Abdullaev Alisher Shonazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ildiz- va tugunakmevalardan kukun olish energetik samarador texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.16–Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/T83.
Ilmiy maslahatchi: Nurmuxamedov Xabibulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Baxronov Xoshimjon Shoimovich, texnika fanlari doktori, professor; Artikov Askar Artikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekkimyomash zavodi» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ildiz- va tugunakmevalardan kukun olish energetik samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ildiz- va tugunakmevalardan bosimni bir zumda tushirish usuli bilan tozalash va pyure olishda suv bug‘i energiyasi ikki funksiyani (tozalash (yoki maydalash); namsizlanishni amalga oshirish) bajarishi isbotlangan;
bosimni bir zumda tushirishdan foydalangan holda tozalash va pyure olish, «qattiq jism–qattiq jism» turli jinsli aralashmani ajratish va qumoq materiallarni maydalashning boshlang‘ich xossalari va rejim parametrlari aniqlangan;
yaratilgan usulda tozalash jarayoni 20% gacha, qattiq aralashmani ajratish jarayoni 1,25 barobar, pyure olish jarayoni 4–5 barobar va maydalash jarayoni 70% jadallashishi isbotlangan;
bosimni bir zumda tushirish usuli bilan deformatsiya bo‘ladigan materiallarni tozalash samaradorligini, «qattiq jism–qattiq jism» tizimida ajratish gidrodinamikasi, ildiz mevaning tozalangan yadrosi pyuresini olish va namsizlanish, qumoq materiallarni maydalash darajasini aniqlash tenglamalari yaratilgan;
ildizmevalarni tozalash uchun bosimni bir zumda tushirish, turli jinsli qattiq aralashmalarni ajratish, uch fazali mavhum qaynash qatlamli, hamda tozalangan va ildiz meva xom yadrosidan pyure olish qurilmalarini hisoblashning muhandislik uslublari ishlab chiqilgan;
bosimni bir zumda tushirishdan foydalangan holda tozalash va pyure olish, uch fazali mavhum qaynash qatlamli qurilmada qattiq aralashmalarni ajratish va tezkor maydalashning noan’anaviy usuli va qurilmasi ishlab chiqilgan;
tozalash va pyure olish uchun bosimni bir zumda tushirish usulidan, deformatsiya bo‘ladigan ob’ektlarni ajratish va tezkor maydalash uchun uch fazali mavhum qaynash qatlamli qurilmadan foydalangan holda ildiz- va tugunakmevalardan oziq-ovqat kukunlarini olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ildiz- va tugunakmevalardan kukun olish energetik samarador texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qand lavlagi pyuresini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05529, 2018 y.). Natijada ildiz- va tugunakmevalardan oziq-ovqat pyuresi va qo‘shimchalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
topinambur tugunakini tozalash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05594, 2018 y.). Natijada topinambur tugunakini samarali tozalash imkonini bergan;
qattiq turli jinsli aralashmani fraksiyalarga ajratish uchun suyuqlik mavhum qaynash qatlamli qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 20140407, 2018 y.). Natijada qattiq turli jinsli aralashmani fraksiyalarga ajratish uchun suyuqlik mavhum qaynash qatlamli qurilmasini qo‘llash imkonini bergan;
ildiz- va tugunakmevalardan oziq-ovqat kukunini olish uchun ularni to‘liq tozalash, uch fazali mavhum qaynash qatlamida «qattiq jism–qattiq jism» turli jinsli aralashmalarni ajratish, qumoq materiallarni maydalash jarayonlarini o‘z ichiga olgan texnologiyaning texnik sharti «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts19594976-01:2013). Natijada texnologiyada to‘rtta jarayonni qisqartirish, xomashyo yo‘qotishlarini 8–13% ga kamaytirish imkonini bergan;
aseptik usulda konservalangan sabzavot pyurelariga texnikaviy shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts20155874-01:2016). Natijada ildiz- va tugunakmevalardan sanoat miqyosida kimyoviy tarkibi maksimal darajada saqlanib qolingan pyure olish imkonini bergan;
ildiz- va tugunakmevalarni tozalash va uch fazali mavhum qaynash qatlamida «qattiq jism–qattiq jism» aralashmasini ajratishga mo‘ljallangan qurilmalar «O‘zbekkimyomash zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi AJning 2018 yil 24 iyuldagi AS/05-2-1964-son ma’lumotnomasi). Natijada ildiz- va tugunakmevalarni tozalash jarayonni 20–25% intensivlash imkonini bergan;
yuqorida qayd etilgan jarayon va qurilmalar asosida oziq-ovqat sanoati uchun ildiz va tugunakmevalardan kukun olish texnologiyasi «To’raqorg’on Shirinlik Agro» ChK MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi AJning 2018 yil 24 iyuldagi AS/05-2-1964-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiy samaradorlikni 40–45% ga oshirish imkonini bergan.