Narimov Ravshanbek Anarmetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Namuna olish jarayonini o‘rganish va namuna olib chiqishni oshirish muammolarini hal qilish», 04.00.11 – Quduqlarni burg‘ilash va oʻzlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3624.
Ilmiy rahbar: Raximov Anvarxodja Akbarxodjievich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ huzuridagi DSc.23/25.08.2021.T.136.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akilov Jahon, texnika fanlari doktori, professor; Matyakubov Marim Yusupovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft va gaz uchun izlov va qidiruv quduqlarini burg‘ilashda asosiy namuna olish asboblarining yangi konstruksiyalarini yaratish orqali kern chiqarishni oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yorilgan, maydalangan va ezilgan jinslar oraliqlari uchun mavjud kern olish snaryadlaridan foydalanish, kernni 60% gacha olib chiqishni ta’minlagani uchun kern olish snaryadini loyihalashda yangi yondashuv ishlab chiqilgan;
kern namunalarini olish bilan burg‘ilash rejimiga, kern sirtlarining barqarorligini ta’minlash va moylash qobiliyati tufayli kern olish asbobining chidamliligini saqlab qolish uchun burg‘ilash suyuqligi sifatiga bog‘liq talablarni ishlab chiqish zarurligi asoslangan;
ishlab chiqilgan tajriba stendi yordamida aniqlangan yumshoq va qattiq tosh bo‘laklarini to‘liq yoki qisman siqib chiqaradigan kern ushlagichining konstruksiyasi qo‘llaniladigan kuchga bog‘ligi aniqlangan;
moylash xususiyatiga ega bo‘lgan yangi ishlab chiqilgan burg‘ilash suyuqligi ta’sirida burg‘ilash kallagining uzoq muddat ishlashini ta’minlashi tajriba o‘tkazish yo‘li bilan aniqlangan;
kern olish moslamasining yangi konstruksiyasini va yuvuvchi suyuqlikning yangi optimal tarkibini qo‘llash asosida kern tanlash bilan burg‘ilash texnologiyasi ishlab chiqilgan va kern chiqishini ko‘paytirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namuna olish snaryadining tarkibiy qismlarini, kern namunalarini olish rejimlarning texnologik parametrlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan konusli burg‘ilash kallagi va yangi, tarkibida kimyoviy reagent bo‘lgan yuvuvchi suyuqlikning qo‘llash texnologiyasi Garbiy Haqqul konining №5, Ultan maydonining №1, Karamoy konining №1 va Chorikul hududining №3 quduqlarida joriy qilingan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2024 yil 23 avgustdagi №23/1-957-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, murakkab kon geologik sharoitlarda kern olib chiqish ko‘rsatgichini 97 foizgacha etkazish imkonini bergan;
murakkab geologiya-qidiruv quduqlarini burg‘ilash jarayonida kern olib chiqishni oshirish uchun konussimon burg‘ilash kallagi ixtirosiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan patent olingan (SAP01552, 14.07.2016 y., № FAP 02137, 28.02.2022 y.) Natijada, maksimal kern olib chiqishga erishilgan va moddiy-texnik resurslarni 55% gacha tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish