Hamraeva Dilovar Axadovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori manzarali butalarning Toshkent Botanika bog‘i sharoitida introduksiyasi”, 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/B975.
Ilmiy rahbar: Temirov Eldor Ergashboyivich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim Tuymetovna, biologiya fanlari doktori, professor; Yoziev Lutfullo Xabibullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zamonaviy assortimentdagi yuqori manzarali butalarni introduksiya qilish, introduksiya sharoitida bioekologik xususiyatlari hamda ko‘paytirish usullarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zamonaviy assortimentdagi turli oilalarga mansub yangi manzarali butalarning introduksiya sharoitida gullash dinamikasi o‘rganilgan;
tanlab olingan tur va formalarning o‘sishi va rivojlanishiga tashqi muhit omillarining ta’siri asoslangan;
6 tur va 6 ta formalardan iborat butalarning manzaralilik darajasi baholanishi asosida Respulikamiz ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanishga tavsiya etilgan;
ilk bor yangi 8 ta tur va 14 ta formalar kompleks tahlil qilinib, ulardan qurg‘oqchilikka, issiqlik, sovuqqa, kasallik va zararkunandalarga chidamli hisoblangan 6 tur va 6 formalar ajratib olinib, moslashish xususiyatlarini o‘rganish natijalari asosida introduksion baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori manzarali butalarning Toshkent Botanika bog‘ida introduksiyasi va ko‘paytirish agrotexnikasi hamda gullash dinamikasi bo‘yicha tadqiq qilishdan olingan natijalar asosida:
Botanika bog‘i uchun yangi hisoblangan yuqori manzarali tur va formalar introduksiya qilinib, kolleksiyasi yaratilgan hamda tur va formalar ko‘paytirish va etishtirish uchun ishlab chiqarish ko‘chatxonasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 21-iyuldagi 4/1255-1537-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent Botanika bog‘i genofondini yangi yuqori manzarali tur va formalar bilan boyitish imkonini bergan;
tanlab olingan yuqori manzarali o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi hamda morfologik ko‘rsatkichlariga oid ma’lumotlar Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasining 2023-yil 12 dekabrdagi 1-13/2961-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent shahridagi yashil hududlar uchun assortimentlar xilma-xilligini boyitish hamda ulardan keng foydalanish imkonini bergan;
yuqori manzarali o‘simliklarni turli stimulyatorlarda tezkor yetishtirish usullari Toshkent Davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2023-yil 19 dekabrdagi 03-03/3-8275-son ma’lumotnomasi). Natijada Respublikamizning “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ilmiy loyihalar va biologik tadqiqotlar olib borish imkonini bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish