Abduqodirov Firdavs Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yog‘och qurilish ashyo va konstruksiyalarining olovga va termik parchalanishga bardoshligini oshirish”, 05.10.02-“Favqulodda xolatlardagi xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” va 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4559.
Ilmiy rahbar: Qosimov Erkin Umaralievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi akademiyasi xuzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Baxodirov Azizbek Abdulazizovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), Xojiev Izzat Gayratovich.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo sanoati chiqindilari asosida olingan polimer tarkibli antipirenlar yaratish va ularni qo‘llab, yog‘och materiallarini yonuvchanligini kamaytirish va termik parchalanishga bardoshligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kimyo sanoati texnogen chiqindilari asosida yog‘och qurilish ashyosi va konstruksiyalarining yonuvchanligini kamaytiruvchi va termik barqarorligini oshiruvchi polimer tarkibli polifunksional antipirenlar sintez qilingan;
yog‘och ashyosi va konstruksiyalarning yonishini qiyinlashtiruvchi va termik barqarorligini oshiruvchi polimer tarkibli antipirenlarning yong‘indan ximoyalash qonuniyatlari va optimal tarkiblari eng zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
olingan polifunksional polimer antipirenlarning yog‘och qurilish ashyo va konstruksiyalarining tuzilishiga, yuqori amaliy xossalariga va fizik-mexanik, teplofizik xossalarining ortish mexanizmlari infraqizil spektroskopiya (IQ) va rermogravimetrik taxlil (TG) usullaridan foydalanib aniqlangan;
tarkibida fosfor va galogen saqlagan polifunksional polimer tarkibli antipirenlar yuqori harorat ta’sirida havodagi kislorod bilan birilish orqali turli oksidlar va suv bug‘larini hosil qilishi natajasida yog‘och qurilish ashyo va konstruksiyalariga yong‘inga qarshi ishlov berishning arzon, ekologik toza, energiya va resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yog‘och qurilish ashyo va konstruksiyalarini yong‘in va termik bardoshligi oshirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
kimyo sanoati chiqindilari asosida olingan polimer tabiatli yong‘inni kamaytiruvchi va termik bardosh tarkiblar yong‘inga chidamli yog‘och qurilish ashyo va konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi Nukus shaxridagi “RAMAZAN BINOKOR NUKUS” MChJ korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan 2024 yil 22-apreldagi №22/15-866-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada korxonada energiya va resurlarni tejalishi, sarmoyani qoplash muddati 2,2 yil, bir yillik iqtisodiy samara tashkilotga 64938000 so‘m/yil natijaga erishilgan.
polifunksional polimer tabiatli antipirenlarni Nukus shaxridagi “RAMAZAN BINOKOR NUKUS” MChJ korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan 2024 yil 22-apreldagi №22/15-866-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ekologik toza, arzon, energiya va resurstejamkor yong‘inni kamaytiruvchi va termik bardosh tarkiblar yordamida yong‘inga chidamli yog‘och qurilish ashyo va konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi xududdagi ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy muammolarni xal etilishiga erishilgan.