Umarova Shoira Ravshanovnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Cho‘ziluvchan abrli to‘qima olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T3721.
Ilmiy rahbar: Yusupova Nodira Baxtiyarovna, PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Nabieva Iroda Abdusamatovna; texnika fanlari doktori, professor Valiev G‘ulomqodir Nabidjanovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalari ilmiy-tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cho‘ziluvchan xususiyatli yangi tarkibli abrli ko‘ylakbop to‘qima texnologiyasini ishlab chiqish va tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
abrli to‘qima assortimentini kengaytirishga imkon beruvchi cho‘ziluvchan xususiyatli abrli ko‘ylakbop to‘qima olishda arqoq iplarini taxlash omillari ishlab chiqilgan;
cho‘ziluvchan abrli ko‘ylakbop to‘qimaning xomashyo tarkibini o‘zgartirish, to‘quv dastgohi omillarini muqobillashtirish asosida iplarning siljuvchanligini bartaraf etish usuli ishlab chiqilgan;
cho‘ziluvchan abrli ko‘ylakbop to‘qimada arqoq ipining dinamik holati o‘zgarishi qonuniyati va taranglik kuchini nisbiy deformatsiyasiga bog‘liqlik formulasi ishlab chiqilgan;
cho‘ziluvchan abrli to‘qimalarda ilk bor tavsiya etilayotgan iplarning siljuvchanligi qiymatlarini optimal parametrlari regression matematik model asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi tuzilishdagi abrli to‘qimada iplarning siljuvchanligini kamaytirish orqali abrli to‘qima sifatini yaxshilash, hamda turli tarkibdagi ko‘ylakbop to‘qimalarni texnologiyasini loyihalash asosida:
cho‘ziluvchan xususiyatli milliy abrli atlas, adras to‘qimalarda iplarning siljuvchanligini bartaraf etilgan turli tarkibli ko‘ylakbop to‘qima texnologiyasini loyihalash usuli “O‘ZBEKIPAKSANOAT” uyushmasi tasarrufidagi Farg‘ona viloyatining “Sharq ipagi Durdonasi” MchJ korxonasi, “Yodgorlik Avtogaz” MchJ korxonasi va “Marg‘ilon abrli matolar kooperativi” MchJ korxonalarida tadbiq etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2024 yil 12 oktyabrdagi № 4-2/1399-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimadagi iplarning siljuvchanligi 85% kamayishiga, sifat ko‘rsatkichi yaxshilanishiga va yuqori sifatli turli tarkibdagi abrli ko‘ylakbop to‘qimalarni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.