Kadirbaeva Aliya Aristanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saraton oldi kasalliklarini tashxislash va konservativ davolash» 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib658.
Ilmiy maslahatchi: Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Surat Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aldasheva Mayya Axmetovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi)
Yetakchi tashkilot: Bolona universiteti (Italiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saraton oldi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va konservativ davolashga kompleks yondashuvni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda saraton oldi kasalliklarining rivojlanishi uchun etiologik xavf omili sifatida og‘iz bo‘shlig‘i gal`vanizmini uchrash darajasi 3,6 barobar oshishi aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i gal`vanizmi bor bemorlar shilliq parda qavati surtmalarida xujayralararo dispers yorqin tanachalarni ko‘rinishi soni epiteliotsitlar displaziyaning darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;
fitoekdisteroid dori vositasi ta’sirida xujayralar giper-va parakeratozi jarayonlarini me’yyorlashtirish orqali og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati saraton oldi kasalliklarini davolash patogenetik takomillashtirilgan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi saraton oldi kasalliklarini davolashda nazorat ko‘rsatkichlari og‘iz shilliq parda yuzasida 470 nm ko‘k nur orqali nurlantirish bilan xosil bo‘lgan autofluoressensiya jarayoni davolash mezoni ekanligi isbotlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saraton oldi kasalliklarini klinik kechishi va laborator sitologik holatiga qarab individual tashxislash va davolash ketma ketligi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saraton oldi kasalliklarini tashxislash va konservativ davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
birinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda saraton oldi kasalliklarining rivojlanishi uchun etiologik xavf omili sifatida og‘iz bo‘shlig‘i gal`vanizmini uchrash darajasi 3,6 barobar oshishi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 19.06.2023 № 04-r/48-sonli xulosasi “Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saratondan oldingi kasalliklari rivojlanishining xavf omillarini baholash va klinik ko‘rinishi” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar «TO‘RTINChI» stomatologik poliklinikasiga (2023 yil 6 sentyabr 110 -sonli buyrug‘i bilan) hamda Respublika teri tanosil kasalliklar klinik shifoxonasi (2024 yil 5 yanvar 4 – sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorlik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda saraton oldi kasalliklarning rivojlanishi uchun xavf omilini bartaraf etish choralari mavjud bo‘lmaganda, siklik takrorlanishi tufayli har qanday davolash usullarini foydasiz deb hisoblash mumkin. Hayot sifati yaxshilandi va ishlash samaradorligi oshdi. Ilmiy innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilgan davolash usullari bemorni davolash samaradorligini oshiradi va tibbiy xizmatlar uchun keraksiz xarajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samarani pul ko‘rinishida hisoblash rivojlanish xavf omilining aniq ta’rifiga qarab umumiy va mahalliy davolashga sarflangan mablag‘lar jami qiymatining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi asosida amalga oshirildi. Iqtisodiy samaradorlik har bir bemorga 2 yil davomida 350 ming so‘mni tashkil etadi, ammo 10 yilga hisoblasangiz, millionlab bo‘ladi, 100 ming aholiga hisob-kitob esa milliardlab so‘mlarga teng bo‘ladi. Xulosa: An’anaviy davolash kursi bilan solishtirganda tavsiya etilgan kompleks davolashning iqtisodiy samaradorligi 77% ni tashkil etdi. Shuningdek, davolanish muddati o‘rtacha 4-5 kunga qisqardi.
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i gal`vanizmi bor bemorlar shilliq parda qavati surtmalarida xujayralararo dispers yorqin tanachalarni ko‘rinishi soni epiteliotsitlar displaziyaning darajasiga bog‘liqligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 19.06.2023 № 04-r/48-sonli xulosasi “Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saratondan oldingi kasalliklari rivojlanishining xavf omillarini baholash va klinik ko‘rinishi” uslubiy tavsiyalarda isbotlangan; Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar «TO‘RTINChI» stomatologik poliklinikasiga (2023 yil 6 sentyabr 110-sonli buyrug‘i bilan) hamda Respublika teri tanosil kasalliklar klinik shifoxonasi (2024 yil 5 yanvar 4 – sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorlik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati saraton oldi kasalliklarni davolash muddati bemorlarning 1,2 barobar qisqardi. Hech qanday nojo‘ya ta’sirlar qayd etilmagan. Hayot sifati yaxshilandi va ishlash samaradorligi oshdi. Tavsiya etilgan davolash usullari bemorni davolash samaradorligini oshiradi va tibbiy xizmatlar uchun keraksiz xarajatlarini kamaytiradi. Ilmiy innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilgan davolash usullari bemorni davolash samaradorligini oshiradi va tibbiy xizmatlar uchun keraksiz xarajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samarani pul ko‘rinishida hisoblash rivojlanish xavf omilining aniq ta’rifiga qarab umumiy va mahalliy davolashga sarflangan mablag‘lar jami qiymatining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi asosida amalga oshirildi. Iqtisodiy samarani pul ko‘rinishida hisoblash diagnostika va davolashga sarflangan mablag‘larning umumiy narxning o‘rtacha arifmetik qiymatidan foydalangan holda amalga oshirildi. An’anaviy davolash kursi bilan taqqoslaganda, tavsiya etilgan davolanishning iqtisodiy samaradorligi 1 million so‘m tashkil etdi. Shuningdek, davolanish muddati o‘rtacha 1,2 barobarga qisqardi. Xulosa: An’anaviy davolash kursi bilan solishtirganda tavsiya etilgan kompleks davolashning iqtisodiy samaradorligi 77% ni tashkil etdi. Shuningdek, davolanish muddati o‘rtacha 1,2 barobarga qisqardi.
 uchinchi ilmiy yangilik: fitoekdisteroid dori vositasi ta’sirida xujayralar giper-va parakeratozi jarayonlarini me’yyorlashtirish orqali og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati saraton oldi kasalliklarini davolash Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 19.06.2023 № 04-r/47-sonli xulosasi “Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saraton oldi kasalliklarini davolashda fitoekdisteroidlardan foydalanish” uslubiy tavsiyalarda takomillashtirilgan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar «TO‘RTINChI» stomatologik poliklinikasiga (2023 yil 6 sentyabr 109-sonli buyrug‘i bilan) hamda Respublika teri tanosil kasalliklar klinik shifoxonasi (2024 yil 5 yanvar 3-sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorlik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saraton oldi kasalliklarini fitoekdisteroidlarni kiritish bilan davolashning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi davolash samaradorligini oshirish va keyinchalik malignizatsiya jarayonlarning rivojlanishining oldini olishdan iborat. Hayot sifati yaxshilandi va ishlash samaradorligi oshdi. Ilmiy innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan davolash usullari bemorni davolash samaradorligini oshiradi va tibbiy xizmatlar uchun keraksiz xarajatlarni kamaytiradi. Taklif etilayotgan davolash usuli bir bemor uchun har bir kurs uchun 500 ming so‘mni tashkil etadi. Shu bilan birga, hisob-kitob gormonal ta’sirlardan kelib chiqadigan asoratlarni davolash xarajatlarini o‘z ichiga olmaydi. Agar 100 va undan ortiq kishi uchun iqtisodiy samaradorlikni hisoblasak, bu miqdor millionlab so‘mdan oshadi. Xulosa: Iqtisodiy samaradorlik og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saraton oldi kasalliklarini fitoekdisteroidlar bilan davolashning mavjud usullariga nisbatan 6 barobar kamayishidan iborat.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi saraton oldi kasalliklarini davolashda nazorat ko‘rsatkichlari og‘iz shilliq parda yuzasida 470 nm ko‘k nur orqali nurlantirish bilan xosil bo‘lgan autofluoressensiya jarayoni davolash mezoni ekanligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 19.06.2023 № 04-r/47-sonli xulosasi “Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saraton oldi kasalliklarini davolashda fitoekdisteroidlardan foydalanish” uslubiy tavsiyalarda isbotlangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar «TO‘RTINChI» stomatologik poliklinikasiga (2023 yil 6 sentyabr 109-sonli buyrug‘i bilan) hamda Respublika teri tanosil kasalliklar klinik shifoxonasi (2024 yil 5 yanvar 3-sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorlik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda saraton oldi kasalliklarini fitoekdisteroidlar bilan davolashda hech qanday nojo‘ya ta’sirlar qayd etilmagan. Hayot sifati yaxshilandi va ishlash samaradorligi oshdi. Tavsiya etilgan davolash usullari bemorni davolash samaradorligini oshiradi va tibbiy xizmatlar uchun keraksiz xarajatlarini kamaytiradi. Ilmiy innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilgan davolash usullari bemorni davolash samaradorligini oshiradi va tibbiy xizmatlar uchun keraksiz xarajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samarani pul ko‘rinishida hisoblash rivojlanish xavf omilining aniq ta’rifiga qarab umumiy va mahalliy davolashga sarflangan mablag‘lar jami qiymatining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi asosida amalga oshirildi. Iqtisodiy samaradorlik har bir bemorga 2 yil davomida 500 ming so‘mni tashkil etadi, 100 ming aholiga hisob-kitob esa milliardlab so‘mlarga teng bo‘ladi. Xulosa: An’anaviy davolash kursi bilan solishtirganda tavsiya etilgan fitoekdisteroidlar bilan kompleks davolashning iqtisodiy samaradorligi nisbatan davolash xarajatlari 6 barobarga qisqartirdi.
beshinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saraton oldi kasalliklarini klinik kechishi va laborator sitologik holatiga qarab individual tashxislash va davolash ketma ketligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 19.06.2023 № 04-r/46-sonli xulosasi “Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining surunkali kasalliklari tashxislashda saraton kasalligiga qarshi hushyorlikning namoyon bo‘lishi” uslubiy tavsiyalarda ishlab chiqilgan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar «TO‘RTINChI» stomatologik poliklinikasiga (2023 yil 6 sentyabr 111-sonli buyrug‘i bilan) hamda Respublika teri tanosil kasalliklar klinik shifoxonasi (2024 yil 5 yanvar 5-sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorlik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saraton oldi kasalliklarini tashxislash va davolashning tavsiya etilgan usuli davolash samaradorligini oshirish va keyinchalik malignizatsiya jarayonlarning rivojlanishining oldini olishdir. Hayot sifati yaxshilandi, mehnat unumdorligi oshdi. Ilmiy innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: tavsiya etilgan tashxislash va davolash usullarining iqtisodiy samaradorligi millionlab, lekin ayni paytda bemorning hayotini saqlab qolish va og‘iz saratoni rivojlanishining oldini olish muhimdir. An’anaviy davolash kursi bilan taqqoslaganda, tavsiya etilgan davolanishning iqtisodiy samaradorligi 1 million so‘m tashkil etdi. Shuningdek, davolanish muddati o‘rtacha 1,2 barobarga qisqardi. Xulosa: An’anaviy davolash kursi bilan solishtirganda tavsiya etilgan kompleks davolashning iqtisodiy samaradorligi 77% ni tashkil etdi. Shuningdek, davolanish muddati o‘rtacha 1,2 barobarga qisqardi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish