Siroj Zarina Rustambekovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasi aholisining demografik jarayonlarini statistik tadqiqoti” 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi  roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2943
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc.29/30.12.2019.I.92.01.
        Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Baxtiyor Xalmuradovich iqtisodiyot fanlari doktori,   professor, Muxiddinov Xudayar Suyunovich iqtisodiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida demografik jarayonlarning rivojlanishini iqtisodiy-statistik baholash, ekonometrik modellarini tuzish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholining demografik jarayonlariga ta’sir qiluvchi omillar, mezonlar, tamoyillar va ko‘rsatkichlar hisobga olinib, ulardagi o‘zgarishlarni kompleks baholash maqsadida yig‘ma statistik ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilgan;
aholining demografik jarayonlarini hududiy tebranish va o‘zgaruvchanligi hisobga olinib, hududlarda ushbu tendensiyalarga ta’sir qiluvchi ichki omillar va tamoyillar baholanib, ilmiy yondashuvlar ishlab chiqilgan;
aholining tabiiy harakatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning to‘la holda statistik baholash maqsadida bir qator koeffisientlar (tug‘ilish, vafot etish, nikoh qurish va ajralish va boshqalar) tuzishning uslubiy jihatlari asoslanib, axborotlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
global va yoshni siljitish kabi demografik prognoz usullarini  qo‘llagan  holda O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga tatbiq etildi:
aholining demografik jarayonlariga ta’sir qiluvchi omillar, mezonlar, tamoyillar va ko‘rsatkichlar hisobga olinib, ulardagi o‘zgarishlarni kompleks baholash maqsadida yig‘ma statistik ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilib, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 10 oktyabrdagi 01/00-03/10-10365-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar milliy demografik ko‘rsatkichlarning hisobini yuritish, demografik jarayonlarni tavsiflovchi statistik ko‘rsatkichlar tarkibini kengaytirishga imkon yaratgan;
aholining demografik jarayonlarini hududiy tebranish va o‘zgaruvchanligi hisobga olinib, hududlarda ushbu tendensiyalarga ta’sir qiluvchi ichki omillar va tamoyillar baholanib, ishlab chiqilgan ilmiy yondashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 10 oktyabrdagi 01/00-03/10-10365-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar hududlarni demografik holatini statistik usullar orqali kompleks tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytirgan;
aholining tabiiy harakatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning to‘la holda statistik baholash maqsadida bir qator koeffisientlar (tug‘ilish, vafot etish, nikoh qurish va ajralish va boshqalar) tuzishning uslubiy jihatlari asoslanib, axborotlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 10 oktyabrdagi 01/00-03/10-10365-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda milliy demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va tarkibini kengaytirish imkoniyati yaratilgan.
global va yoshni siljitish kabi demografik prognoz usullarini  qo‘llagan  holda O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 10 oktyabrdagi 01/00-03/10-10365-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari demografik barqarorlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish