Xuramova Xadicha Mamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxtani tozalashda chiqindi tarkibidan paxta bo‘lakchalarini ajratib oluvchi qurilmani takomillashtirish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2023.4.PhD/T3340
Ilmiy rahbar: Isaxanov Xamidullo, texnika fanlari nomzodi, v.b. professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarov Nazirjon Muhammadjonovich, texnika fanlari doktori, professor, Mamatqulov Orifjon Tursunovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xom-ashyosini tozalash jarayonida chiqayotgan chiqindilar tarkibidan paxta bo‘lakchalarini ajratib oluvchi takomillashtirilgan regenerator qurilmasini ishchi qismlarini tayyorlash va parametrlarini asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tozalash jarayonidan ajralib chiqayotgan chiqindilar tarkibidan paxta bo‘lakchalarini ajratib olishda kopqirrali kolosniklar va pichoqlardan tashkil  topgan regenerator qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan regenerator qurilmasida chiqindilarni yuqori samaradorlikda titilishini va paxta bolakchalarini ajralishini hisobga olgan holda kolida chiqindilar tarkibidan ajralish shartlari kolosniklarning oraliq masofasini hisobga olgan holda aniqlangan;
yangi geometrik shaklga ega bo‘lgan ko‘pburchakli kolosniklar va pichoqlarni joylashish tartibi hamda qiyalik burchaklari chiqindilar tarkibidagi paxta miqdoriga asoslangan holda joylashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Takomillashtirilgan paxta regeneratorini joriy qilish orqali olingan natijalar asosida:
Paxta xomashyosini tozalash jarayonida chiqayotgan chiqindilar tarkibidan paxta bo‘laklarini ajratuvchi regenerator “Namangan to‘qimachi klaster” MChJ ga qarashli “To‘raqo‘rgʻon paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 03/25-2868-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosini tozalash jarayonidan ajralib chiqayotgan chiqindilar tarkibidan paxta bo‘lakchalarini ajratib olish samaradorligi 95 % ga etkazilgan, ularni tozalash samaradorligini esa 15 % ga oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish