Ro‘ziqulov Jasur O‘ktam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muvaqqat ariqqazgichni takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3739
Ilmiy rahbar: Imomov Shavkat Jaxonovich, texnika fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, professor; Gafforov Xasan Ravshanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi diskli pichoqlar va g‘altakmola bilan takomillashtirilgan muvaqqat ariqqazgichning konstruksiyasi va parametrlarini asoslash orqali muvaqqat ariqqazishda energiyatejamkorlik va yuqori ish sifatini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diskli pichoqlar va g‘altakmola bilan takomillashtirilgan muvaqqat ariqqazgichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
takomillashtirilgan ariqqazgich diskli pichog‘ining diametri, qalinligi va o‘tkirlanish burchagi kam energiya sarflyagan holda talablar darjasidagi ish sifatini ta’minlash shartidan kelib chiqib aniqlangan;
takomillashtirilgan ariqqazgich g‘altakmolasining diametri, qamrov kengligi va unga beriladigan tik yuklanish qazilgan ariq tubini talablar darajasida zichlanishini hisobga olgan holda aniqlangan;
takomillashtirilgan ariqqazgichning tayanch tekisligidan osish qurilmasining pastki taqish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofa ariqqazgichning tuproqqa belgilangan chuqurlikka botishi va uning bir tekis harakatlanishini hisobga olgan holda asoslangan;
takomillashtirilgan ariqqazgichning maqbul parametrlari uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Muvaqqat ariqqazgichni takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan ariqqazgichga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasining foydali modelga patentlari olingan (“Disklar bilan takomillashtirilgan ariq qazish mashinasi”, FAP 01573-2021 y., “Ariq qazgich mashinasi”, FAP 2466-2024 y.). Natijada muvaqqat ariq qazishda ish sifati va unumini oshirish hamda energiya-materialhajmdorlikni kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
takomillashtirilgan ariqqazgich Buxoro viloyatining Vobkent va Shofirkon tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi 05/04-04-368-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan muvaqqat ariqqazgichni qo‘llash ish unumini oshirish, yonilg‘i sarfini kamayishi hisobiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun muvaqqat ariq qazishda sarflanadigan xarajatlarni 1,25 martagacha kamayishi ta’minlangan;
takomillashtirilgan ariqqazgichni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq, texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (“BMKB-Agromash” AJning 2024-yil 18-iyuldagi 01-58-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan muvaqqat ariqqazgichning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.