Xidirova Barchinoy Ilxomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ausorsingi xizmatlarini takomillashtirish (“O‘zbektelekom” AK misolida)”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2832.
Ilmiy rahbar: Tursunov Sherzod Abdukodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismoilov Xusan Maxammadqosim o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ausorsingi xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ausorsing xizmatlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tashkilot yoki kompaniya o‘zining ayrim vazifa va jarayonlarini mustaqil tomonlarga, yaʼni tashqi ixtisoslashgan kompaniyalarga topshirish amaliyoti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari (tashkiliy, texnik) va tamoyillarini, xalqaro talablar va qoidalarni hisobga oluvchi milliy axborot mahsuloti va xizmatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ausorsingidan foydalanish nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
“O‘zbektelekom” AKda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘lamini oshirish va raqamlashtirishning yangi dasturiy vositalarini joriy etish uchun qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi “IT-ausorsingdan foydalanish bo‘yicha tashkiliy tuzilmasi”ni yo‘lga qo‘yish asosida takomillashtirilgan;
“O‘zbektelekom” AKda IT-ausorsingdan foydalanish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda korxonaning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarini ko‘rsatishni iqtisodiy jihatdan optimallashtirishga ixtisoslashgan kichik guruhlar faoliyatini tashkil etish taklifi asoslangan;
raqobat sharoitida ichki va tashqi muhit omillarini kompleks tahlil qilgan holda korxonalar faoliyatini raqamlashtirishda raqamli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, raqamli rivojlanish indikatorlarini hamda moliyalash vositalarni hisobga olgan xolda “O‘zbektelekom” AKning 2030-yilga qadar xizmat ko‘rsatish hajmining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ausorsingi xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ausorsing xizmatlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tashkilot yoki kompaniya o‘zining ayrim vazifalarini mustaqil tomonlarga, yaʼni tashqi ixtisoslashgan kompaniyalarga topshirish amaliyoti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari (tashkiliy, texnik) va tamoyillarini, xalqaro talablar va qoidalarni hisobga oluvchi milliy axborot mahsuloti va xizmatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ausorsingidan foydalanish nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy – uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Raqamli iqtisodiyot” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi kengashning 2024 yil, 26 apreldagi 5-sonli bayonnomasi, №5-93). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida talabalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari (tashkiliy, texnik) va tamoyillarini, xalqaro talablar va qoidalarni hisobga oluvchi milliy axborot mahsuloti va xizmatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ausorsingidan foydalanish nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “ausorsing xizmatlari” tushunchasi yuzasidan yangi nazariy bilimlarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
“O‘zbektelekom” AKda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘lamini oshirish va raqamlashtirishning yangi dasturiy vositalarini joriy etish uchun qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi “IT-ausorsingdan foydalanish bo‘yicha tashkiliy tuzilmasi”ni yo‘lga qo‘yish asosida takomillashtirish taklifi “O‘zbektelekom” AKning “Telekommunikatsiya tarmoqlarini istiqbolli rivojlantirish” bo‘limi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2024-yil 25-noyabrdagi №27-03-23/3918-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish asosida “O‘zbektelekom” AKning tomonidan 2023-yilda 25 dan ortiq loyihalari ausorsing kompaniyalari tomonidan bajarilgan va natijada telekommunikatsiya sohalaridagi xarajatlari 0,7 foizga qisqargan;
“O‘zbektelekom” AKda IT-ausorsingdan foydalanish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda korxonaning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarini ko‘rsatishni iqtisodiy jihatdan optimallashtirishga ixtisoslashgan kichik guruhlar faoliyatini tashkil etish taklifi “O‘zbektelekom” AKning “Telekommunikatsiya tarmoqlarini istiqbolli rivojlantirish” bo‘limi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2024-yil 25-noyabrdagi №27-03-23/3918-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish asosida “O‘zbektelekom” AKning ausorsing kompaniyalarni tanlash bo‘yicha aniq mexanizmi yaratilib, ausorsingdan foydalanish risklarini kamayishga erishilgan;
raqobat sharoitida ichki va tashqi muhit omillarini kompleks tahlil qilgan holda korxonalar faoliyatini raqamlashtirishda raqamli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, raqamli rivojlanish indikatorlarini hamda moliyalash vositalarni hisobga olgan xolda “O‘zbektelekom” AKning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan xizmat ko‘rsatish hajmining prognoz parametrlari “O‘zbektelekom” AKning Axborot texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasining “Innovatsiyalar va axborot tizimlarini tatbiq etish” bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2024-yil 25-noyabrdagi №27-03-23/3918-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz parametrlaridan foydalanish asosida “O‘zbektelekom” AK raqamli transformatsiya va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.