Xalimova Nargiza Yusufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Giperprolaktinemiyada metabolik va neyrokognitiv uzgarishlarni tashxislash va davolash”, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2384.
Ilmiy rahbar: Xolikova Adliya Omonullaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djuraeva Aziza Shaxzadaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: giperprolaktinemiyaning o‘simtasiz shakllari bo‘lgan ayollarda metabolik gomeostaz va neyrokognitiv funksiyalar holatini baholash, ularni davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor prolaktinning metabolik jarayonlarga va kognitiv faoliyatga ta’siri mexanizmlarini baholash asosida funksional giperprolaktinemiya bilan og‘rigan bemorlarda giperprolaktinemiya davomiyligi, uning og‘irligi darajasiga karab va metabolik kasalliklarning rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
funksional giperprolaktinemiya bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlar mexanizmlarini tuzatish yo‘llarini asoslaydigan neyrokognitiv kasalliklar va giperprolaktinemiya davomiyligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
funksional giperprolaktinemiya bilan kasallangan ayollarda metabolik va neyrokognitiv funksiyalar bo‘yicha Kabergolin dori vositasi va prutnyak mevasi ekstraktiga asoslangan fitopreparat "Sefanorm®" ning samaradorligi isbotlangan;
funksional giperprolaktinemiya bilan kasallangan ayollarda xalqaro MMSE so‘rovnomalari va Monreal shkalasi yordamida neyrokognitiv buzilish darajasini baholash asosida kasallikni tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Giperprolaktinemiyaning o‘simtasiz shakllari bo‘lgan ayollarda metabolik gomeostaz va neyrokognitiv funksiyalar holatini baholash, ularni davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor prolaktinning metabolik jarayonlarga va kognitiv faoliyatga ta’siri mexanizmlarini baholash asosida funksional giperprolaktinemiya bilan og‘rigan bemorlarda giperprolaktinemiya davomiyligi, uning og‘irligi darajasiga karab va metabolik kasalliklarning rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2024 yil 9 sentyabrda 6-son bilan tasdiqlangan «MMSE shkalasi va Monreal kognitiv shkalasi MoSA yordamida funksional giperprolaktinemiya bilan og‘rigan ayollarda neyro-kognitiv kasalliklarni baholashning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIIAETMning Samarqand filiali bo‘yicha 31.07.2024 yildagi 131-P-son hamda Qashqadaryo filiali bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/788-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 6-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: prolaktinning metabolik va neyrokognitiv jarayonlarga ta’sirini har tomonlama o‘rganish GPRLdagi asoratlar patogenezini yanada samarali baholashga yordam berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 5,5-6,5 million so‘m byudjet GPRL bilan og‘rigan bemorlarda uglevodlar, lipidlar almashinuvi va neyro-kognitiv funksiyalarni o‘z vaqtida baholash bilan markaziy asab tizimining funksional asoratlarini erta bosqichda aniqlash orqali neyro-kognitiv asoratlarni rivojlanishining oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: funksional giperprolaktinemiya bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlar mexanizmlarini tuzatish yo‘llarini asoslaydigan neyrokognitiv kasalliklar va giperprolaktinemiya davomiyligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2024 yil 9 sentyabrda 6-son bilan tasdiqlangan «MMSE shkalasi va Monreal kognitiv shkalasi MoSA yordamida funksional giperprolaktinemiya bilan og‘rigan ayollarda neyro-kognitiv kasalliklarni baholashning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIIAETMning Samarqand filiali bo‘yicha 31.07.2024 yildagi 131-P-son hamda Qashqadaryo filiali bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/788-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 6-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: prolaktinning uglevod va lipid metabolizmini tartibga solishdagi roli haqidagi bilimlarni kengaytirish bo‘yicha tadqiqotlar GPRLni patogenetik davolashda uning etiologiyasi va davomiyligiga qarab yangicha yondashuvlarni asoslashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 5,5-6,5 million so‘m byudjet mablag‘lari GPRL bilan og‘rigan bemorlar ambulatoriya sharoitida D-reseptorlari agonistlari bilan uzoq muddatli konservativ davo olishi tufayli bemorlarni statsionar davolanishiga ehtiyoj bo‘lmasligi natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: funksional giperprolaktinemiya bilan kasallangan ayollarda metabolik va neyrokognitiv funksiyalar bo‘yicha Kabergolin dori vositasi va prutnyak mevasi ekstraktiga asoslangan fitopreparat "Sefanorm®" ning samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2024 yil 9 sentyabrda 6-son bilan tasdiqlangan «MMSE shkalasi va Monreal kognitiv shkalasi MoSA yordamida funksional giperprolaktinemiya bilan og‘rigan ayollarda neyro-kognitiv kasalliklarni baholashning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIIAETMning Samarqand filiali bo‘yicha 31.07.2024 yildagi 131-P-son hamda Qashqadaryo filiali bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/788-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 6-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: prutnyak mevalari ekstrakti asosidagi Sefanorm fitopreparatdan foydalanish samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida olingan natijalar katta amaliy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 1200000-1600000 so‘m (Kabergolinning 1 ta o‘ram (4 ta tabletka) narxi 250000-350000 so‘mni, Sefanormning 1 ta o‘ram narxi esa (30 ta kapsula) 100000-150000 so‘mni tashkil qiladi, o‘rtacha 12 oy davomida bemorga 8-12 o‘ram dori tavsiya etiladi) byudjet mablag‘lari GPRLni prutnyak mevasining ekstrakti (Sefanorm) asosidagi fitopreparat bilan davolash natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: funksional giperprolaktinemiya bilan kasallangan ayollarda xalqaro MMSE so‘rovnomalari va Monreal shkalasi yordamida neyrokognitiv buzilish darajasini baholash asosida kasallikni tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2024 yil 9 sentyabrda 6-son bilan tasdiqlangan «MMSE shkalasi va Monreal kognitiv shkalasi MoSA yordamida funksional giperprolaktinemiya bilan og‘rigan ayollarda neyro-kognitiv kasalliklarni baholashning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIIAETMning Samarqand filiali bo‘yicha 31.07.2024 yildagi 131-P-son hamda Qashqadaryo filiali bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/788-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 6-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fGPRL bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash algoritmini ishlab chiqish va amalga oshirish, sog‘liqni saqlash amaliyoti uchun boshlangich bo‘g‘inidan boshlab katta ahamiyatga ega, chunki bu bizga kasallikning ilk qadamlaridan boshlab patogenezi, diagnostikasi va davolashni yangicha olib borish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 5,5-6,5 million so‘m (GPRL va engil kognitiv buzilishi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun yiliga 5,5 million so‘m, fGPRLni asoratsiz bemorlarni davolash uchun esa 250000-500000 so‘mni tashkil qiladi) byudjet mablag‘lari funksional giperprolaktinemiyada depressiyani o‘z vaqtida tashxislash va davolash orqali ayollarning hayot sifatini baholashning samarali tizimini yaratish natijasida iqtisod qilinadi.