘llash hisobiga yuklamalarni maqsadli boshqarish imkoniyati oshirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash va funksional imkoniyatlarini oshirishga yo‘naltirilgan “LD TEST” innovatsion texnologiyasini ishlab chiqish hisobiga o‘quvchilarning darsdan tashqari mashg‘ular jarayonida tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari yaxshilangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda tezkorlik va chaqqonlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan “Life dinamic” mobil ilovasini ishlab chiqish hisobiga darsdan tashqari mashg‘ulotlarni mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligiga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilgan tadqiqot va pedagogik eksperiment natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash va funksional imkoniyatlarini oshirishga yo‘naltirilgan “LD TEST” innovatsion texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, 15-sonli IDUM boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 3-dekabrdagi 01/11-409-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning tezkorlik sifati 12,3% ga va chaqqonlik sifati 11,9% ga rivojlantirish darajasi yaxshilangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda tezkorlik va chaqqonlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan “Life dinamic” mobil ilovasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Samarqand viloyati, Toyloq tumani, 5-sonli umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning darsdan tashqari sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 3-dekabrdagi 01/11-409-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi
10,9% ga maxsus jismoniy tayyorgarligi 9,2% ga oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar dasturini jismoniy sifatlarga ta’siri bo‘yicha to‘rtta metodik blokka ajratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, 42-sonli umumta’lim maktab darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 3-dekabrdagi 01/11-409-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari 12,1% ga, oddiy harakat reaksiyasi 10,8% ga, murakkab harakat reaksiyasi 12,3%ga rivojlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantiruvchi maxsus mashqlar majmuasi ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati, Chirchiq shahar,
15-sonli IDUM boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 3-dekabrdagi
01/11-409-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning tezkor qaror qabul qilish 13,3% ga va jismoniy tayyorgarlik darajasi 14,7% ga yaxshilangan.