Aripova Shaxlo Raufovnaning
falsafa doktori(Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Regeneratsiyalangan tolalardan pnevmomexanik usulda ip olish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02-“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T5000
Ilmiy rahbar: Matismailov Saypila Lalashbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Egamberdiev Fazliddin Otaqulovich, texnika fanlari falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Regeneratsiyalangan tolalardan pnevmomexanik usulda ip olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tolalarni tozalash samaradorligini, uskuna unumdorligini oshirish va tolaning shikastlanishini kamaytirishga qaratilgan chiqindilarni regeneratsiyalash mashinasining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
dinamik ta’sirlarda ip tebranishlarining so‘ndirilishini ta’minlaydigan pnevmomexanik yigirish mashinalari ip o‘tuvchi zichlagichining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ip o‘tuvchi zichlagich konstruktiv parametrlari ipning kirishdagi va chiqishdagi harakati hamda taranglik kuchlari ta’sirini ifodolovchi tenglamalar olingan;
ipning fizik-mexanik xossalarini ip o‘tuvchi zichlagichning konstruktiv xususiyatlariga bog‘liqligi va uning ahamiyatliligi bir omilli dispersion tahlili yordamida aniqlangan;
pnevmomexanik yigirish mashinasida takomillashtirilgan konstruksiyali ip o‘tuvchi zichlagichni qo‘llab mashina asosiy ishchi organlarining ratsional paramertlari ko‘p omilli regression modellar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Takomillashtirilgan ip o‘tuvchi moslamani va tola tiklash uskunasini qo‘llab pnevmomexanik yigirish mashinasida ip shakllanish jarayonini optimallash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
pnevmomexanik yigirish mashinasining takomillashtirilgan konstruksiyali ip o‘tuvchi zichlagich qurilmasi uchun (№ FAP 01970, 20.05.2022 yil, 13.12.2021 yil, № FAP 01971, 20.05.2022 yil), takomillashtirilgan tolali material chiqindilarini regeneratsiyalash mashinasi uchun (№ FAP 01966, 20.05.2022 yil) O‘zbekiston Respublikasining foydali modelga patentlar olingan. Natijada, tolali chiqindilarni qo‘llab pnevmomexanik usulda sifatli ip ishlab chiqish va ip assortimentlarini kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
pnevmomexanik yigirish mashinasida takomillashtirilgan konstruksiyali ip o‘tuvchi zichlagichni qo‘llab mashina asosiy ishchi organlari ratsional paramertlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “TEXTILE FINANCE KHOREZM” MChJ va “GREAT COTTON EXPORT” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 30 apreldagi № 03/25-891 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pnevmomexanik yigirish mashinasida foydali vaqt koeffisienti 0,968 dan 0,971 gacha oshdi, bitta mashinaning amaliy unumdorligi 9,18 kg/soatga oshdi, ipdagi tukdorlik ko‘rsatkichi 16 % ga kamayishiga erishilgan.