XAMRAEV Atadjan Karimovichning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib515

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri« Orol bo‘yi mintaqasida silning doriga turg‘un shakllarining tarqalishini hisobga olgan holda silga qarshi yordamni takomillashtirish», 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).

Ilmiy  maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Asadov Damin Abduraximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va Toshkent pediatriya medisina instituti Nukus filiali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, 16.07.2013.Tib.19.01

Rasmiy opponentlar: tibbiyot fanlari doktori, professor Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori Sharipova Madina Karimovna, tibbiyot fanlari doktori Parpieva Nargiza Nusratovna

Yetakchi tashkilot: Andijon Davlat tibbiyot instituti

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

Pedagogik ish tajribasiga qo‘yilgan talabning bajarilgani:

2009 yildan hozirgi vaqtgacha  Toshkent pediatriya  tibbiyot institutining Nukus filiali «Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish» kafedrasi assistenti (ToshPMI Nukus filialining 01.12.2009 y. 135/k-sonli buyrug‘i).

    II. Nashr ishlari.

Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:

a) O‘zbekiston Respublikasi OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalari nashr qilish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan 4 ta milliy ilmiy jurnalda 9 ta ilmiy maqola, 4 ta xorijiy ilmiy jurnalda 4 ta ilmiy maqola nashr qilingan.

b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 11 ta ma’ruza tezisidan, 8 tasi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida e’lon qilingan (jumladan: 2011, 2013 Fransiya; 2012 Kuala-Lampur, 2013 Barselona; 2008, 20112 Toshkent).

  III. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida sil kasalligining dori vositalariga bardoshli shakllarining tarqalganligini inobatga olgan holda silning dori vositalariga bardoshli shakllarini aniqlash va davolash usullari samaradorligini oshirish hamda silga qarshi xizmatni tashkil etish bo‘yicha samarali yondashuvni ishlab chiqish

    IV. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi: 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi sil bo‘yicha murakkab epidemiologik vaziyat uning doriga bardoshli shakllari tarqalish darajasi yuqoriligi bilan bog‘liq ekani isbotlab berilgan;

silning oilaviy o‘choqlari uzoq muddat saqlanib qolishiga sabab bo‘ladigan asosiy omillar o‘choqlardagi kasallik manbasining doriga bardoshligi, sanitar-gigienik sharoitlarning qoniqarsizligi va ularda olib borilayotgan profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlarining tashkiliy jihatdan muayyan vaziyatga nomutanosibligi sababli ekani aniqlangan;

silga chalingan bemorlar davolash jarayonini ambulator sharoitda tashkil qilishning mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan yondashuvlari ishlab chiqilgan;

sil kasalligining DS va DB shakllariga chalingan bemorlar davolash jarayonini ambulator sharoitda muvaffaqiyatli tashkil qilish mumkinligi isbotlangan;

sil kasalligining DB shakllariga chalingan bemorlarni aniqlashning molekulyar genetik usuli «oltin standart» usuli bilan solishtirish negizida tashkiliy jihatdan uning Qoraqalpog‘iston sharoitida qo‘llash mumkinligi va maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;

silning DB shakliga chalingan bemorlarni shifoxonada davolash jarayonida doriga bardoshlik darajasining o‘sishi va uning shifoxona ichi infeksiyasi sifatida tarqalishi sil mikobakteriyalari (SMB) shtammlari genetik tahlili asosida isbotlab berilgan va tibbiyot muassasalari xodimlariga yuqish xavf omillari aniqlangan;

mavjud silga qarshi shifoxona o‘rinlari quvvati ehtiyojdan ortiqligi aniqlanib, silga qarshi shifoxonalar tarmog‘i va ulardagi o‘rinlar sonini optimallashtirish zarurligi isbotlangan;

aholiga silga qarshi yordam ko‘rsatishning tashkiliy tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

    V. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari:

Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan silning doriga sezuvchanligini ekspress molekulyar testni qo‘llagan holda ishlab chiqilgan diagnostik va davolash algoritmi, «Davolash-profilaktika muassasalarida silga qarshi infeksion nazorat bo‘yicha qo‘llanma» Qoraqalpog‘iston Respublikasi davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya muassasalari faoliyatiga tatbiq etilgan.«Silni barvaqt aniqlash va ambulator sharoitlarda davolashning umumlashtirilgan tajribasi, uning o‘choqlarini doriga bardoshlik profilini inobatga olgan holda tasniflash, silga chalingan bemorlarni palliativ davolash qoidasi» O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 24.10.2014 yildagi «Silga qarshi xizmatni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 383-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2015 yil 16 yanvardagi 8k-2/39-sonli xati va 12.05.2012 yildagi xulosasi); Buning natijasida silning shifoxona ichi infeksiyasi sifatida tarqalish xavfini 40% ga kamaytirishga va ixtisoslashgan shifoxona o‘rinlarini 25 foizga qisqartirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish