Xodjaeva Nozima Xayrullaevnaning

falsafa doktori(PhD)dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biologik ob’ektlarga neytron-egallab olish terapiyasi ta’sirini o‘rganish», 14.00.19–Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).      

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib1.

Ilmiy rahbar: Navruzov Sarimbek Navruzovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01

Rasmiy opponentlar: Tyutin Leonid Abramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi), Fazilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Radiologiya tibbiy ilmiy markazi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tajriba modelida xavfli o‘smalarni davolash uchun neytron egallash terapiyasi texnologiyasini tayyorlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yadro fizikasi instituti bazasida NET o‘tkazish uchun shart-sharoitlar (nurlash uchun qutisimon inshoot, fiksator konteyner, ko‘tarish qurilmasi) yaratilgan;

birlamchi o‘sma o‘chog‘iga Yadro fizikasi instituti reaktori neytron bog‘lami ta’siri uchun NETni o‘tkazish parametrlari va metodikasi aniqlangan;

nurlanayotgan ob’ektga (tajriba sichqon va kalamushlari) nisbatan neytron bog‘lamini o‘z fazoviy mahalliylashtirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan, jumladan foydalanilayotgan  neytron  bog‘lami  aperturasiga bog‘liq tarzda, gamma va neytron nurlarning reaktor kanalidan dozali taqsimlanishi o‘lchangan;

o‘sma ichiga vosita yuborishda magnevistning farmokokinetikasi o‘rganilgan va bu nurlanishgacha ushbu vositaning yuborilish vaqtini aniqlash imkonini bergan;

o‘rganilgan Magnevist vositasini o‘sma ichiga yuborishda NETning o‘smaga qarshi faolligi o‘rganilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

yumshoq to‘qimalar sarkomasini davolashda Magnevist vositali neytron egallash terapiyasi bilan davolashning ishlab chiqilgan bu yangi uslubi sog‘liqni saqlash sohasida amalda joriy qilingan, xususan, ROIMning o‘smaga qarshi vositalarni ishlab chiqish bo‘yicha laboratoriyasida va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 22 yanvardagi 80-son ma’lumotnomasi) sinab ko‘rilgan.

nur terapiyasi kursini qisqartirish hisobiga katta mablag‘larni tejash va nur terapiyasining nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirish kabi omillar bu sinovni tatbiq qilish uchun asos sifatida ko‘rsatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish