Muxtarova Shaxnoza Shokirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qandli diabet 2-turi va yurak etishmovchiligining turli fenotiplari bilan og‘rigan bemorlarda natriy-glyukoza kotransportyorining 2-toifasi ingibitorlarini qo‘llash” 14.00.03 – Endokrinologiya va 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2382.
Ilmiy rahbarlar:, [Ismailov Saydiganixodja Ibragimovich], tibbiyot fanlari doktori, professor; Trigulova  Raisa Xusainovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019. Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamardinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chap qorincha otish fraksiyasi saqlangan va o‘rtacha pasaygan, qandli diabet 2-tur bor bemorlarda natriy-glyukoza kotrasportyorining 2-toifasi ingibitorlari samaradorligining prognostik ko‘rsatkichlari ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chap qorincha otish fraksiyasi saqlangan YuIK va QD 2-turi bo‘lgan bemorlarda yurak etishmovchiligi mavjudligi ehtimolini differensiatsiya qilish imkonini beruvchi: postprandial glikemiya hissasi, gipertrigliseridemiya dinamakasi, chap bo‘lmacha hajmi va chap qorincha miokard massasi kabi kengaytirilgan parametrlar aniqlangan;
chap qorincha otish fraksiyasi saqlangan va o‘rtacha pasaygan YuIK va QD 2-turi bemorlarida HbA1c darajalarining S-reaktiv oqsil, interleykin-6, apo-A1 va apo-V, umumiy KFK, intima-media qalinligi, chap bo‘lmacha hajmi indeksi, chap qorincha miokardi massasi parametrlariga bog‘liqligi asoslangan;
ilk bor matematik mantiqdan foylanib,  chap qorincha otish fraksiyasi saqlangan, YuIK va QD 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda 6 oy davomida takroran kasalxonaga yotqazish bo‘yicha o‘rganilgan belgilar mohiyati tahlil etilib, xavf-omillaridan: yallig‘lanishga qarshi (interleykin-6, S-reaktiv oqsil), och qoringa glikemiya, koptokcha fil`tratsiya tezligi, umumiy xolesterinni xavf-stratifikatsiyasiga ta’sir qiladigan prognostik ahamiyati aniqlangan;
ilk bor empagliflozinni boshqa antigiperglikemik preparatlar bilan birgalikda qo‘llashning diastolik disfunksiyani yaxshilanishi (E/A, e`average, E/e′) bog‘liqligida va HbA1s maqsadli darajasiga erishishni tartibga solish  HbA1s darajalari taqsimotining tarkibiy tuzilmasidan va postprandial giperglikemiya, gipertrigliseridemiya, NT-proBNP va S-reaktiv oqsil darajalari bilan ahamiyati asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
qandli diabet 2-turi va yurak etishmovchiligining turli fenotiplari bilan og‘rigan bemorlarda natriy-glyukoza kotransportyorining 2-toifasi ingibitorlarini qo‘llash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi  ilmiy yangilik: chap qorincha otish fraksiyasi saqlangan YuIK va QD 2-turi bo‘lgan bemorlarda yurak etishmovchiligi mavjudligi ehtimolini differensiatsiya qilish imkonini beruvchi: postprandial glikemiya hissasi, gipertrigliseridemiya dinamakasi, chap bo‘lmacha hajmi va chap qorincha miokard massasi kabi kengaytirilgan parametrlar aniqlanganligi Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 02.05.2024-yildagi 95-sonli va Buxoro viloyati endokrinologiya dispanserining 03.05.2024-yildagi 81-sonli buyruqlari hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filialining 02.05.2024-yildagi 34-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shifokorlarning glikirlangan gemoglobinning yurak etishmovchiligi mavjudligi ehtimoli va takroran kasalxonaga yotqizish xavfiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar, xususan, QD staji, empagliflozin qabul qilish, yallig‘lanishga qarshi markerlar va ChQDD parametrlari ta’siri bilan aloqasi va roli to‘g‘risidagi bilimlarini oshirishida ifodalanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: chap qorincha otish fraksiyasi saqlangan QD 2-turi bemorlarida  yurak etishmovchiligi ehtimolini NGLT-2 ingibitorlarini muntazam qabul qilish fonida, glikirlangan gemoglobin ko‘rsatkichlarini inobatga olib aniqlash kasallikning remissiyalashuvi va yurak-qon tomir tizimi asoratlarining kamayishiga olib kelishi mumkin. Xulosa: bemorlarning laboratoriya-instrumental tekshiruvlar va shifoxonaga yotish bilan bog‘liq harajatlari sezilarli darajada kamayadi.
ikkinchi  ilmiy yangilik: chap qorincha otish fraksiyasi saqlangan va o‘rtacha pasaygan YuIK va QD 2-turi bemorlarida HbA1c darajalarining S-reaktiv oqsil, interleykin-6, apo-A1 va apo-V, umumiy KFK, intima-media qalinligi, chap bo‘lmacha hajmi indeksi, chap qorincha miokardi massasi parametrlariga bog‘liqligi asoslanganligi Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 02.05.2024-yildagi 95-sonli va Buxoro viloyati endokrinologiya dispanserining 03.05.2024-yildagi 81-sonli buyruqlari hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filialining 02.05.2024-yildagi 34-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turli YuE fenotiplariga ega, YuIK va QD 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning noxush kechishi hamda takroran shifoxonaga yotqizish xavfi bo‘yicha aniqlangan prediktorlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan shkala ahamiyati va qo‘llash samaradorligi undan turli kuzatuv davrlarida foydalanish natijalari bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: turli YuE fenotiplari mavjud YuIK va QD 2-turi bemorlarida takroran shifoxonaga yotqizish xavfini o‘z vaqtida aniqlashda umumlashtirilgan algoritmning integral prognoz shkalasidan foydalanish takroran shifoxonaga yotqizish bilan bog‘liq qo‘shimcha harajatlarni tejashi mumkin. Laboratoriya-insturmental tashxislash algoritmidan foydalangan holda ishlab chiqilgan shkalani qo‘llash takroran shifoxonaga yotqizish ehtimolini terapiyani optimallashtirish hisobiga qisqartirishga imkon beradi, bu esa Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bemorda harajatlari sezilarli darajada tejab qolishga olib keladi. Xulosa: otish fraksiyasi saqlangan YuIK va QD 2 bemorlarida takroran shifoxonaga yotqizish xavfini baholash uchun ishlab chiqilgan shkala har bir bemorda byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor matematik mantiqdan foylanib,  chap qorincha otish fraksiyasi saqlangan, YuIK va QD 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda 6 oy davomida takroran kasalxonaga yotqazish bo‘yicha o‘rganilgan belgilar mohiyati tahlil etilib, xavf-omillaridan: yallig‘lanishga qarshi (interleykin-6, S-reaktiv oqsil), och qoringa glikemiya, koptokcha fil`tratsiya tezligi, umumiy xolesterinni xavf-stratifikatsiyasiga ta’sir qiladigan prognostik ahamiyati aniqlanganligi Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 02.05.2024-yildagi 95-sonli va Buxoro viloyati endokrinologiya dispanserining 03.05.2024-yildagi 81-sonli buyruqlari hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filialining 02.05.2024-yildagi 34-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Qandli diabet 2-turi va YuIK bemorlarida kasallikning klinik kechishi va o‘tkazilayotgan tadqiqotni inobatga olib, yurak etishmovchiligi ehtimolidan qat’iy nazar, faqat och qorin glikemiyasi parametrlarini emas, balki kasallik kechishini prognoz qilishda muhim hisoblangan  yallig‘lanishga qarshi markerlar, KFT, UX ko‘rsatkichlari, QD 2 staji  va diastolik disfunksiya parametrlarini ham baholash zarur. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ChQ OF o‘rtacha pasaygan va saqlangan YuIK va QD 2-turi bemorlarida bazaviy kardiologik terapiya fonida empagliflozinni qand miqdorini pasaytiradigan boshqa preparatlar bilan birga muntazam qabul qilish orqali maqsadli HbA1c darajasining 8% dan past qiymatiga erishishda  aniqlangan noxush prognostik markerlar, xususan, diastolik disfunksiyaning tartibga tushishi kuzatiladi, bu esa takroran gospitalizatsiya qilish miqdorining pasayishiga olib keladi. Ishlab chiqilgan usulni amaliyotda qo‘llash ChQ OF saqlangan va o‘rtacha pasaygan QD 2 bemorlarida mablag‘larini tejab qolishga imkon beradi. Xulosa: ilmiy innovatsiyalardan yanada keng ko‘lamda foydalanish: ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatiga tadbiq etish uchun ekspertlar kengashining 1-may 2024-yildagi № 03/259-sonli xulosasi asosida «YuIK va QD-2 bemorlarida takroran shifoxonaga yotqizish xavfini yurak etishmovchiligi ehtimolidan kelib chiqib baholash» mavzusidagi uslubiy tavsiyalar tasdiqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor empagliflozinni boshqa antigiperglikemik preparatlar bilan birgalikda qo‘llashning diastolik disfunksiyani yaxshilanishi (E/A, e`average, E/e′) bog‘liqligida va HbA1s maqsadli darajasiga erishishni tartibga solish  HbA1s darajalari taqsimotining tarkibiy tuzilmasidan va postprandial giperglikemiya, gipertrigliseridemiya, NT-proBNP va S-reaktiv oqsil darajalari bilan ahamiyati asoslangani Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 02.05.2024-yildagi 95-sonli va Buxoro viloyati endokrinologiya dispanserining 03.05.2024-yildagi 81-sonli buyruqlari hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filialining 02.05.2024-yildagi 34-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot va olingan natijalarning ilmiy ahamiyati, shuningdek, ChQ OF turlicha YuIK va QD 2-turi bemorlarini ishlab chiqilgan shkalani qo‘llash orqali koordisinatsiya qilish natijadorligi va empagliflozin –NGLT-2 ingibitoridan muntazam foydalanilganda gemodinamika, lipid spektri va diastolik disfunksiya parametrlarining ijobiy dinamika kasb etishida namoyon bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Turli YuE fenotipi mavjud YuIK va QD 2 bemorlarining bazaviy kardiologik va antigiperglikemik terapiya fonida NGLT ingibitorlarining yangi sinfiga mansub empagliflozin preparatini o‘z vaqtida muntazam qabul qilishi, YuE ehtimolining past ekani nuqtai nazaridan olganda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u HbA1c maqsadli qiymatlarining barqarorlashishi bilangina emas, balki, klinik holatning yaxshilanishi, shuningdek, noxush kechayotgan kasallikning muayyan metabolik va gemodinamik markerlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan kechadi. QD 2 va YuIK bemorlarining takroran shifoxonaga yotqizish xavfini ChQ OF ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib prognozlash shkalasidan oqilona foydalanish o‘tkazilayotgan terapiyani optimallashtirishga imkon beradi va takroran shifoxonaga yotqizish zaruratini bartaraf etadi. Xulosa: yurak etishmovchiligining turli fenotiplari bo‘lgan QD 2 va YuIK bemorlarida takroran shifoxonaga yotqizish xavfini prognoz qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan shkaladan foydalanish samaradorligini oshirish bemordan mablag‘larini tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish