Abdiev Sherzod Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Nospesifik spondilitlarni diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3060.
Ilmiy rahbar: Sattorov Alisher Raximovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Shatursunov Shaxaydar Shaalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nazirov Primkul Xujamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot sifatida tavsiya etiladi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nospesifik spondilit bilan og‘rigan bemorlarda erta tashxislash va xirurgik davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
taklif etilgan nospesifik spondilitlarni diagnostika va davolash taktikasi tashxislash muddatini 12.5 kungacha qisqartirishi xamda adekvat jarroxlik amaliyoti turini tanlash orqali kasallikning Frenkel` bo‘yicha asoratlangan A,V,S shakllarini kamaytirishi isbotlangan;
nospesifik spondilitlarni differensial diagnostikasida va selektiv antibiotikoterapiyada taklif etilgan perkutan trepan-aspiratsion biopsiyaning samaradorligi yuqori bo‘lib, bunda aniqlangan qon tomirlar obliteratsiyasi va sklerotik angiomatoz kabi morfologik o‘zgarishlar jarroxlik amaliyoti uchun ko‘rsatma bo‘la olishi isbotlangan;
nospesifik spondilitning E. Pola tasnifi bo‘yicha “A” va “V” tiplarini xirurgik davolashda an’anaviy old-yonbosh yondashuviga ko‘ra taklif etilgan orqa-o‘rta yondashuvning afzalligi isbot qilingan, bunda xirurgik amaliyotning kam jaroxatliligi, surunkali og‘riqlikning yo‘qolishi, umurtqa pog‘onasi tayanch faoliyatining tiklanishi asoslangan;
nospesifik spondilitning E.Pola tasnifi bo‘yicha “S” tiplarini xirurgik davolashda Pyromesh+BoneGraft orqali spondilodez xamda vint-sterjenli ventral fiksatsiya amaliyotining qo‘llanilishi surunkali og‘riqlardan xalos bo‘lishga, amaliyotdan keyingi reabilitatsiya davrining qisqarishiga, spondilodez jarayonining mustahkam bo‘lib, umurtqa pog‘onasining tayanch faoliyatini tez tiklanishiga olib kelishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Uzbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 09/16-son 26.11.2024 yildagi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan nospesifik spondilitlarni diagnostika va davolash taktikasi tashxislash muddatini 12.5 kungacha qisqartirishi xamda adekvat jarroxlik amaliyoti turini tanlash orqali kasallikning Frenkel` bo‘yicha asoratlangan A,V,S shakllarini kamaytirishi isbotlangan, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, Samarqand viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi (10.02.2024y.; №23), Buxoro viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida (05.04.2024y.; №30) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nospesifik spondilit bilan kasallangan bemorlarga erta va to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkoniyatini yaratib, adekvat davolash taktikasini tanlashda yuqori ahamiyat kasb etib, o‘z navbatida shu patologiyani davolashdan keyingi samaradorlikni oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nospesifik spondilit kasalligi bilan og‘rigan bemorlar 2-4 oy o‘rtacha – 3,0 oy o‘tkazib, tashxis qo‘yilgani adabiyotlardan ma’lum bo‘lib, bu tavsiya qilingan dasturning amaliyotga qo‘llanilishi tashxis qo‘yish muddatini 10-15 kungacha qisqartirdi, xamda taqqoslash uchun klinik ko‘ruv, rentgenologik, MSKT yoki MRT tekshiruv usullaridan har oyda 1 marta qilingan bo‘lsa (jami 750 ming so‘m), bu tekshiruvlarni 1 marta o‘tkazish etarli bo‘ldi ya’ni biz taklif etgan dasturdan foylanish yordamida tekshiruvlar sonini ikkitagacha ya’ni klinik va rengenologik tekshiruvlargacha qisqartirishga imkon berdi (jami 250 ming so‘m). Xulosa: nospesifik spondilit bilan kasallangan bemorlarni davolashda nospesifik spondilitlarni tashxis qo‘yish uchun va davolash yo‘nalishlarini tanlash uchun dasturdan foydalanish natijasida tekshiruvlar sonini qisqarishiga olib keldi va bu bemorni tibbiy diagnostika jarayonida 500 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: nospesifik spondilitlarni differensial diagnostikasida va selektiv antibiotikoterapiyada taklif etilgan perkutan trepan-aspiratsion biopsiyaning samaradorligi yuqori bo‘lib, bunda aniqlangan qon tomirlar obliteratsiyasi va sklerotik angiomatoz kabi morfologik o‘zgarishlar jarroxlik amaliyoti uchun ko‘rsatma bo‘la olishi isbotlangan (Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvoxnoma №DGU42172, 25.08.2024), Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, Samarqand viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi (10.02.2024y.; №23), Buxoro viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida(05.04.2024y.; №30) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nospesifik spondilitlarni davolashda morfologik va bakteriologik tashxisotida trepan-aspiratsion biopsiyaning qo‘llanilishi tashxislash va davolash jarayonini engillashtiradi, bemorda diagnostika va davolash uchun qo‘llaniladigan muolajalarni turi, sonini qisqartiradi, aniq tashxis qo‘yish va davolashning to‘g‘ri yo‘lini tanlashda yordam beradi, bemorda kasallik qo‘zg‘atuvchining turiga qarab, antibakterial dori tanlash, amaliyotgacha va undan keyin 1,5-2,0 oy mobaynida tanlangan antibiotik bilan davolashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nospesifik spondilitni aniq tashxis qo‘yish va davolash usulini to‘g‘ri tanlash uchun ilgari ochiq biopsiya yoki radikal jarrohlik amaliyoti bajarilib, olingan patologik material tekshirilib, davo taktikasi belgilangan bo‘lib, trepan-aspiratsion biopsiyaning qo‘llanilishi dignoz qo‘yishni o‘rtacha 7 kunga qisqartirib, adekvat davoni boshlash imkonini berib, o‘rtacha har bir bemorga 2100000 so‘mdan iqtisod qildi. Xulosa: nospesifik spondilitlarni davolashda morfologik va bakteriologik tashxisotida trepan-aspiratsion biopsiyaning qo‘llanilishi Respublikada yiliga 1680000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: E. Pola tasnifi bo‘yicha “A” va “V” toifadagi nospesifik spondilitlarni jarrohlik usulida davolashda orqa-o‘rta kesimli BoneGraft +TPF uslubining samaradorligi, amaliyotning kam jarohatliligi, surunkali og‘riqning bo‘lmasligi, umurtqa pog‘onasi tayanch faoliyatining tiklanishi asoslanganligi (Intellektual mulk agentligi tamonidan berilgan patent № FAP02374, 07.07.2022, uslubiy tavsiyanoma, RITOIATM ekspert kengashi, №25/01 2024) Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, Samarqand viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi (10.02.2024y.; №23) va Buxoro viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazida (05.04.2024y.; №30) tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nospesifik spondilit bilan og‘rigan bemorlarga tashxis qo‘yishda va davolashda tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanomaning qo‘llanilishi bemorlarga erta tashxis qo‘yish va adekvat davo choralari, shu jumladan zamonaviy jarrohlik amaliyotlarining amaliyotga tadbiq etilishi kasallikka erta tashxis qo‘yish, kasallik va uning asoratlarini bartaraf etish imkonini berdi, hamda buning natijasida bemorlarning erta yurishiga, jarroxlik amaliyotidan keyin reabilitatsiya muolajalarini erta boshlashga, residiv va asoratlarning kamayishiga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nospesifik spondilit bo‘lgan bemorlarda tashxis qo‘yish ilgari 2-4 oyga cho‘zilgan bo‘lsa, tavsiyanomaning qo‘llanilishi natijasida o‘rtacha 12,5 kunni tashkil qildi, old-yonbosh kesimli autosuyakli spondilodezlangan amaliyotlardan keyin bemorlar 60 kun qat’iy yotoq rejimida bo‘lgan bo‘lsa, orqa-o‘rta kesimli BoneGraf+TPF o‘tkazilgan amaliyotlardan keyin bemorlarni 10 kunda o‘rnidan turg‘azish imkoni yaratildi va kuniga 300 ming o‘rin uchun+100 ming kundalik xarajatlar uchun jami 400 ming iqtisod qilindi. Xulosa: nospesifik spondilit bilan og‘rigan bemorlarga tashxis qo‘yishda va davolashda tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanomaning qo‘llanilishi shifoxonaga yotib davolanish uchun sarf qilinadigan xarajatlarni har bir bemor uchun 20000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: nospesifik spondilitni jarrohlik usulida davolashda old-yonbosh kesimli Pyromesh+BoneGraft+vint-sterjen bilan fiksatsiyalash amaliyotini E. Pola tasnifi bo‘yicha “S” toifadagi bemorlarda qo‘llagandan keyin davomli-surunkali og‘riqlarning bo‘lmasligi, amaliyotdan keyingi reabilitatsiya davrining qisqa ekanligi, o‘tkazilgan segmentda adekvat spondilodez jarayonining mustahkam bo‘lib, umurtqa pog‘onasining tayanch faoliyatining tez tiklanishi kabi yuqori samaradorligi isbotlangan, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, Samarqand viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi (10.02.2024y.; №23), Buxoro viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida (05.04.2024y.; №30) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nospesifik spondilitlarni davolashda old-yonbosh kesimli titan piramesh+BoneGraf+vint-sterjenli fiksatsiyalash jarrohlik amaliyotining qo‘llanilishi bu toifadagi bemorlarda kasallikning tuzalishiga, asoratlarning va nogironlikning kamayishiga, hamda umurtqa pog‘onasining tayanch faoliyatining tiklanishiga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nospesifik spondilitlarni davolashda old-yonbosh kesimli titan piramesh+BoneGraf+vint-sterjenli fiksatsiyalash jarrohlik amaliyotining qo‘llanilishi amaliyotdan keyin 15 kundan so‘ng bemorni turg‘azish imkonini berdi va old-yonbosh kesimli autosuyakli spondilodezlash amaliyoti o‘tkazilgan bemorlar 60 kun yotoq rejimida bo‘lgan bo‘lib, 45 kunga yotoq kunining qisqarishiga ya’ni har bir bemorga 13500000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: nospesifik spondilitlarni davolashda old - yonbosh kesimli titan piramesh+BoneGraf+vint-sterjenli fiksatsiyalash jarrohlik amaliyotining qo‘llanilishi Respublika bo‘yicha 10800000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.