Bekov Ulug‘bek Safarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: Fenol formaldegid asosidagi qurilish kompozisiyalari olinishi, xossalari va texnologiyasi
Ixtisoslik shifri: 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4025.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raximov Akmalxon Mamatxonovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/01.04.2023.T.90.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Siddiqov Ikromjon Iminjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xamidov Adxamjon Inomjonovich, texnika fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Termobarqaror va gidrofob qurilish materiallari olish uchun mahalliy xom ashyolar asosida yangi kremniyorganik oligomerlar sintez qilish hamda ular asosida tayyorlangan oligomer kompozisiyalarni qurilishda gidrofobizator va termobarqaror komponentlar sifatida qo‘llash, shuningdek ishlatish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fenol, suyuq shisha, formaldegid, fenolformaldegid, tetraetoksisilan va ko‘p funksional tarkiblar asosida gidrofob hamda termobarqaror xususiyatlarga ega yuqori qovushqoq kompozisiyalarning olinishi, sintez jarayoniga ta’sir etuvchi omillar, mahsulotning erituvchi muhitida eruvchanligi asoslanib, sintez qilingan tarkiblar asosida ko‘p bosqichli gidrofob va termobarqaror funksiyali kompozisiyalar kremniy organik oligomer, suyuq shisha va PVA asosida yaratilgan va tarkibiy nisbatlari 3%, 5% va 10 % kompozisiyalar miqdorlari orasidagi bog‘liqliklarni ifodalovchi matematik modellashtirish usuli yordamida ishlab chiqilgan;
namdan hamda issiqlikdan himoya qiluvchi gidrofob va termobarqaror kompozisiyalarni qurilish materiallarining butun hajmi bo‘yicha qo‘llash usuliga asoslangan texnologiyasining ishlab chiqarishda modifikatsiyalangan gipsning fizik-kimyoviy tarkibi, strukturasi va fizik-mexanik xossalariga kremniy organik oligomerning ta’sir qilish mexanizmi, differensial termik analiz va infraqizil-spektroskopik usullari yordamida ishlab chiqilgan;
3%, 5% va 10 % kompozisiyalar asosida yaratilgan suyuq gidrofob va termobarqaror tarkiblar hamda ularning samaradorligini baholashda suv shimuvchanlik, adgezion xossalari tadqiq qilinib, mavjud gidrofobizatorlarga nisbatan suv o‘tkazmaslik, singish darajasi, sarfi, ishlatilish harorati, suvga barqarorlikning boshlanish vaqti, ishlash muddati qiyosiy tahlillar bilan asoslangan.
gidrofob va termobarqaror kompozisiya ishlab chiqarishdagi kermniy organik oligomer, suyuq shisha va PVA lar bilan modifikatsiyalangan gipsbetonning resurs tejamkorligi asoslab berilgan va texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fenol formaldegid asosidagi qurilish kompozisiyalarining olinishi, xossalari va texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy mineral xom ashyolar asosida ishlab chiqilgan gidrofob va termobarqaror gipsli materialning tarkibini yaratish bo‘yicha olingan natijalar “Konchi” MChJ ga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 22.04.2024 yildagi № 02/15-868-sonli ma’lumotnoma). Natijada gips materialining namlikdan himoyalanish ko‘rsatkichi 23,4 dan 11,7 % gacha yaxshilangan;
gidrofob va termobarqaror tarkiblar bo‘yicha olingan natijalar “Buxoro maxsus sinov qurilish laboratoriya” MChJga joriy etilgan. (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 22.04.2024 yildagi № 02/15-868-sonli ma’lumotnoma). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 800 000 000 (sakkiz yuz million) so‘mni tashkil etgan;
ishlab chiqilgan kremniyorganik oligomer kompozisiyalar “Buxoro viloyat yong‘indan saqlash jamiyat birlashmasi”ga joriy etilgan. (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 22.04.2024 yildagi № 02/15-868-sonli ma’lumotnoma). Natijada materialning issiqlikdan himoyalanish ko‘rsatkichini 20,5 % ga oshirish imkonini bergan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish