Aydaniyazova Baxtigul Abilkasimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Qishloq xo‘jaligi korxonalari tuzilmasini takomillashtirishni ekonometrik modellashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.06–“Ekonometrika va statistika”(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2913.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Bayxonov Bahodir Tursunboevich; iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Tadjiev Timur Muratovich.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik risklarini baholashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ixtisoslashuv darajasini uchta sof daromad tarkibi, mahsulot tannarxining tarkibi va ekin maydonlari tarkibi bo‘yicha mezon bilan belgilanadigan entropiya ko‘rsatkichi
S_I (t)=1+(∑_(i=1)^n▒〖W_i (t)lnW_i (t) 〗)/lnn - ni hisoblash taklif etilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tarmoqli tuzilma qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘simlikchilik Y_1=2,2X_1+10,7X_2+18,7X_3+8,7X_4-975,8 va chorvachilik
Y_2=1,77X_6+8,9X_7+13,2X_8+15,3X_9-1164,1 tarmoq tarkibini samarali faoliyatini shakllantirish modellari ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi chorvachilik tarmog‘iga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining solishtirma salmog‘iga asosan I-tuzilmasida solishtirma salmog‘i
S_s>50% bo‘lgan chorvachilik sanoatining korxonalari, II-tuzilmasida chorvachilik tarmog‘ining solishtirma salmog‘i 20%<S_s≤50% gacha bo‘lgan korxonalar va
III-tuzilmasida chorvachilik tarmog‘ining solishtirma salmog‘i 0<S_s≤20% gacha bo‘lgan korxonalar ixtisoslashuvi guruhlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligini o‘simlikchilik va chorvachilik tuzilmalarini takomillashtirishning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari tuzilmasini takomillashtirishni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ixtisoslashuv darajasini uchta sof daromad tarkibi, mahsulot tannarxining tarkibi va ekin maydonlari tarkibi bo‘yicha mezon bilan belgilanadigan entropiya ko‘rsatkichi
S_I (t)=1+(∑_(i=1)^n▒〖W_i (t)lnW_i (t) 〗)/lnn bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 26-iyundagi 02/017-2387-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida dehqonchilik va chorvachilik bo‘yicha ixtisoslashuv darajalari aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tarmoqli tuzilma qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘simlikchilik Y_1=2,2X_1+10,7X_2+18,7X_3+8,7X_4-975,8 va chorvachilik
Y_2=1,77X_6+8,9X_7+13,2X_8+15,3X_9-1164,1 tarmoq tarkibini samarali faoliyatini shakllantirish modellari bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 26-iyundagi 02/017-2387-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida Respublika dexqonchilik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik subʼektlari samaradorligi qo‘shimcha
15,2 %, chorvachilik sohasi 14,8 %ga oshgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi chorvachilik tarmog‘iga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining solishtirma salmog‘iga asosan I-tuzilmasida solishtirma salmog‘i 〖 S〗_s>50% bo‘lgan chorvachilik sanoatining korxonalari, II-tuzilmasida chorvachilik tarmog‘ining solishtirma salmog‘i 20%<S_s≤50% gacha bo‘lgan korxonalar va III-tuzilmasida chorvachilik tarmog‘ining solishtirma salmog‘i 0<S_s≤20% gacha bo‘lgan korxonalar ixtisoslashuvi bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil
26-iyundagi 02/017-2387-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida Respublika dexqonchilik va chorvachilik sohasiga ixtisoslashuv bo‘yicha hududiy kartogramma asosida maqsadli “Yo‘l xaritasi”ni tuzish imkoniyatini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligini o‘simlikchilik va chorvachilik tuzilmalarini takomillashtirishning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpogiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 26-iyundagi 02/017-2387-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligini o‘simlikchilik va chorvachilik tuzilmalarini rivojlantirish konsepsiyasi bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.